I.Umumiy malumotlar
1.1Beton va temir beton haqida umumiy ma’lumot
Beton boshqa materiallar singari siquvchi kuchlanishlarga ancha katta qarshilik ko'rsatadi, cho‘zilishga juda ham kam qarshilik ko‘rsatadi. Betonning cho'zilishdagi mustahkamligi siqilishdagiga nisbatan 10—15 marta kichik. Shu sababli beton konstruksiyalari asosni mustahkamlashda, ma’suliyati cheklangan imoratlarning poydevorlarida, o‘zining og‘irligini ko‘tarishi mumkin bo'lgan devorlarda va shu kabi sharoitga ega konstruksiyalarda keng qo'llaniladi.
Oldindan zo‘riqtiriladigan konstruksiyalar uchun mustahkamligi va zichligi yuqori, cho'kishi va tobtashlashligi cheklangan betonlar ishlatiladi. Betonning fizik-mexanik xossalari qorishmaning tarkibi, bog'lovchi va to‘ldiigichlaming turi, suv-bog‘lovchi nisbati, betonning tayyorlanish usuli, yotqizilishi va unga ishlov berish usullari, qotish sharoitlari (tabiiy qotish, avtoklavda ishlov berib qotirish), betonning yoshi va boshqalarga bog'liq. Beton uchun material tanlashda, uning tarkibini belgilashda bularning hammasini hisobga olish kerak.
Qurilishda odatdagi og‘ir betonlar eng ko‘p tarqalgan bo'Iib, ularning zichligi 2200—2500 kg/m3, odatdagi zich to'Idirgichlar qo'shib tayyorlanadi. Zichligi 2500 kg/m3 dan ortiq betonlar og'ir betonlarga kiradi. Ulardan radiatsiyadan himoyalanishda foydalaniladi va hajmiy massasi oshirilgan to'ldirgichlarning maxsus turlari (magnetit, limonit, barit, cho'yan pitrasi va boshq.) qo'shib tayyorlanadi. Zichligi 1800 kg/m3 dan yuqori va 2200 kg/m3 gacha bo'lgan betonlar yengillashtirilgan betonlarga kiradi, zichligi 1800 kg/m3 bo'lgan betonlar yengil betonlarga kiradi. Betonning og'irligi g'ovak to'ldiigichlar qo'shib (keramzit, agloporit, pemza, tuf, ohak-chig'anoq va boshqalar) yoki beton aralashmasiga g'ovak hosil qiluvchi qo'shimchalar solib yengillashtiriladi.
Betonning mustahkamligi yetarli darajada yuqori bo'lishi, armatura bilan yaxshi tishlashishi va zichligi yuqori bo'lishini, armaturani zang- lashdan himoya qilishni va konstruksiyaning uzoqqa chidashini ta’minlash zarur. Ba’zan qo'shimcha ravishda betonga suv o'tkazmasligi, suvga nisbatan chidamli bo'lishi, sovuqqa nisbatan chidamli bo'lishi, o‘tga chidamliligi va zangbardoshligi juda yuqori bo'lishi, og'irligi kam bo'lishi, issiq va ovoz o'tkazuvchanligi past bo'lishi kabi talablar qo'yiladi.
Temir-beton konstruksiyalar o'tgan asrning o'rtalarida paydo bo'ldi, o'sha asrning oxiridayoq temir-betondan tayyorlangan qovurg'ali orayopma- lar, dastlabki ko'priklar, quvurlar qurildi. XX asr boshida Moskvada to'sinsiz temir-beton orayopmalar, Nikolayev shahrida esa dunyoda birinchi marta temir-beton mayoq qad ko'tardi. Keyinchalik temir-beton konstruksiyalar binolar va inshootlarning yaxlit konstruksiyalari tarzida tobora keng tarqaldi. XX asr 30- yillaming boshida birinchi marta oldindan zo'riqtirilgan konstruksiyalar paydo bo'ldi. Urushdan keyingi yillarda yig'ma temir-beton konstruksiyalar gurkirab rivojlandi. Sanoat binolarida (ustunlar, to'sinlar, fermalar, arkalar), yirik panelli turar-joy va jamoat binolarida, muhandislik inshootlari (ko'priklar, estakadalar, gidrotexnika inshootlari va boshqalar)da temir- beton konstruksiyalaming qo'llanishi qurilish muddatlarini ancha qisqar- tiradi, tannarxini kamaytirishga olib keladi.
Temir-beton hozirgi zamonda qurilishning asosi bo'lib qoldi, u jamoa, sanoat va qishloq xo'jaligi binolari qurilishida ko'plab ishlatilishidan tashqari, ko'prik, gidrotexnika qurilishida va boshqa sohalarda muvaffaqqiyat bilan ishlatilmoqda.
Temir-betonning rivojlanishi hamda uning texnik-iqtisodiy samarador- ligining ortishi, oqilona tanlangan konstruktiv shakllam i qo'llash hisobiga og'irliklarining kamayishi, yengil va g'ovakli betonlaming, armosementning ishlatilishi buyumlami tayyorlash texnologiyasining takomillashuviga bog'liq.
Temir-beton konsruksiyasi aksariyat standart yig'ma elementlardan tashkil topgan bo'lib, ular asosan temir-beton zavodlarida tayyorlanadi va qurilish maydonidayig'iladi. Chet el, MDH davlatlari, xususan, O'zbekiston sharoitida yig'ma elementli temir-beton konstruksiyalari fuqaro va sanoat binolarida keng qo'llaniladi. Bir qavatli sanoat binosining konstruksiyasi 8.1- rasmda ko'rsatilgan.
Po'lat siqilish va cho'zilishga juda yaxshi ishlaydi. Ала shu boisdan ham temir-beton yaratish g'oyasi paydo bo'ldi, unda siquvchi yuklarni beton, cho'zuvchi yuklarni esa po'lat armatura qabul qiladi.
Egiladigan temir-beton elementlarda ishchi armaturani, odatda, elementning cho'zilgan qismida joylashtiriladi. Ishchi armatura element kesimlarini kichraytirish va konstruksiyaning xususiy og'irligini kamaytirish uchun qo'yiladi. Beton (armaturasi yo'k) elementlar to'satdan yemiriladi, ayni bir paytda temir-beton elementlar asta-sekin yemiriladi, bu esa ulaming mustahkamlik zaxiralarini kamaytirish imkonini beradi.
Respublikamizni issiq kunlariga kelsak, harorat 40 gradus va undan ortiq bo'lganda betonning holati o'zgarganini ko'ramiz. Odatdagi betonga yuqori harorat uzoq vaqt ta’sir etganida sement toshining qotganligi, juda ko'p cho'kkanligi va mustahkamligi pasayganligi, sement toshi va to'ldirgich- laming harorat tufayli deformatsiyalanish koeffitsiyentlari turlicha bo'lganligi va boshqa sabablar tufayli yemiriladi.
Shu sababli sement bog'lovchilardan harorat 50 °C dan oshmaydigan hollardagina foydalanishga ruxsat etiladi.
Temir-betonning afzalliklari va kamchiliklari. Temir-beton hozirgi qurilishda keng tarqalishiga avvalambor uning boshqa qurilish materiallariga qaraganda texnikaviy va iqtisodiy afzalliklarining ancha ko'pligi sabab bo'ldi. Temir-beton massasining 70—80% gacha qismini mahalliy tosh materiallar (qum, chaqiq tosh yoki shag'al) tashkil qiladi. Po'lat va yog'och konstaik- siyalarini temir-beton konstruksiyalar bilan almashtirish xalq xo'jaligining boshqa sohalari uchun po'lat va yog'och sarfini tejashga imkon beradi.
Ayniqsa, tayyor usullar bilan korxonalarda va poligonlarda tayyorlana- digan yig‘ma hamda oldindan zo'riqtirilgan temir-betondan foydalanishda texnikaviy-iqtisodiy samaradorlik ancha yuqori boiadi.
Temir-beton yana bir qancha texnikaviy afzalliklarga ega. Awalambor u beton ichiga joylashtiiilgan armatura ishonchli saqlanganhgi tufayli juda uzoqqa chidaydi. Betonning mustahkamligi esa vaqt o'tishi bilan kamay- maydi, balki ortadi.
Bu xil konstruksiyalarning o‘tga chidamliligi yuqori. Amalda shu narsa ma’lum boidiki, betonning 1,5—2 sm qalinlikdagi himoya qatlami temir- betonning yongin chiqqandagi o‘tga chidamliligini ta’minlash uchun etarli ekan. Ularning o‘tga chidamliligini yanada oshirish, shuningdek, issiqqa chidamliligini oshirish maqsadlarida maxsus toidirgichlar (bazalt, diabaz, shamot, domna shlagi va boshqalar)dan foydalaniladi, shuningdek, himoya qatlamini 3—4 sm gacha oshiriladi.
Temir-beton konstruksiyalarning boshqa materiallardan tayyorlangan konstruksiyalarga qaraganda bir butunligi va bikrligi katta boiganligi uchun zilzilabardoshligi juda yuqoridir. Unga istalgan konstruktiv va me’moriy shakllarni berish mumkin. Inshootlami saqlash va konstruksiyalarga qarab turish bo'yicha qilinadigan sarflar juda kam.
Temir-beton konstruksiyalaming kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
1) boshqa konstruksiyalarga nisbatan og'irligi katta;
2) issiqlik va ovoz o'tkazuvchanligi nisbatan yuqori, bu esa ba’zi hollarda maxsus izolatsiyalar qilishni talab qiladi;
3) ishlami bajarish, ayniqsa, qish faslida ish bajarish murakkab, oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar tayyorlashda malakali kadrlar, maxsus jihozlar, bug*lash anjomlari talab etiladi; armaturaning to'g'ri joylashuvini muntazam ravishda nazorat qilib turish, beton qorishmasining tashkil etuvchilarini tozalashni va boshqa ishlami muntazam ravishda nazorat qilib turish talab etiladi;
4) favqulodda cho'kishdan, texnologik sabablarga ko'ra temir-beton o'z kuchlanishlaridan, shuningdek, betonning cho'zilishga qarshiligi juda kamligidan tashqi yuklar ta’siridan darzlar hosil bo'lish ehtimoli bor.
Temir-beton konstruksiyaiarining turlari. Temir-beton konstruksiyalar bajarilish usuli bo'yicha yig'ma, yaxlit va yig'ma-yaxlit bo'ladi.
Yig‘ma temir-beton konstruksiyalar ko'proq tarqalgan, chunki ulardan foydalanish, qurilishni sanoatlashtirishga va iloji boricha mexanizatsiya- lashtirishga imkon beradi. Zavod sharoitida yig'ma konstruksiyalar tayyorlashda beton qorishmasini, tayyorlash, yotqizish va unga ishlov berishning ancha ilg'or texnologiyasini qo'llash, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, qurilish ishlarini ancha soddalashtirish mumkin.
Yaxlit (monolit) temir-beton konstruksiyalar qismlarga bo'linishi va bir xillashtirilishi qiyin bo'lgan inshootlarda, masalan, ba’zi gidrotexnika inshootlarida, og'ir poydevorlarda, suv havzalarida, ko'chma yoki o'zgaruv- chan qoliplar yordamida ko'tariladigan inshootlar (qobiqlaming qoplamlari, siloslar va boshqalar)da keng qo'llanadi.
Yig‘ma-yaxlit temir-betonlar yig'ma elementlar va qurilish joyida yotqiziladigan monolit betonning qo'shilmasidan iborat. Odatda yig'ma elementlar bir butun beton uchun qolip hosil qiladi, bu esa yog'ochni tejashga imkon beradi. Yig'ma-monolit konstruksiyalar yig'ma konstruksiyalarga qaraganda yaxlitligi yuqoriligi va ulash joylarining sodda berkitilishi bilan farq qiladi. Yig'ma-yaxlit temir-beton konstruksiyalaryopmalarining va bino orayopmalarining konstrkusiyalarida, gidrotexnika va transport qurilishida qo'llanadi.
Temir-betonning yana o'ziga xos turi armosementdir. Armosement konstruksiyalar mayda donali to'ldirgich betondan tayyorlangan yupqa devorli konstruksiya bo'lib, butun qalinligi bo'yicha ingichka po'lat sim bilan armaturalangan bo'ladi. Armotsement konstruksiya cho'zilish va egilishga yaxshi qarshilik ko'rsatishi, darzbardoshligi, elastikligi yuqoriligi bilan farq qiladi.
Temir-beton konstruksiyasidan foydalanishda bir necha tur yondoshish- lar mavjud bo‘lib, ular temir-beton xususiyatini kengaytiradi va keng foydalanish sharoitini yaratadi. Masalan, armaturasi oldindan kuchaytirilgan konstruksiyalar yuqori ko‘tarish va bikrlik xususiyatiga egadirlar. Bunday konstruksiyalar o‘ta javobgarli konstmksiyalarda qo'llaniladi, ayniqsa, mas’uliyati yuqori bo'lgan rezervuarlarda estakadalarda, katta maydonli yuzani yopishda ishlatiladigan ust yopmalar va h.k. da qo'llaniladi.
a b
d e
(1-rasm). Тemirbeton ko’priklarning asosiy tizimlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |