Cho’kma loyqani zararsizlantirish
Tozalash inshootlarining har bir bosqichida cho’kma loyqalar paydo bo’ladi. bu cho’kmalarni
zararsizlantirish texnik jihatdan ancha murakkab, ammo sanitariya jihatidan katta ahamiyatga ega.
Cho’kmalarning asosiy qismi, ya’ni 60-70% i birlamchi tindirgichda cho’kadi. Birlamchi tindirgichdagi
cho’kmalar 92,5-96% namlikni ushlab qoladi.
Cho’kmaning kamchiligi sekin qurishi, noxush hid tarqatishi va
unda pashshalarning ko’payishi hisoblanadi. 1 gr. ho’l cho’kmada milliardlab saprofit mikroblari bo’ladi. Ikkilamchi
tindirgichlarda paydo bo’lgan cho’kma o’z tarkibida 99,2-99,6% namlik ushlaydi. Cho’kmaning hajmini
kamaytirish uchun uni shibbalashga yuboriladi, unda cho’kmaning namligi 97-98% ni tashkil qiladi.Cho’kmalarning
zararsizlantirish sutkasiga 10000 m
3
dan ortiq suvni tozalaydigan inshootlarda amalga oshiriladi. Chiqindi suvlarni
zararsizlantirish metantenk inshootlarida cho’kmani achitish yo’lib ilan amalgam oshiriladi. Metantenk silindr
shaklidagi betondan qurilgan berk hovuz-rezervuar bo’lib, tagi konusga o’xshaydi. Metantenkka cho’kmalar
birlamchi tindirgichlardan oqib keladi. Uning hajmi katta tozalash inshootlarida bir necha ming m
3
ga yetadi.
Metantenkning yuqori tomonida gumbazi bo’lib, unga metan gazini yig’ish uchun moslama o’rnatilgan. Gaz
to’g’ridan-to’g’ri foydalanish uchun gazgolderga yuboriladi. Metantenkda cho’kmaning achishi ikki davrda o’tadi.
Birinchi davrda achish jarayoni nordon reaksiyali bo’ladi, bu achish anaerob mikroorganizmlar yordamida bo’lib,
natijada ko’p miqdorda yog’ kislotalari, aminokislotalar, spirtlar, ammiak, vodorod sulfid hosil bo’ladi.
cho’kmaning hajmi kamaymaydi, yomon hid chiqaradi va chiriy boshlaydi.
Ikkinchi davrda birinchi davrda hosil bo’lgan kislotalar sekin-asta parchalanib, karbonat angidrid va metan
gazlarini, shuningdek gidrokarbonatlar va karbonatlarni hosil qiladi. Natijada achish jarayoni o’zgarib ishqoriy tus
oladi. Bu metanli yoki ishqoriy achish davri deyiladi. Birinchi davrda vujudga kelgan saprofit mikroblari yangi
ishqoriy sharoitga moslashib o’zining faolligini yanada oshiradi. Patogen mikroorganizmlar nobud bo’ladi.
Metanli achish jarayoni ikki xil temperaturada kech ishi mumkin. 25-37
°
S mezofil va 40-55
°
S – termofil
temperatura deyiladi. Sanitariya nuqtai nazaridan termofil jarayoni ancha ma’qul. Patogen mikroorganizmlar –
viruslarning o’lishi uchun mezofil sharoitda 14-15 kun, termofil sharoitda esa 6-7 kun kerak bo’ladi. Termofil
sharoitda gelmint tuxumlari ham qiriladi. Gaz tarkibida 62-64% metan, 32-34% karbonat angidrid, 4% azot, oksigen
va nitrogen bor. Metantenkka yuklanadigan cho’kma miqdori yuqorida ko’rsatilgan achish vaqtiga qarab aniqlanadi.
Mezofil jarayonida har kuni metantenkka 6-7% cho’kma solinadi, termofil jarayonida esa 13-14% solinadi. Xuddi
shuncha cho’kma metantenkdan chiqarib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |