Germaniya va frantsiyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■


  Ikkinchi jahon urushidan so'ng Fransiya iqtisodiy rivojlanishi



Download 97,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana25.01.2023
Hajmi97,05 Kb.
#902131
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5366410036891362700

15.1. 
Ikkinchi jahon urushidan so'ng Fransiya iqtisodiy rivojlanishi 
Ikkinchi jahon urushidan Fransiya ko'rgan talofatlar bom- bardimonlardan tashqari Germaniya qo'shini 
tomonidan okku- patsiya natijasida yuz berdi. Ishlab chiqarish o'rtacha uch maro- taba qisqardi: sanoat ishlab 
chiqarishi 70%ga qisqardi, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi ikki barobar qisqardi, avtomobil parki va yuk 
tashish uch marotaba qisqardi. 1938 yildagi sanoat ishlab chiqarish darajasiga 1948 yilga kelib erishildi.
1990 
yilga kelib Fransiya sanoat ishlab chiqarishi 5,5 barobar o'sdi. Boshqa rivojlangan kapitalistik 
mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarishining o'sishi 8,5 barobar, 1948 yilga nisbatan 5,7 marta o'sgan edi. Ushbu 
davrda Fransiya sezilarli darajada orqada qolgandi. 1938 yilda Fransiyada rivojlangan kapitalistik mamlakat- 
larning 7,7% mahsuloti ishlab chiqarilgan bo'lsa, 1989 yilda bu ko'rsatkich 5,7%ni tashkil etdi.
O'tgan davr ichida Fransiya sanoatida progressiv siljishlar amalga oshdi. Fransiya yengil sanoatning 
ustuvorligidan voz ke- chdi. 80-yy. boshlariga kelib mashinasozlik, metallni qayta ishlash, elektrotexnika, 
avtomobil, aviaraketa va kimyo sanoatlari jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning 60%ni, qazib olish 
tarmoqlari (metallurgiya, ko'mir, neftgaz) bilan esa 70%ni tashkil qilgan. Yengil sanoat esa sanoat 
mahsulotining 30%ni tashkil etardi.
Urushdan so'ng Fransiyada iqtisodiyotning barcha tarmoqlari- ni kompleks rivojlantirishga qaratilgan siyosat 
olib borildi. Ushbu siyosat integratsiya qoidalariga zid edi, chunki Fransiya xalqaro mehnat taqsimotida 
qatnashish o'rniga barcha mahsulot turlari bilan o'zini-o'zi ta'minlashi nazarda tutilgan edi. Ushbu siyosat 
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas edi, chunki unda ja- hon bozorida talab qilinmayotgan mahsulotlar 
ishlab chiqaruvchi an'anaviy tarmoqlarni rivojlantirish ham nazarda tutilgandi. Ushbu tarmoqlar fransuz 
sanoatining 40%ni tashkil etgan.
70-yy.da siyosat o'zgardi. Endi hukumat jahon bozorida raqo- batbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 
istiqbolli tarmoqlarni rivojlanishini rag'batlantirardi. Avtomobil, aviaraketa va elektrotexnika sanoatlarida katta 
yutuqlarga erishildi. 80-yy. boshiga kelib rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ushbu tarmoqlar ulushi 
bo'yicha Fransiyaga 10% to'g'ri kelardi (butun sanoat bo'yicha esa 6%).


1980 yilda sanoatda 25,8% aholi band edi, xizmatlar sohasida 57%, ya'ni sanoatga nisbatan 2 barobar ko'p. 
Qishloq xo'jaligida band bo'lganlar soni 8,7%gacha pasaydi. Endi Fransiya agrar mamlakat emas edi.
Qishloq xo'jaligidagi uzoq davrdagi turg'unlik uning tarkibida mayda parsellyar dehqon xo'jaliklari4 asosiy o'rin 
egallaganligi bilan tushuntiriladi. Hisob-kitoblarga ko'ra ushbu xo'jaliklarning 1/3 qismi o'z egalarining 
ehtiyojlarini qondira olmas edi. Bir so'z bilan aytganda, Fransiya qishloq xo'jaligida hali kapitalizm 
munosabatlari to'liq shakllanmagan edi. Shu sababdan norenta- bel mayda xo'jaliklarni yo'q qilish, qishloq 
xo'jaligini kapitalistik rivojlanish yo'liga o'tkazish, ratsional fermer xo'jaliklarini shakl- lantirish to'g'risida qaror 
qabul qilindi. Davlat majburiy ravishda norentabel xo'jaliklarni sotib olardi, bu dehqonlarning ommaviy 
chiqishlarini keltirib chiqardi.
Davlat "Kredi agrikol" banki orqali yirik fermer xo'jaliklari shakllanishini, qishloq xo'jaligi texnik darajasini 
oshirilishini rag'batlantirar edi. Oxirgi yillarda qishloq xo'jalik ishlab chiqa- rishini jadal o'sishi ushbu 
islohotlarning natijasi edi.5
Hozirgi kunda Fransiya qishloq xo'jaligi o'z mahsulotining 1/3 qismini eksport qiladi. Qishloq xo'jaligi 
mahsulotlari eksporti haj- mi bo'yicha Fransiya Yevropada birinchi, jahonda ikkinchi (AQSh- dan keyin) 
o'rinda.

Download 97,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish