Kurs ishning amaliy ahamiyati. Kurs ishi natijasiga ko‘ra bayon etilgan faktik materiallar va xulosalardan Tarix fakulteti talabalarining kurs ishlari, referatlar yozishda foydalanish mumkin. Shuningdek ushbu materiallardan jahon tarixi fanidan akademik litsey, kasb-xunar kollejlarida o‘tkaziladigan mustaqil ishlar, seminar mashg‘ulotlarida manba bo‘lib xizmat qiladi.
Kurs ish kirish, 4 ta qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, taqdimot va elektron variantdan iborat.
Kurs ishning tuzilishi. Ishimiz rejasi kirish, to‘rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar, taqdimot va elektron variantdan iborat bo‘lib, 1870-1880 yillarda Fransiyada yuz bergan barcha ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni o‘z ichiga olgan.
FRANSIYA-PRUSSIYA URUSHI VA UNING OQIBATLARI.
PARIJ KOMMUNASI.
XIX asrning 60-yillari ikkinchi yarmidan boshlab Fransiya imperatori Napoleon III mavqeyiga putur yetdi. Buning asosiy sababi—Fransiyaning o`z qo`shnilari bo`lgan Angliya va Germaniyadan tobora orqada qolayotganligi bo`ldi. Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. “1869-1870 yillarda Fransiyada bonapartchilar rejimining inqirozi juda ham kuchayib ketdi. Buni, ikkinchi imperiya dushmanlarigina emas, balki uning tarafdorlari ham imperatorning o‘zi va uning a’yonlari ham fahmlar edilar. Bonapartchilar to‘dasi, faqat g‘olibona urush qilish yo‘li bilangina hokimiyatni qo‘lda saqlab qolish, omonat turgan imperator taxtini mustahkamlash, ko‘tarilib kelayotgan inqilob to‘lqinini to‘xtatish mumkin, degan qarorga keldilar.”1“Prussiyani tor-mor keltirish, shimoliy-german ittifoqini tugatish, Germaniyaning tarqoqligi va parokandalik davriga qaytarish va Fransiyaning mayda german davlatlarining taqdirini hal etuvchi kuchga aylantirish va bu bilan ikkinchi imperiyaning ilgarigi obro‘ va shuxratini tiklash Napoleon III hukumatining mo‘ljal va maqsadlari edi. Bu maqsadlar fransuz xalqiga yot edi. Urush bonapartchilar to‘dasining faqat shaxsiy g‘arazli manfaatlariga mos tushardi xolos.”2
Chunonchi, Prussiyaning 1866-yildagi Avstriya ustidan erishgan g‘alabasidan so‘ng german davlatlarning Prussiya atrofida birlashishiga Fransiya to‘sqinlik qilar edi. “Fransiya german davlatlaridagi ichki separatizmni qo‘llab-quvvatlar edi. Prussiya ministr-prezidenti va Shimoliy-german ittifoqining kansleri O.Bismark ushbu muammo “Qo‘shniga (Fransiyaga) qarshi birgalikda olib borilgan urush” evaziga hal etilishi mumkin deb hisoblardi. Shuning uchun ham Prussiya Fransiyaga qarshi urushga tayyorgarlik ishlarini urushdan ancha ilgari boshlangan edi. Bismarg tomonidan ishlab chiqilgan dasturda ya’ni “Germaniyani yuqoridan”, “qilich va qalqon” siyosati bilan Prussiya boshchiligida birlashtirish dasturida Fransiyaga qarshi urush muqarrar deb topilgan edi. 1868 yildayoq Prussiya shtabi Fransiyaga qarshi urush operatsiyalari rejasini ishlab chiqib, harbiy tayyorgarlik bilan bir qatorda siyosiy va diplomatik tayyorgarliklar ham ko‘rilgan edi. Prussiya janubiy german davlatlarini o‘z tomoniga og‘darib olishga, Avstriya-Vengriya va Chor Rossiyasini betaraf qilib qo‘yishga muvofiq bo‘lgan edi. Prussiya yunkerlari, harbiylari burjuaziyaning siyosatini qo‘llab-quvvatlagan, ko‘pchilik qismi mag‘lubiyatga uchragan Fransiya yerlarini egallashga orzumand edilar.”1
Tarixiy taraqqiyot taqozosi bilan Germaniya oldiga qo‘yilgan asosiy, eng muhim va eng zarur vazifa Germaniyani milliy jihatdan birlashtirish, yagona umumgerman davlatini tuzishdan iborat edi. Ikkinchi imperiya yagona german davlati tuzilishiga yo‘l quyishni istamas edi va qurol kuchi bilan bunga qarshilik ko‘rsatardi. Shu sababli Prussiya yunkerlari, harbiylari va burjuaziyasi reaksion va agressiv maqsadlarni ko‘zlagan bo‘lishiga qaramay, Germaniyaning Fransiyaga qarshi urushi, uning boshlang‘ich davrida, o‘zining mazmuniga ko‘ra ob’ektiv jihatdan nemislar uchun milliy manfaatni ko‘zlagan adolatli urush edi.
Bu urush Germaniyaning milliy jihatdan birlashishi uchun, bu ishda unga qarshilik ko‘rsatayotgan tashqi reaksion kuch ya’ni bonapartchilar imperiyasiga qarshi qaratilgan urush edi. Shimoliy-german ittifoqining hukumati urushga barcha sohalarni diplomatiyani, armiyani, sanoatni tayyorlardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |