Biologik suv havzalari
Biologik suv havzalarida oqava suv tarkibidagi organik moddalar mineral moddalarga
aylantiriladi.Biologik suv havzalarining kattaligi 1 gektarga teng bolib, chuqurligi 0,5-1 metr
bo’ladi.
Biologik suv havzalari chiqindi suvlarni gelmintlardan, patogen mikroblardan ozod qilish
uchun foydalaniladigan yopiq suv havzalaridir. Agar sug’orish maydonlari suvni qabul qilmasa uni
shunday suv havzalariga tushirsa ham bo’ladi.
Chiqindi suvlar qishloq xo’jalik maqsadlari uchun ishlatiladigan bo’lsa, turli kichik suv
havzalaridan foydalanish mumkin. Bularning ichida eng ahamiyatlisi oksidlovchi biologik suv
havzalaridir. Bunday suv havzalarida ichak tayoqchalari, gelmintlar deyarli yuz foiz nobud bo’ladi.
Biologik hovuzlar kam miqdordagi chiqindi suvlarni tozalashga mo’ljallangan. Ulardan ko’pincha
yoz faslida keng foydalaniladi. Chiqindi suvlarning bunday suv havzalarida tozalanishi uchun
uzog’i bilan 8-10 kun vaqt ketadi.
Oksidlovchi suv havzalari ishini yaxshilash uchun ular bo’linmalarga bo’linadi.
Bu bo’linmalar alohida ishlaydi. Har bir bo’linmaga ikki kun suv suv to’ldirib qo’yiladi, uni
tozalash uchun 10 kun kerak bo’ladi. Bunday bo’linmalar kamida 5 ta bo’lishi kerak. Bo’linmalar
maydoni 0,3-1,5 gektar bo’lib, suv havzalarining tagi 0,01-0,015
°S ga teng. Hovuzning bo’yiga
parallel qilib betonli nov ochiladi. Suvning chiqib ketishi va kirishi uchun ham 15-20 metrli beton
moslamalar joylashtiriladi.
Tindirilgan suv suv havzalariga tushiriladi. Cho’kmalarni chiqarish uchun suv havzasining
tagiga maxsus truba o’rnatiladi, kuz faslida cho’kmalar chiqindi suv bilan suyultirilib sug’orish
shudgorlariga tashlanadi.
Chiqindi suvlarni tezroq tozalash zarur bo’lsa, suv havzasida 10-15% tozalangan suv
qoldiriladi. Oksidlovchi suv havzalaridagi suv qatlami 0,6 metr bo’lishi kerak. Suv yuzasi bilan
atmosfera havosining almashinib turishi suvning tezroq oksidlanishiga imkon beradi. Havo harorati
6
°S bo’lganda biologik hovuzdagi suvning tozalanishi normal davom etadi. Biologik hovuzlar
yozning issiq kunlarida, yuqori haroratda suvni yaxshi tozalaydi.
Hozir butun dunyoda chiqindi suvlar biologik hovuzlarda tozalanadi. Chunki keyingi vaqtda
suv tarkibi juda o’zgarib ketdi.
Biologik suv tozalash hovuzlarining o’ziga yarasha kamchiliklari ham bor. Bunday
hovuzlarda suvning tozalanishi iqlimga bog’liq. U 2-3 kundan 2,5-3 oygacha cho’zilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |