23
Dunyo okeanida termik ekvator (eng baland harorat chizig’i) ekvatordan shimolroqda
joylashgan. Bu yerda o’rtacha yillik harorat 28ºS ga teng. Ekvatordan shimoliy va janubiy tropic
kengliklarda o’rtacha yillik harorat 20-25º ni tashkil etsa, shimoliy va janubiy qutblar kengliklarida
o’rtacha yillik harorat doimo 0ºS dan past. Okean yuzasidagi suvlarning o’rtacha yillik harorati
17,5ºS, okean ustidagi havo harorati esa 14,4ºS ga teng. Shimoliy yarim sharda suv harorati
materiklarning ta’siri tufayli janubiy yarim shardagiga nisbatan yuqoriroq. Ayrim joylarda
haroratning geografik kengliklarga bog’liq holda taqsimlanish qonuniyatlari dengiz oqimlari,
doimiy shamollar, materiklardan iliq suvlarning oqib kelishi ta’sirida buziladi.
Okeandagi suvlarning harorati faqat goriznontal ravishda emas, balki chuqurlikka tushgan
sari ham o’zgaradi. Suvning yuza qatlamida harorat ancha tez pasayadi.chuqurlikka tushgan sari
ancha sekinlashadi. Pastki qatlamida, ya’ni 3000- 4000 m dan chuqurda harorat odatda +2 ºS dan 0
ºS gacha bo’ladi.
Dunyo okeanining qishi juda sovuq, uzoq davom etadigan Arktika va Antraktika
kengliklaridagina muz hosil bo’ladi. Xuddi shunday mo’tadil mintaqalrda joylashgan ba’zi bir
sayoz dengizlar ham muzlaydi. Okeanlar maydonining 15% ga yaqin qismi yoki 26 mln. kv. km.
akvatoriyasi muz bilan qoplanadi.
Okeandagi muzlar saqlanish muddatiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi. Bir yillik muzlar va
ko’p yillik muzlar. Mo’tadil mintaqalardagi dengiz muzlari bir yillik muzlar hisoblanadi. Ular
qishda hosil bo’lib yozda erib ketadi. Ko’p yillik muzlar Arktika va Antraktika kengliklari uchun
xarakterli. Bu yerlarda hatto yoz oylarida ham harorat 0ºS dan yuqori ko’tarilmaydi. Shuning
uchun, muzlar ko’p yil saqlanadi. Dengiz muzlaridan tashqari okeanlrda ko’p sonli muz tog’lari
aysberglar ham uchraydi. Ular quruqlik muzliklaridan uzilib tushgan yirik muz bo’laklaridir.
Antraktidaning shelf muzliklaridan supasimon muz parchalari ajarlib chiqib aysberglar hosil qiladi.
Ularning uzunligi 70-100 km.dan ham oshadi. Aysberglar toza chuchuk suv xazinalari hisoblanadi.
Suv massalari deb o’iga xos maydon va chuqurlik bilan o’lchanadigan, muayyan tabiiy
geografik sharoitda shakllnagn fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlari harorati sho’rligi zichligi
shaffofligi kislorod miqdori va mahsuldorligi nisbatan bir xil bo’lgan suv hajmiga aytiladi. Dunyo
okeanining vertikal strukturasida yuza chuqur va okean tagi suv massalari ajratiladi. Ular o’z
novbatida turlarga bo’linadi. Masalan, yuza suv massalari tabiiy sharoitining zonal farqlariga ko’ra
ekvatorial tropik, subtropika, subantraktika, arktika va antraktika kabi turlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: