Gidroekologiya


III.4. DUNYO OKEANINING ATMOSFERA VA QURUQLIKKA TA’SIRI



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/124
Sana31.07.2021
Hajmi0,73 Mb.
#133775
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124
Bog'liq
gidroekologiya

III.4. DUNYO OKEANINING ATMOSFERA VA QURUQLIKKA TA’SIRI 
 
Okean oqimlari materiklarning tabiiy sharoitiga, issiqlik va namlikning qayta 
taqsimlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Oqimlar o’zining xiliga qarab havo massalarini isitishi yoki 
sovutishi mumkin. Ekvator atrofida hosil bo’lgan iliq oqimlar qutblar tomon harkat qilib, u yerlarga 
juda katta miqdordagi issiqliuk olib boradi. Ayniqsa issqlikni qayta taqsimlashda golfstrim, Kurasio 
kabi qudratli oqimlarning roli benihoya katta. Masalan, Golfstrim va Shimoliy Atlsantika oqimlari 
tropik  mintaqadan mo’tadil va qutbyoni kengliklarining har 1 sm
2
  joyiga yiliga 80-100 katta 
koloriya issiqlik olib keladi. Kurasio oqimi esa Yapon orollari yaqiniga 20-30 katta koloriya issiqlik 
olib keladi. Oqibatda iliq oqimlar ustida hosil bo’lgan dengiz havo massasi quruqlikkka kirib borib 
materiklarning qirg’oq  bo’ylarini qish paytlari ham isitadi. Chunonchi,  Shimoliy Atlantika oqimi 
ustida vujudga kelgan issiqlikni G’arbiy shamollar Yevrosiyoga olib keladi  va uning iqlimini 
shakllanishida faol ishtirok etadi. 
Oqimlar yog’inlarning taqsimlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Iliq oqimlar o’tadigan 
qirg’oqlardan yog’in sovuq oqimlar o’tadigan qirg’oqlarda yog’in kam yog’adi. Chunki sovuq 
oqimlar ustida yuqori atmosfera bosimi hosil bo’ladi. 


 
29 
Okeanlar bilan materiklarning o’zaro aloqadorligini musson shamollari va suvning aylanma 
harakati misollarida yaqqol ko’rish mumkin. “Musson” arabcha so’z bo’lib, uning ma’nosi mavsum 
demakdir. Musson shamollari mavsumga qarab o’z yo’nalishini qarama-qarshi tomonga 
o’zgartiradigan havo oqimi hisoblanadi. Mussonlarning hosil bo’lishida materiklar bilan 
okeanlarning turlicha isishi natijasida atmosfera bosimining o’zgarishi hal qiluvchi qol o’ynaydi. 
Binobarin, mussonlar yuqori bosimli va past bosimli mavsumiy oblastlar orasida vujudga keladi. 
Qishda quruq havo massasi quruqlikda okeanga qarab esadi yozda esa dengiz havo massasi 
okeandan quruqlikka qarab esadi. Mussonlar materik ichkarisiga 1000 km. masofagacha kirib borib, 
shu joyining iqlim xususiyatlarini belgilaydi. Ular ta’sir etgan joylar sernam va salqin bo’ladi. 
Shunday qilib,  musson shamollari okeanlar bilan materiklarning o’zaro aloqadorligini 
mustahkamlovchi vosita rolini bajaradi. 
Okean suvi tabiatda to’xtovsiz harakat qilib, bir holatdan ikkinchi holatga o’tib yuradi 
hamda Yer yuzida katta va kichik aylanma harakat hosil qiladi. Suvning katta aylanma harakati 
quruqlikka juda katta miqdorda nam keltiradi daryo ko’l va yer osti suvlarini tarkib topishiga imkon 
yaratadi. Tuproqlarni o’simlik qoplamiga va turli xil organizmlarga baxsh etadi.  
Dunyo okeani yuzasidan har yili o’rta hisobda bir metr qalinlikda suv bug’lanib atmosferaga 
ko’tariladi. Atmosferaga ko’tarilgan namning bir qismi kichik aylanma harakat tufayli yog’in bo’lib 
yog’adi, daryolarni, ko’llarni, tuproqlarni suv bilan ta’minlaydi. So’ngra daryo va yer osti suvlari 
orqali yana okeanga kelib qo’shiladi va suvning katta aylanma harakatini hosil qiladi. Shuning 
uchun ham okean sathi pasaymaydi.  
Shunday qilib, dunyo okeani oqimlari, dengiz havo massalari va suvning aylanma harakati 
materiklar tabiatiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Yer tabiatining xususiyatlari xilma-xil bo’lishi, 
quruqliklarda namlikning ko’p bo’lishi qalin o’rmonlarning keng tarqalishi organik  hayotning 
normal rivojlanishi okeanlar bilan materiklarning o’zaro aloqadorligiga bog’liqdir.  
   

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish