Mavzu nazorat savollariga javoblar. Po‘latova Sadobonu shayboniylar davri



Download 19,44 Kb.
Sana19.07.2021
Hajmi19,44 Kb.
#123745
Bog'liq
Otabek tarix-9


9 mavzu nazorat savollariga javoblar. Po‘latova Sadobonu

  1. SHAYBONIYLAR DAVRI

XV asr boshida Idil (Volga) daryosi tomonidan kelgan Shayboniyxon qo‘shinlari

mamlakatni zabt etdilar.

Shayboniylar o‘zlarini biz o'zbeklarmiz, deb atardilar. Ular bu yerdagi mahalliy

o‘zbeklar (turkiy xalqlar) bilan qo‘shilib, yangi davlatni — o'zbeklar xonligini

barpo etdilar. Shayboniyxon Samarqandni o‘z davlatining poytaxti, deb e’lon qildi.

Buxoroni ukasi Mahmud Sultonga berdi. Toshkent va uning atrofidagi yerlarni

qarindoshlari Ko‘chkinchixon va Suyinchxo‘jaga bo‘lib berdi.

Shayboniyxon Movarounnahrda mustahkam o‘rnashib olganidan so‘ng,

Xuroson va Xorazmni zabt etdi. Xurosonga o‘z o‘g‘li Temur Sultonni hokim qilib

qo‘ydi. Shunday qilib, Shayboniylar sulolasi tashkil topdi. Bu sulolaning asoschisi

Shayboniyxon ancha bilimdon odam edi. U adabiyot va san’atga qiziqardi. Bu soha

ahllarini qo‘llab-quwatlardi. Temuriylarga taqlid qilib, mamlakatda fan va

madaniyatni rivojlantirishga intilardi. Bu borada u ba’zi tadbirlarni ham amalga

oshirdi. Ammo, temuriylar shon-sharafiga yeta olmadi. Dastlabki yillarda esa

harbiy yurishlar natijasida mamlakat qo‘shimcha vayronagarichiliklarga uchragan

edi. Shayboniyxon askarlari bosib olingan shaharlarni talon-toroj qilardilar. Buning

natijasida xalq xonavayron bo'lardi. Ular o‘rtasida har xil kasalliklar tarqalib

ketardi. Tarixda o‘sha davrda bir necha marta ommaviy kasalliklar tarqalib

ketganligi ma’lum.

Davlat barqarorlik topganidan keyin Shayboniyxon xo‘jalik hayotini tartibga

solishga qaratilgan ba’zi tadbirlarni amalga oshirdi. Bu tadbirlar aholiga bir qadar

yengilliklar keltirdi, xalqning iqtisodiy ahvoli yaxshilandi. Madaniy hayot yuksala

boshladi. Bunda bir yangilik — o‘lkada qog‘oz ishlab chiqarishning yo‘lga

qo‘yilganligi katta rol o‘ynadi. Samarqandda ishlab chiqariladigan "Sultoniy" va

"Mir Ibrohimiy" markali qog'ozlar dunyo bozorida yuksak baholanardi.

Movarounnahr ba’zi boshqa qo'shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq

vadiplomatik aloqa o‘rnatdi. Chet ellardan, xususan, Xitoy va Hindistondan choy,

qora murch, har xil ziravor va dorivor mahsulotlar keltirilardi. Mamlakatda

kattagina qurilish ishlari olib borildi. Ular qatorida tibbiy maskanlar ham bor edi.

Eng muhimi shuki, shu vaqtga kelib, o‘zbek tilida yozilgan dastlabki kitoblar

paydo bo‘la boshladi. Shulardan birinchisi mashhur "Boburnoma"

edi.Shayboniylar hukm surgan davrda tibbiyot anchagina yuksaldi. Shaharlarda

kasalxona, nogironlar uyi, dorixona, tibbiy maktablar barpo etildi. Masalan, XVI

asr o'rtasida Toshkentda "Chorbog

1

", degan joyda maxsus kasalxona barpo etilgan. edi. Bu kasalxonada asosan harbiy kishilar davolanardilar. Kasalxonada chuqur



bilimli va yaxshi tajribali hakimlar ishlardilar. Ular kasallangan va jarohatlangan

harbiy kishilami davolardilar. O'sha vaqtda O‘zbekiston hududida bilimdon va

yaxshi tajribali hakimlar ham anchagina edi.


  1. Shayboniylar davrida 0‘zbekiston hududida yashab ijod qilgan taniqli

hakimlardan bizga quyidagilar ma’lum. Muhammad Husayn Miroqiy as-

Samarqandiy, Shayx Ali ibn Sulaymon, Sulton Ali Xurosoniy, Ubaydullo ibn

Yusuf Ali al-Kahhol, Mullo Muhammad ibn Yusuf tabib, Mir Muhammad Husayn

al-Oqiliy va boshqalar.

Muhammad Husayn Miroqiy as-Samarqandiy ko‘proq dorishunoslik bilan

shug‘ullangan. U 1545-yilda dorishunoslikka oid katta bir asar yozib, unda har xil

shifobaxsh o‘simliklarning xossalari, ularni izlab topish, ulardan dori tayyorlash va

qoilash usullarini batafsil bayon etgan. Kitobda turli dorivor o‘simliklarning rangli

rasmlari ham berilgan. Dorixonada ishlatiladigan asbob-uskunalar, dori

saqlanadigan idishlarning surati ham keltirilgan. Muhammad Husayn Miroqiyning

kitobi dorixona xodimlari uchun dastur bo‘lib xizmat qilgan. Undan tabiblar ham

foydalanganlar, chunki, ular ko‘pincha bemorlarga dorini o‘zlari tayyorlab

berganlar.

Shayx Ali ibn Sulaymon Toshkentda tavallud topgan. Tug‘ilgan yili va vafoti

ma’lum emas. Toshkent madrasalaridan birida tahsil olgan. So‘ng tibbiyotga

qiziqib bu fanni o'rgangan. Shayx Ali kahhol ya’ni ko‘z kasalliklari bo‘ mutaxassis

bo‘lgan. Lekin, boshqa sohalarga ham qiziqqan. Badiiy adabiyotni ham sevgan.

Yaxshi she’rlar yozgan. 0‘zining tibga oid asosiy asari "Kahhollik san’atiga

bag‘ishlangan risola" kitobini ham nazm bilan yozgan. Kitobda ko‘zning tuzilishi,

ko‘z kasalliklarining kelib chiqishi, ularni aniqlash va davolash masalalari bayon

etilgan. Ko‘z kasalliklarida ishlatiladigan dorilar ham ko‘rsatilgan. Shayx Ali ibn

Sulaymonning kitobi kahhollar uchun dastur bo‘lib xizmat qilgan.

Sulton Ali Xurosoniy Samarqand hukmdori Abu Mansur Ko‘chkinchixon

saroyida xizmat qilgan. 0‘zi chuqur bilimli va yaxshi tajribali tabib bo‘lgan.

Bemorlarni muvaffaqiyatli davolab, ko‘p hurmatga sazovor boMgan. Bu olimning

bizga "Dastur al-iloj" ("Davolash dasturi") nomli asari ma’lum. Asarda kishi

organizmining barcha a’zolarida uchraydigan kasalliklar, ularga tashxis qo‘yish va

davolash usullari batafsil bayon etilgan. Sulton Ali "Dastur al-iloj"ga qo‘shimcha

qilib, "Muqaddimaiy dastur al-iloj" nomli kitob ham yozgan. Bu kitob ba’zan

"Dastur", debgina ataladi. Muallif "Muqaddima"ga oldingi asariga kirmay qolgan

ba’zi masalalarni kiritgan. "Muqaddima"ning muhim tomoni shundan iboratki,

unda salomatlikni saqlash uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish kerakligi

ko‘rsatilgan. Sulton Ali Xurosoniyning bu kitobi ham amaliy tibbiyotda tabiblar

uchun yaxshi dastur bo‘lib xizmat qilgan. Ubaydullo ibn Yusuf Ali ul-Kahhol - Toshkentlik ko'zga ko‘ringan hakimlardan

bo‘lgan. U Toshkent hukmdori Muhammad Darvesh Bahodirxon saroyida xizmat

qilgan. O'zi chuqur bilimli va yaxshi tajribali tabib boMgan.

Ubaydullo Kahhol ning bizga "Bemorlar muolajasi" nomli asari ma’lum. Bu

asarda olim inson a’zolari, ularda uchraydigan kassalliklar va ularni davolash

usullari bayon etilgan. Kitob ikki qismdan iborat. Birinchi qismda turli a’zolarning

kasalliklari haqida ma’lumot berilgan. Bu qism muqaddima, 18 bo'lim va

xulosadan iborat. 0‘z navbatida har bir boMim bir necha kichik bo‘limchalarga

bo‘lingan.

Kitobning muqaddimasida muallif tib ilmi, uning vazifasi va xalq salomatligini

saqlashdagi o‘rni haqida fikr yuritadi. Muallifning yozishicha, tabibning asosiy

vazifasi eng avvalo kishilar sog‘lig‘ni saqlash, kasalliklarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish

va davolashdan iborat.

Kitobdagi 18 qismning har birida amaliy tibbiyotning muhim masalalari bayon

etilgan. Dastlab miya, uning kishi hayotidagi ahamiyati ta’riflanadi. So'ng bosh

miyada uchraydigan kasalliklar, ularning alomatlari, tashxis qo'yish va davolash

choralari ko‘rsatiladi. Olim bu yerda muhim miya kasalliklaridan ruhiy hastalikni

ham alohida ko'rsatgan. Shundan keyin ko‘z, quloq, tomoq, burun, havo tashuvchi

yollar (traxeya, bronxlar) kasalliklari bayon etilgan. So‘ng quyiroqdagi organlarda

(yurak, o‘pka, qizilo'ngach, oshqozon, ichaklar, jigar, siydik qopchasi, erkak va

ayol jinsiy a’zolari) kasalliklari haqida ma’lumot berilgan. Kitobda ziynat

(kosmetika) va toksikologiya masalalariga ham to‘xtaladi. Kitobning bir butun

qismi (17-qism) bolalar kasalliklariga bag'ishlangan. Xususan, bu qismda bolalik

davrining gigiyenasi, bolani to‘g‘ri tarbiya qilish, bolalarda uchraydigan

kasalliklar, ularni davolash masalalari bayon etilgan.

"Bemorlar muolajasi"ning oxirgi 18-qismi umumiy kasalliklar va ularni

davolash usullariga bag‘ishlangan. Xususan, umumiy kasalliklarni aniqlash,

tashxis qo‘yish va davolash usullari ko‘rsatilgan.

Kitobning xulosasida har xil kasalliklarning oqibati, krizlar, o'limning sabablari

kabi muhim masalalar yoritilgan.

"Bemorlar muolajasi"ning ikkinchi qismi dorilar haqida. Xususan, unda

murakkab dorilar bayon etilgan. Murakkab dorilarni tayyorlash va ishlatish usullari

ko'rsatilgan.

Ubaydullo kahhol mutaxassisligi bo‘yicha kahhol (ko‘z tabibi) hisoblansa ham,

u umumiy tibbiyot masalalari bilan ko‘p shug'ullangan.

Mullo Muhammad ibn Yusuf kahhol o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan

tabiblaridan biri edi. U o‘sha vaqtdagi Samarqand hukmdori Abdullatifxonning

shaxsiy tabibi bo‘lgan.

Mullo Muhammad ibn Yusuf kahhol ko‘z kasalliklari sohasida tajribalimutaxassis bo‘lgan. Kasalliklarni muvaffaqiyatli davolab, ko‘p hurmatga sazovor

bo‘lgan. Olim ko‘z kasalliklarini aniqlash va ularni davolashdagi tajribalarini

umumlashtirib, "Zubdat ul-kahholin" ("Kahhollikning mohiyati") nomli asar

yaratgan. Bu asarda turli ko‘z kasalliklarining belgilari, ularni aniqlash, tashxis

qo‘yish va davolash usullari bayon etilgan. Kitob ko‘zi hastalikka uchragan

bemorlarni davolashda tabiblarga qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.

Mulla Muhammad Kahhol ko‘z kasalliklari bo‘yicha mutaxassis hisoblansa

ham, u boshqa kasalliklarni davolash bilan ham shug‘ullangan. Masalan, u isitmali

kasalliklarga bag‘ishlangan "Tahqiq ul-xummiyat" ("Isitmali kasalliklarni

aniqlash") nomli asar ham yozgan. Bulardan tashqari tomirni tekshirish usuliga

bag'ishlangan asari ham ma’lum. Umuman bu hakim ko‘p qirrali bilim va tajribaga

ega bo‘lgan.

0‘sha vaqtda 0‘zbekistonda Mirmuhammad Husayn al-Oqiliy ismli hakim

bo‘lgan. Ammo, bu hakim haqida qo‘limizda yetarli ma’lumot yo‘q. Uning

"Mahzan al-adviya" ("Davo boyligi") nomli asari borligi ma’lum, xolos. Bu asar

har xil dorilar va ulardan foydalanishga bag‘ishlangan


  1. ASHTARXONIYLAR DAVRI

Shayboniylar davlati XVI asr oxirlariga kelib, o‘zaro nizolar va toj- taxt uchun

kurashlar natijasida zaiflashdi. Ayrim o'lkalaming hokimlari Markaziy

hokimiyatning bunday zaifligidan foydalanib, mustaqil siyosat olib bora

boshladilar. Shayboniylar xonadonining oxirgi namoyandalaridan biri

Abdulmo‘min Markaziy hokimiyatni mustahkamlashga urindi. Lekin, uni amalga

oshira olmadi. 1599-yilda uni qatl qildilar.

Uning o‘rniga Movarounnahrning hokimi qilib, boshqa o‘zbek qabilasi

— ashtarxoniylardan bo‘lgan Boqiy Muhammad saylandi.

Ashtarxoniylar davrida mamlakatda unchalik katta o'zgarishlar bo‘lmadi.

Ammo, zarurat tufayli tibbiyot sohasida bir oz siljish bo‘ldi. Madrasalarda tibbiyot

ilmi ham o‘qitildi. 1682-yilda Buxoroda maxsus saroy kasalxonasi "Buq’aiy dor

ush-shifo" ("Davo maskani") barpo etildi. Bu davo maskanining barpo etilishi

o‘sha vaqtdagi Buxoro hukmdori Subxonqulixon nomi bilan bog‘liq. "Maskan"

uning farmoni bilan qurilgan edi.

Subxonqulixon (Sayid Muhammad Subxonquli ibn Saidnodir- muhammadxon)

ilm fanning ko‘p sohalaridan xabardor bilimdon shoh edi. U ayniqsa, tibbiyot

ilmini yaxshi bilardi. Ma’lumotlarga ko‘ra Subxonqulixon amaliy tibbiyot bilan

ham shug‘ullangan.

"Davo maskani" o‘sha zamon me’morchiligi asosida ko‘rkam qilib qurilgan

ikki qavatli bino bo‘lgan. Har qavat 9 tadan hujra (palata) va yordamchi

xonalardan iborat edi. Kasalxona qoshida qatnab davolanadigan kichikshifoxona

(hozirgi tilda ambulatoriya) ham bo‘lgan.

4. "Davo maskani" huzurida tibbiy maktab ham ochilgan. Bulardan tashqari kasalxona majmuasi tarkibiga dorixona va

kutubxona ham kirgan. Kasalxonaga chuqur bilimli va yaxshi tajribali Mirqosim

Hakim boshchilik qilgan.

Tibbiy maktab talabalari amaliy mashg‘ulotlarni shu "Davo maskani”da

o‘tganlar. Kasalxona va tibbiy maktabda o‘sha davrning yaxshi taj rib ali hakimlari

xizmat qilganlar. Shulardan bizga Xo‘ja Amin Rais, Oxun muIlo..Abdug‘afur,

Hakjm Xo'ja Yoqub, Mullo MirmuhanTmad ma’lurri.

"Davo maskani" majmuasi (Kasalxona, shifoxona, dorixona, tibbiy maktab va

kutubxona) vaqf yerlardan olinadigan daromad bilan ta’min etib turilgan. Shu

hisobdan tibbiy maktab talabalariga nafaqa to‘langan .

Tibbiy maktabning kutubxonasi kitobga juda boy bo‘lgan. Unda It>n Sinoning

"Tib qonunlari"dan tortib, deyarli hamma taniqli hakimlarning asarlari bo‘lgan.

5..Subxonqulixonning maxsus farmoni bilan kutubxonada yig‘ilgan kitoblar

o‘rganilib, ularning ko‘piga sharh yozilgan. Talabalar uchun kerakli kitoblar

o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Dorixonada asosan kasalxonada yotib davolanayotgan bemorlar uch un dori

tayyorlaganlar. Unda ikki kishi — dorixona mudiri va uning yordamchisi ishlagan.

Subxonqulixon mamlakatda tibbiy bilimning rivojlanishi va chuqur bilimli

hakimlar yetishib chiqishlariga alohida e’tibor bergan. U xalqni sog‘lomlashtirish,

kasalliklarni kamaytirish, yuqumli kasalliklarning tarqalib ketishiga yo‘l

qo‘ymaslik ishi bilan shaxsan shug‘ullangan. Shu munosabat bilan

Subxonqulixonning o‘zi ishlab chiqqan yozgi ich icetish kasalliklariga qarshi chora

diqqatga sazovordir. U maxsus farmon chiciarib, Buxoro amirligiga qarashli

hamma hududlarda yoz faslida barcha nowoylarga yopiladigan non yuziga kunjut

urug‘ini sepishni buyurgan. Bu tadt>ir haqiqatan vfi/gi ich ketish kjsalliklanni

kamaytirgan. Chunki, к unj Lit ichni to‘xtatish xususiyatiga ega, o‘zi esa

xushbo‘ydir. Shuning uchun nowoylar ham, aholi ham bu qarorni mamnuniyat

bilan qabul qilganla r. Xon farmoni bilan boshlangan bu tadbir, keyinchalik odat

bo‘lib qolgan. Hozir ham mahalliy nowoylar kulchalarning yuziga kunjut sep>ib

yopadilar.

145

Subxonqulixon tibbiyot ilmini haqiqatan yaxshi bilgan, tibbiyot i lmiga oid



asarlar ham yaratgan. Masalan, u turkiy (o‘zbek) tilida "Tifc>b>i Subxoniy", deb

ataluvchi kitob yozgan. Bu kitobning paydo bo‘lislni haqida Subxonqulixonning

o‘zi bunday, deb yozgan: "Bizdan oldingi

10—Tibbiyot tarixi hakimlar arab va fors tillarida yozilgan asarlar qoldirganlar.

Bizning kishilarimiz bu asarlardan foydalana olmaydilar. Shuning uchun men bu

kitobni turkiy tilda yozdim, toki bizning xalqimiz undan foydalana olsinlar".



"Tibbi Subxoniy" kirish qism va 8 bobdan iborat. Har bir bob o‘z navbatida
Download 19,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish