Oqava suvlarni tozalashda aerotenklardan foydalanish
Aerotenklar to’g’ri burchakli temir-betonli qurilgan hovuz bo’lib, ularda suv harakati uncha
tez bo’lmaydi. Organik moddalar suv qavatida xuddi tabiiy suv havzasidagi kabi tozalanadi, ammo
tozalanish ancha tez bo’ladi. Aerotenklarda suvni tozalash jarayoni asosan suv qavatini havo bilan
to’yintirish orqali olib boriladi. Bunda loyqa zarrachalar pag’a holatda bo’ladi. U aerob mikroblar
yig’indisidan iborat bo’lib, mikroblarni o’ldirishda, organik moddalarni minerallashtirishda katta rol
o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |