Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Generatorlarni  suyuqlik  bilan  bevosita  sovitish



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/148
Sana08.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#332674
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   148
Bog'liq
fayl 1629 20210826

Generatorlarni  suyuqlik  bilan  bevosita  sovitish
.
  Generatorlarni  suyuqlik 
bilan bevosita sovitishni amalga oshirishda sovituvchi suyuqlik sifatida vodorodga 
nisbatan issiqlik ajratish qobiliyati ancha yuqori boʻlgan distillangan suv yoki moy 
qoʻllaniladi  va  natijada  generatorlarning  oʻlchamlarini  oʻzgartirmay  birlik 
quvvatini yana ham orttirish imkoniyatini beradi. 
Distillangan  suv  sovituvchi  modda  sifatida  moyga  nisbatan  koʻp  muhim 
afzalliklarga ega: issiqlik ajratish xossasi ancha yuqori, yong’inga xavfsiz. Shuning 
uchun  ishlab  chiqariladigan  kuchli  generatorlar  koʻpchilik  hollarda  suv  bilan 
sovitiladigan qilib yasaladi. 
Rotor  va  statorning  chulg’amlarini  suv  bilan  sovitish  kapsulali 
gidrogeneratorlarda ham qoʻlanilmoqda. 


 
18 
Generatorning  rotorini  suv  bilan  bevosita  sovitishni  amalga  oshirish  katta 
qiyinchiliklar bilan bog’liq, aylanayotgan rotorga  suv keltirish ayniqsa  qiyinchilik 
tug’diradi. 
Suv  bilan  stator  chulg’amini  hamda  vodorod  bilan  bevosita  rotor 
chulg’amini  va  aktiv  poʻlatni  birgalikda  sovitish  boʻlgan  turbogeneratorlar  xam 
qoʻllaniladi. Kombinatsiyalangan sovitish tizimiga ega generatorlar: rotor suv bilan 
sovitiladi, stator (chulg’am, aktiv poʻlat va konstruktiv elementlar) esa kabel moyi 
bilan sovitiladi. 
Turbogeneratorlarning  statorlarini  moy  bilan  sovitishni  qoʻllash  chulg’am 
kuchlanishini  110  kV  gacha  orttirish  imkoniyatini  berdi,  bu  esa  generatorni 
tarmoqqa oraliq transformatorisiz ulash imkoniyatini beradi. 
Chulg’amdagi  va stator poʻlatdagi  aksial kanallar  ichida  moyning majburan 
aylanishi issiqlikning yetarli jadallikda olib ketilishini ta’minlaydi. 
Generatorning  rotori  aylanayotgan  boʻshliq  moy  toʻldirilgan  statordan 
izolyatsion silindr bilan ajralib turadi. 
Generatorlarni  turli  usullarda  sovitishning  nisbiy  samaradorligini  aynan  bir 
xil  oʻlchamdagi  generatorlarniig  quvvatini  bir-biriga  qiyoslash  yoʻli  bilan 
koʻrsatish mumkin (1.1 -jadval).  
Turli tizimlarda sovitish samaradorligi 
 1.1 - jadval 
Turbogeneratorlarni sovitish 
Quvvatining 
ortishi, nisbiy 
birlikda 
Havo bilan 
Ortiqcha  bosimi  0,005  MPa  boʻlgandagi  vodorod  bilan 
bilvosita 
Ortiqcha bosimi 0,2 MPa boʻlgandagi vodorod bilan bilvosita 
Stator va rotorni vodorod bilan bevosita (ichki) sovitish 
Stator  chulg’amini  moy  bilan  va  rotor  chug’lamini  suv  bilan 
bevosita sovitish 
Stator va rotor chulg’amini suv bilan bevosita soivitish 
1,0 
 
1,25 
 
1,7 
2,7 
 
3,6 
4,0 
 


 
19 
Ishlash  jarayonida  generatorlarniig  aktiv  qismlarining  qizishi  uzluksiz 
nazorat  qilinadi.  Stator  chulg’ami  va  poʻlatining  harorati  harorat  koʻrsatkichlari 
yordamida  nazorat  qilinadi  va  ular  oʻrnida  termoqarshilikdan  foydalaniladi.  Ular 
ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan mashinaniig eng koʻp qizishi mumkin boʻlgan 
joylari  paz  tagiga  (poʻlat  haroratini  oʻlchash  uchun)  va  sterjenlar  orasiga  (mis 
haroratini  oʻlchash  uchun)  oʻrnatiladi.  Harorat  koʻrsatuvchi  va  yozuvchi  asboblar 
yordamida oʻlchanadi. 
Rotor  chulg’amining  harorati  bilvosita,  ya’ni  qizishda  chulg’am  Om 
qarshiligining  oʻzgarishiga  qarab  oʻlchanadi  (qoʻzg’atish  zanjiriga  ampermetr  va 
rotornint halqasiga bevosita ulanadigan voltmetr yordamida). 
 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish