xo'jaligida ham turg'unlik holati edi. 1938 yilda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 1913 yildagi ko'rsatkichga
nisbatan bor yo'g'i 10%ga oshgan edi.
XX asr 20-yy.da Fransiya iqtisodiy o'sishini ta'minlagan omil- lar 30-yy.ga kelib o'z ta'sirini yo'qotdi, ishlab
chiqarish kuchlari esa past darajada qolaverdi. Fransuz tovarlari jahon bozorida juda past raqobatbardoshlikka
ega edi. Ikkinchi jahon urushiga kelib Fransiya hanuzgacha agrar mamlakat hisoblanar edi: qishloq xo'jaligida
aholining 37%, sanoatda esa - 25% band edi. Sanoat tarkibi ham qoloq edi. 20-yy.da og'ir sanoatning "yangi"
tarmo- qlari jadal rivojlangan bo'lsa ham yengil sanoat katta ustunlikka ega edi: tekstil, poyabzal va oziq-ovqat
sanoatlarida sanoat ish- chilarining yarmidan ortig'i band edi.
XX asrning 20-30 yy.da Fransiya sanoatida "Komite de forj" harbiy-sanoat konserni, "Kyulman" kimyo
konserni kabi monopo- liyalar kuchayib bordi, ammo,
umuman olganda, ishlab chiqarishni
konsentratsiyalashuvi va sanoatni texnik jihozlashuvi jahatidan
Fransiya boshqa yetakchi mamlakatlardan orqada qolar edi. Ikkinchi jahon urushi arafasida sanoatda band
bo'lgan ishchilarning 40% hunarmandchilik ustaxonalarida qo'l mehnati bilan, ish-chilar soni 10 tagacha bo'lgan
ishlab chiqarishlarda band edilar. Modabop tovarlar ishlab chiqarish katta ahamiyat kasb etmasdan, an'anaviy
ixtisoslashuv Fransiyani orqaga tortar edi.
Birinchi jahon urushiga qadar Fransiyani dunyo sudxo'ri deb nomlashardi. Urushdan
keyin Fransiya haqida
bunday fikr bildirib bo'lmasdi. Oktyabr inqilobi natijasida Fransiya Rossiyada chetga olib chiqilgan kapitalning
yarmidan mahrum bo'ldi: sovet hukumati oldingi hukumatlarni qarzlarini tan olmadi va Fransiya zaym- larini
qaytarishdan voz kechdi, Rossiyaning ko'mir va metallurgi- ya sanoatiga sarflangan
kapitallar esa ushbu
sanoatlarni davlat mulkiga o'tkazilishi natijasida yo'qotildi.
Undan tashqari, urush davrida Fransiya, boshqa Yevropa mamlakatlari kabi, AQShga qarzdor bo'lib
qoldi va
endi kapital ek- sporti bo'yicha jahonda 4-o'rinni egallar edi.
Bunda kapitalni zaym shaklida emas ishlab chiqarish shaklida olib chiqish hajmi oshdi. Bu ko'proq kapital
mustamlakalarga olib chiqilishi bilan bog'liqdir. Urushgacha bo'lgan davrda eksportning 10% mustamlakalarga
yo'naltirilgan bo'lsa, 30-yy. oxiriga kelib bu ko'rsatkich 30%gacha ko'tarildi. Fransiya endi mustamlakalarni
o'zlashtirishni boshlagan edi. Lekin mustamlakalarga zaymlar
ber- ilmaydi, mustamlakalarga olib chiqilgan
kapital ularning iqtisodi- yotiga sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: