a –tutash to’sinli; b– romli; d– quramali;e –vantli
1.2 Beton va temirning xossalari
Betonning hisobiy qarshiliklari birinchi guruh chegara holatlari /^va /?Ь[ uchun 0,997 ishonchlilik bilan beriladi. Ularning qiymatlari (1-jadval) tegishli me’yoriy qarshiliklarni betonning siqilishdagi ishonchlilik koeffitsiyenti y^ = 1,30 ga yoki cho‘zilishdagi ishonchlilik koeffitsiyenti ybl ga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. Keyingi koeffitsiyent betonning sinfini siqilish mustahkamligi bo'yicha belgilashda уы = 1,50 ga teng qilib olinadi.
1- jadval
Odatdagi og‘ir betonning me‘yoriy va hisobiy qarshiliklari
Betonning siqilish mustahkamligi bo'yicha sinfi
|
Prizma mustahkamligi
|
Prizma mustahkamligi
|
O’q bo’yicha cho’zilishi
|
O’q bo’yicha cho’zilishi
|
Rbn Rbser
|
Rb
|
Rbtn Rbtser
|
Rbt
|
|
|
B10
|
7.5
|
6
|
0.85
|
0.57
|
B10
|
15
|
11.5
|
1.4
|
0.9
|
B10
|
29
|
22
|
2.1
|
1.4
|
B10
|
43
|
33
|
2.5
|
1.65
|
Betonning hisobiy qarshiliklari qiymatlarini zarur hollarda betonning ishlash sharoitlari koeffitsiyentiga ko'paytirish zarur, bular ish sharoitlari elementning xususiyati va ish bosqichlari tayyorlanish usuli, konstruksiyani o'ziga xos xususyatlari, kesimning o'lchamlariga ko'ra 1 dan katta yoki kichik bo'lishi mumkin. Ko'p martalab takrorlanib turadigan yuklarda (nagruzkalarda) betonning hisobiy qarshiliklari Rb va Rbt betonning ishlash sharoitlari koeffitsiyenti ybi< 1 ga ko'paytiriladi, uning qiymati kuchlanishiar sikli asimmetriya koeffitsiyenti
pb = ccb /cbmax ga, shuningdek, betonning turi va uning namligi holatiga qarab qabul qilinadi.
Agar konstruksiya uzoq muddat ta’sir qiladigan yuklarga hisoblanadigan bo'lsa, u holda betonning mustahkamligi ortishi uchun qulay sharoitlar
bo‘lmaganida (masalan, atrof-muhit havosining namligi 75% dan ortiq bo‘lganida) og‘ir betonning hisobiy qarshiliklari ishlash sharoitlari koefitsiyenti yb2 =0,9 ga ko'paytiriladi.
Uncha uzoq davom etmaydigan qisqa muddatli yuklarni hisobga olganda (krandan tushadigan, shamol, zilzila, portlashdan tushadigan yuklamalar) bu koeffitsiyent yb2= 1,1 deb qabul qilinadi.
Betonning siqilish va cho'zilishdagi qarshiligiga ikki o'qli kuchlanish holati ta’sir qiladi. Agar beton namunasi bir yo'nalishda cho'zilish, o‘zaro peфendikular yo'nalishda siqilish ta’sirida bo'lsa, и holda betonning qarshiligi kamayadi, buni ishlash sharoiti koeffitsenti yb4 ni kiritish bilan hisobga olinadi. Umuman, ybj koeffitsiyent yordamida betonning hisobiy qarshiligiga boshqa sabablaming, ya’ni elementlarni betonlash sharoitlari yb3, navbatma-navbat muzlash va erish yb6, quyosh radiatsiyasi yb7 ning ta’sirlari hisobga olinadi.
Betonning ikkinchi guruh chegara holatlari uchun hisobiy qarshiliklar Rbtser va Rbt ko‘p hollarda son jihatdan me’yoriy qarshiliklar Rbn va Rbln ga teng bo'ladi, chunki betonning ishonchlilik koeffitsiyentlari: siqilishdagi yb va cho'zilishdagi ybc birga teng deb olinadi, betonning ishlash sharoitlari koeffitsiyenti ybi esa quyidagi hollardagina hisobga ohnadi:
— ko'p karra takrorlanadigan yuklar ta’sirida temir-beton elementlarida darzlar hosil bo'lishi bo'yicha hisoblashda hisobiy qarshiliklar Rbt Rbtser = Rbtnyb4 dan foydalaniladi; qiya darzlar bo'yicha hisoblashda hisobiy qarshiliklar Rbtser = Rbtyb4 dan foydalaniladi;
— ko'p karra takrorlanadigan yuklar ta’siridagi temir-beton elementlarda qiya darzlar hosil bo'lishi bo'yicha hisoblashda, ishlash sharoitining aytib o'tilgan har ikki koeffitsiyenti ishlatiladi, ya’ni hisoblashga kiritiladigan hisobiy qarshilik
Rbtser =yb, Rbtyb4 ga teng qilib olinadi.
Temir-beton konstruksiyaiarining armaturasi ish steijenlaridan iborat bo'lib, ular ta’sir etadigan hamda montaj jarayonida hosil bo'ladigan kuchlarni qabul qilish uchun qo'yiladi. Tayyorlash texnologiyasi bo'yicha po'lat armatura qizdirib prokat qilingan steijen hamda sovuq holida prokat qilingan sim armaturalarga bo'linadi
Steijen tarzidagi armaturani prokat qilingandan keyin uni mustahkam- lovchi termik yoki mexanik ishlov berilishi mumkin (cho'zish, yalpoqlash va hokazo).
Temir-beton konstruksiyalarning armaturasi sifatida o'zgaruvchan kesimli, qizdirib prokat qilingan steijenlar keng tarqalgan. O'zgaruvchan kesimning shakli armaturaning beton bilan tishlashuvini yaxshilaydi, bu esa cho'zilishda betonda yuz beradigan darzlar enini kamaytirish hamda armaturani ankerlash bo'yicha bir qancha konstruktiv choralami ko'rmaslik imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |