25
Janubiy dengizlar uchun Sceletonema, Cerataulina, Ganjaulax, Ceratium, Microcuystis
Anabaena, Nodularia kabi turkumlarning vakillari xarakterlidir. Fitoplanktonning asosiy massasi
engizlar suvning yuza qatlamida (10-15m) bo’lib, quyosh radiatsiyasidan to’la foydalanadi. Dengiz
suvlarida plankton suvo’tlarni vertical taqsimlanishida roli kattadir. Harorat va quyosh nurining
maksimal ko’rsatkichli joylarida suvo’tlar yaxshi rivojlanadi. Dunyo okeanining turli qismlarida
suvo’tlar turlicha miqdorda uchraydilar. Buning asosiy sababi yorug’lik harorat biogen
moddalarning har xil miqdorda bo’lganligidadir. Masalan Shimoliy dengizlarda suvo’tlarning kam
rivojlanishiga yorug’likning kamligi haroratning pastligi sabab bo’lsa, ekvotarial zonada
fitoplanktonning rivojlanishini chegaralaydigan modda kremniyning yetishmasligidir.
Respublikamizdagi suv havzalarning ko’plarida fitoplanktonlar va yuksak suv o’simliklarining
ko’p miqdorda o’sishi va rivojlanishi kuzatilmoqda. Ularning faollik bilan ko’payishi va yuqori
miqdorda hosildorlikning oshishi suvlarning tarkibida organic va biogen elementlarning talab
me’yoridan oshganligi, ya’ni evtrofikasiya jarayonlarining ko’payganligini bildiradi. Bu jarayonda
suv o’simliklari indikatorlik vazifasini bajaradi. Respublikamizning Buxoro viloyati suv havzalarida
buni yaqqol kuzatish mumkin, viloyatdagi barcha zovurlarda, biologic hamda baliqchilik
hovuzlarida va ayrim ko’llarda suvning gullashi kuzatiladi. Tuproq tarkibidagi mineral tuzlarning
yuvilishi, sanoat va qishloq xo’jalilaridan chiqadigan oqava suvlarning tozalanmasdan yoki chala
tozalanib, ochiq suv havzalariga tashlanishi natijasida ularning tarkibidagi organic va mineral
moddalar miqdorining oshishiga sabab bo’lmoqda. Organik moddalar bakteriyalar ta’sirida
parchalanib, mineralizasiya jarayonida, suvning minerallanish darajasi yuqori
bo’ladi.Minerallashgan suvda fitoplanktonlarning turlari xilma-xil. Bahor, yoz va kuz fasllarida
yashil, ko’k-yashil, diatom va evglenalarning turlari ko’p uchraydi: masalan, ifloslangan suvlarni
tozalashdagi biologik hovuzlarda dominantlik qiluvchi xlorokokklardan- Chlorlla, Scenedesmus,
Chlamydomonas va boshqalar, ko’k- yashil suvo’tlaridan Merismopedia qlauca, Microcystis
muscicolo va boshqalar.Yuqorida ko’rib o’tilgan mikroskopik suv o’tlarning ko’p miqdorda
rivojlanishi natijasida biologic va baliqchilik hovuzlarida suvning gullashi sodir bo’ladi. Chunki
bunday hovuzlardagi mineral moddalarning miqdori me’yoridan 2-3 barobar ortiqcha bo’lganligi
sababli, tuban suvo’tlari ko’p miqdorda rivojlanib, suvning ikkilamchi ifloslanishiga olib keladi,
ya’ni evtrofikasiya jarayoni kuzatiladi.
Biologik hovuzlarda o’sayotgan xlorokok suvo’tlarning ayrim turlari Chlorella Scendesmus
larning alkogolik toza hujayralari ajratib olindi. Ajratib olingan alkogolik toza hujayralar maxsusu
qurilmalarda ko’paytirilib o’simlikshunoslikda baliqchilikda va har xil ifloslangan suvlarni organo
mineral moddalaridan va pathogen bakteriyalardan tozalashda ishlatilmoqda.
Yuqorida ko’rsatilgan suv havzalarida mikroskopik suvo’tlari bilan bir qatorda yuksak suv
o’simliklaridan Patomogeton heterophyllis Petomogeton filiformis, Ceratphyllum demersum chara
vulgaris Phragmites communis Typha angustifolis Lemna minor va boshqalar. Bular suv
havzalarida ko’p tarqalgan lemna minor (kichik ryaska) maxsusu joylarda ko’paytirilib
baliqchilikda keng qo’llanilmoqda.
Mahalliy suv o’simliklaridan tashqari subtropik hududulariga mos bo’lgan suvning yuza qismida
o’suvchi pistiya Pistia staratiotes L va Eyxorniya Elchornia crasspies Solms lar Buxoro viloyatida
ko’paytirilib har xil oqava suvlarni to’qimachilik ipakchilik korxonalari hamda tarkibida sianidlar
rodanislar va radioaktiv moddalarni saqlovchi suvlarni tozalashda qo’llanilmoqda.Buxoro
viloyatidagi suv havzalarida o’suvchi mikroskopik va yuksak suv o’simliklarning turlari xilma- xil
bo’lib, ularning biologic ekologik xossalarini ilmiy asosda o’rganib xalq xo’jaligining turli
sohalarida qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: