45
V. DARYOLARNING GEOGRAFIK O’RNI
Turli yog’inlar bilan to’yinadigan va o’zan deb ataluvchi chuqurlikda oqadigan
tabiiy suv
oqimini daryo deb ataymiz. Deyarli har bir daryo tog’dagi muzliklarning erishidan, buloq yoki
botqoqliklardan boshlanadi. Kichik jilg’alar qo’shilib soyni hosil qiladi,
soylardan daryolar
vujudga keladi. Daryolar yer osti suvlari va yog’inlardan ham to’yinadi. Har bir daryoning
boshlanish joyi (manbai) hamda dengiz, ko’l yoki boshqa daryoga quyilish joyi (mansabi)
bo’ladi.Biroq buloqlardan ham boshlanadigan daryolar ham bor. Masalan, Biya daryosi Oltoydagi
Telets ko’lidan oqib chiqadi, u 400 metr kenglikdagi tosh tizmalaridan otilib tushadi.U boshlanish
va quyilish joyida ham keng va ulug’vordir. Shunday daryolar ham borki,
ularning quyilish joyi
yo’q. Turkmanistondagi Murg’ob va Tajan daryolari shular jumlasidan. Bu daryolarning suvi
dalalarni sug’orishga sarflanadi, natijada ular biron havzaga quyilmaydi. Daryolar ikki qirg’oq
orasida, o’zanlarda oqadi. Qor yoki muzliklarning jadal erishi natijasida suv sathi ko’tarilib, toshqin
ro’y bergan kezlarda daryo qayiri va hatto sohilning talay qismini suv bosadi. Shunday yerlarda,
odatda, yaxshigina yaylovlar vujudga keladi. Qadim zamonlardan beri daryolar odamlarga saxiylik
bilan o’z suvini hadya etib kelgan.Ular azaldan aloqa yo’li bo’lib xizmat qilgan.Termiz, Ko’hna
Urganch, Banokat, Kiyev kabi qadimgi shaharlar daryo sohilida qurilgan.Daryolar davlat chegarasi,
dushman hujumidan ishonchli tabiiy to’siq bo’lib xizmat qilgan.Hozirgi vaqtda ham daryolar inson
hayotida nihoyatda muhim rol o’ynaydi. Daryo
suvi qishloq va shaharlar, fabrika va zavodlar uchun
zarur. Daryolarda arzon elektr energiya beruvchi gidroelektr stansiyalar qurilmoqda. Daryo suvida
yo’lovchilar tashuvchi va yuk kemalari suzadi,yog;och oqizadi. Daryolar suvga chanqoq yerlarni
sug’orish manbaidir. O’zbekiston hududida uchta yirik
daryo mavjud, ular: Amudaryo, Sirdaryo va
Zarafshon.
Daryolar – bizning ulkan boyligimiz. Ularni neft, sanoat va maishiy chiqindilar, paxta
dalalaridan chiqadigan oqava suvlar bilan ifloslanishdan saqlash lozim. Daryolar sersuv bo’lishi
uchun ularning sohillaridagi va suvayirg’ichlaridagi daraxt hamda butalarni kesmaslik kerak
Daryolar suvining oqimi o’zimlik va hayvonlarning o’sish, ko’payish, rivojlanish va
turli
yashash joylarida tarqalishini anilaydigan asosiy ekologik omil hisoblanadi. Shuning uchun ham
suvning oqimi gidrobiontlarning asosiy xislatlarini ya’ni ularning reofillik oqar daryolarda yashash
mumkinligini ifodalaydi. Suvning oqishi gidrobiontlarga turlicha ta’sir qiladi. Ya’ni,
• daryo suvining oqishi u yerdagi organizmlarga mexanik ta’sir qiladi;
• suvning tinimsiz oqib turishi organizmlarga doimiy, tinimsiz ozuqa va kislorod keltirib
turadi;
• suvning oqishi organizmlar hayoti faoliyati jarayonida ajratgan moddalarni va
chirishdan
hosil bo’lgan mahsulotlarni oqizib ketadi va muhit doim toza bo’ladi;
• suvning oqishi ortiqcha tarqalgan jonzodlarini oqim bilan olib ketadi, ular biror-bir joyga
birikib olsa, undaylarni ozuqa va kislorod bilan ta’minlaydi.
• suvning oqishi tufayli harorat kislorod suv qatlami bo’yicha teng taqsimlanadi.
Shunday qilib kichik-kichik soy shaxobchalar bir-biri bilan qo’shilib ko’p suvli katta
daryolarni hosil qiladilar. Bunday daryolarning oqishi davomida turli jinslarning yemirilishi
natijasida suv o’ziga yo’l ochadi. Ularning etak qatlami dengizga, ko’lga qo’yiladi. Daryo yo’llarida
xilma- xil landshftlar hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: