34
Tanganika
1435
Oxrid
285
Kaspiy
980 (1025)
Boden
276
Nyassa
706
Titikaka
270
Issiqko’l
650 (702)
Michigan
263-281
Sarez
493 (505)
Sarichelak
244
Komo
410
Qorako’l
242
Garda
406
Ontario
237
Teletsk
346
Ladoga
230
Jeneva
325
Guron
222
Yuqoriko’l
310
Ko’llar chuqurligini tubandagicha bo’lish mumkin: ko’lning suvi sayoz chetlarini
lotiral
zona, ko’lning chuqur joylarini
profundal zona va shu ikki zona oralig’i
sublitoral zona deyiladi.
Litoral zonaga quyosh nurlari yaxshi o’tadi va yashil o’simlik vakillari keng tarqalgan
bo’ladi. Chuqur ko’llarni profundal zonasiga yorug’lik yaxshi yetib bormasligi tufayli yashil
o’simliklarning vakillari yo’q hisobida. Ko’pchilik ko’llarda sublitoral zona aniq chegaralanmaydi.
Bu zona tubiga o’simliklar, mallyuskalar va boshqa hayvonlarning o’lik qoldiqlari to’planadi.
Tabiatda keltirilgan ko’llar ichida asosiy chuchuk suv manbai Pomirda joylashgan Sarez
ko’li hisoblanadi. Uning uzunligi 55,8 km, eni 3,3 km, maksimal chuqurligi 489,6-500 m, suvining
hajmi 16,07-17 km
3
ga teng.
O’rta Osiyoning eng katta ko’llaridan biri Balxash ko’li bo’lib, uning maydoni 17515 km
2
ga teng, suvi sho’r. Keyingi vaqtda Chu daryosining va boshqa daryolar suvining kam tushishi
natijasida Balxash ko’li asta-sekin qurib bormoqda.
Ko’llarda suv oqmas yoki juda sekin oqar bo’lib, suv massasi harakatsiz yoki sekin
harakatlanishi sababli katta va chuqur ko’llari suvining to’la almashinishi uchun o’nlab yillar kerak
bo’ladi.
Ko’llar chuqurligi, kelib chiqishi bo’yicha har xil bo’ladi. ularni kelib chiqishlari Yer
tuzilishiga yoki daryo, muz erroziyalariga bog’liq bo’lishi mumkin.
Ko’llar kelib chiqishi bilan tektonik, vulqon, muz harakatlari bilan bog’langan bo’ladi.
Dunyodagi eng chuqur ko’llar o’zlarining kelib chiqishi bilan qatlamlarining tektonik
harakatlariga bog’liqdir. Tektonik kelib chiqishiga ega bo’lgan ko’llarga Yevropaning Ladoga,
Onega, Sibirning Baykal, Oltoyning Teletsk, O’rta Osiyoning Issiqko’l, Qorako’l kabilar kiradi.
Vulqon harakatlari bilan bog’langan ko’llarga Kamchatka, Kuril orollaridagi ko’llar kiradi.
Vulqon kraterlari suvga to’la ko’lga aylangan.
Yevropa, Sibir va Osiyoning ko’pchilik ko’llari o’zlarining kelib chiqishlari bilan muzliklar
bilan bog’langandir. Muzliklarning siljishi, orqaga qaytishi davrida pastliklar muz suvlari bilan to’la
ko’llar hosil bo’lgan, muzliklar tufayli hosil bo’lgan ko’llarning chetlarida katta toshlar, qum
to’plamlari bo’ladi. Ularning shakli, chuqurligi har xil, tubi notekis bo’lib, turli balandliklarda
bo’ladi, kelib chiqishi muzliklar bilan bog’liq bo’lgan qoldiqlar bo’lishi mumkin.
Daryo suvlarining oqish jarayoni natijasida ma’lum joylar yuvilib, qayir (poyma) ko’llar
hosil bo’lishi ham mumkin. Bunday qayir ko’llar Volga, Dnepr, Amur, Amu va Sirdaryo yoqalarida
ko’p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: