Urushning borishi va harbiy harakatlarni jadallashuvi. 1870- yilning 4-avgust kuni Veysenburgda 5 ming Fransuzlar 40 ming kishilik nemis armiyasining xujumiga dosh bera olmay katta qurbonlar berdi va Strasburg tomon chekinishdi. Strasburg yaqinida 6-avgustda Freshviler bilan Forbak yonida turgan 46 ming Fransuz askarining ahvoli yanada tang edi. Chunki unga xujum uyushtirgan nemis armiyasi 120.000 kishidan iborat bo‘lgan. Bu ketma-ket mag‘lubiyatlar Napoleon III armiyasining zaifligini va ayniqsa, shu armiyani vujudga keltirgan tuzumning zaifliginI ko‘rsatuvchi yaqqol dalil edi.
Shiddatli janglar davomida prussiyaliklar marshal Mak Meton qo‘mondonligidagi Fransuz armiyasini janubiy guruhini tor-mor etdilar.
Fransuz qurolli kuchlarining mag‘lubiyatga uchraganligi to‘g‘risidagi xabarlar Parijga, so‘ngra esa mamlakatning boshqa qismiga yetib borgan zahoti xalq g‘azabi qaynab ketdi. 6-9 avgustda Parijda, Shuningdek viloyatlarda dahshatli xalq g‘alayonlari bo‘ldi; rahbarlik ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilganda va burjua respublikachilarixalq ommasidan dahshatga tushib, bonapartchilar rejmini quvvatlamaganda edi, bu g‘alayonlar imperiyaga nisbatan ochiq inqilobiy harakatga aylanib ketgan bo‘lardi.
“Burjua respublikachilarning qo‘rqoqligi va ojizligi Qonun chiqaruvchi korpusda hukmronlik qiluvchi ,,mamluk”larning (bonapartchilrni kinoya bilan shunday atardilar, ya’ni deputatlar) hukumatni o‘zgartirishga imkon berdi. Olive hukumati istefo berdi. Ashaddiy urushqoq bonapartchilardan tuzilgan yangi hukumat shafqatsizlik bilan politsiya ta’qibi yo‘liga – demokratik gazetalarni yopish, Parijning hamma hududlarida respublikachi-demokratlarni va sotsialistlarni qamoqqa olish yo‘liga o‘tdi, bu hukumat mamlakatda qaynab turgan jamoatchilik g‘azabini shunday terror vositasi yo‘li bilan bo‘g‘ib tashlamoqchi bo‘ldi.”1
O‘sha yilning 12-avgustida Mets qal’asining qo‘mondonligi marshal Bazepga topshirildi. 14-avgustda blankichilar Belgiyadan yashirincha kelgan Blanki rahbarligida Parijda qo‘zg‘olon ko‘tarishga va La-Villet bulvaridagi kazarmalarini qo‘lga olishga urinib ko‘rdilar. Lekin, blankichilarning ommani siyosiy jihatdan tayyorlamasdan ob’ektiv shart-sharoitlarni hisobga olmasdan, eski klassik fitnachilik usullari bilan uyushtirgan va o‘tkazgan harakati bu gal ham tamomila muvaffaqiyatsizlikka uchradi. “Mamluklar” La–Vilett bog‘idagi muvaffaqiyatsizlikni bahona qilib, bunday demokratlarni yana shafqatsizlik bilan ta’qib ostiga olish va mamlakatda terrorni kuchaytirish uchun foydalandilar. Lekin bu hatti-harakatlar jon talvasasiga tushib qolgan bonapartchilar rejimini o‘z halokatini orqaga surish uchun qilayotgan so‘ngi urinishlari edi.
“14- va 16-avgustdagi Shpixern yonidagi uchinchi mag‘lubiyatdan keyin fransuz armiyasi barcha imtiyozlaridan mahrum bo‘lib qoldi.”1
Do'stlaringiz bilan baham: |