O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“GEOLOGIYA-QIDIRUV VA KON-METALLURGIYA” FAKULTETI
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI KAFEDRASI
“5640100-Hayotiy faoliyat xavfsizligi”
bakalavr ta’lim yo‘nalishi
“Bino va inshootlar xavfsizligi” fanidan
“ Temir beton konstruksiyalarida xavfsizlik talablarini ta’minlash
(inshootlarda) “
KURS LOYIHA
Bajardi: 19-18 guruh talabasi Bo’riyev A.A
Rahbar: Xasanova O. T.
Toshkent-2022
MUNDARIJA
Kirish ………………………………………………………………………...…..
I.Umumiy malumotlar…………………………….……………...……..……….
1.1 Beton va temir beton haqida umumiy ma’lumot……………………….........
1.2 Beton va temirning xossalari
II. Temir beton konstruksiyalarida xavfsizlik talablarini ta’minlash
(inshootlarda) …………………………………………………………….
2.1 Temir-beton konstruksiyalariga quruq issiq iqlimning ta’siri………………
2.2 Temir beton konstruksiyalarining zanglashi…………………………………….
Xisob qismi………………………………………………………………………….
Xulosa……………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………..
Kirish
Texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ko‘ra beton va temir-beton hozirgi kunda ham dunyo bo‘yicha konstruksiyaviy qurilish materiallari orasida yetakchi rolni egallab turibdi. Temir-beton o‘zining noyob xossalari tufayli tannarxi qimmat bo‘lgan metalning o‘rnini egallab, XX asr materiali nomini oldi. Beton va temir-betonning keng miqyosda qo‘llanilishi tufayli qurilish texnologiyasida ham inqilobiy o‘zgarishlar qilishga, uzoq muddatga chidamli ulkan inshootlarni tiklashga imkoniyat yaratildi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha temir-beton XXI asrda ham yetakchilik rolini saqlab qoladi. Yevropada 2025-yilgacha qurilishni rivojlantirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi Ekspert komissiyasining ma’ruzasida ta’kidlanishicha, zamonaviy qurilish materiallari quyidagi talablarga javob berishi lozim: – tabiiy resurslardan minimal, chiqindilardan maksimal foydalanish; – mustahkamlik va uzoq muddatga chidamliligini yanada oshirish; – qayta ishlash va ikkinchi marta foydalanish imkoniyatlarini saqlash; – yuqori estetik va me’moriy sifatlar; – ishlab chiqarish va ekspluatatsiya jarayonida ekologik xavf sizlik.
Ushbu talablarga beton va temir-beton konstruksiyalari to‘la javob beradi. Shu tufayli dunyo bo‘yicha temir-beton ishlab chiqarish 2 mlrd m3 dan ortib ketdi. Masalan, bir tonna po‘lat ishlab chiqarish uchun 20 tonna dastlabki resurslar ishlatiladi. Shulardan 19 tonnasi atrof-muhitga qaytadi. Beton ishlab chiqarish esa chiqindisiz bo‘lishi bilan birga boshqa sohalarning chiqindilarini utilizatsiya qilishga yordam beradi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha ayrim xavfli sanoat chiqindilari betonda neytrallashadi. Shularni hisobga olib, aytish mumkinki, temir-beton XXI asrda ham qurilishda asosiy materiallardan biri bo‘lib qoladi. Kurs ishini yaratishda N.J. To‘ychiyev ,,Bino va inshootlar konstruksiyasi V.V. Gabrusenkoning «Основы расчета железобетона», B.A. Asqarovning «Qurilish konstruksiyalari», B.A. Asqarov va Sh.R. Nizomovning «Temir-beton va tosh-g‘isht konstruksiyalari» nomli darslik va o‘quv qo‘llanmala- ridan, shuningdek mualliflarning uzoq yillik pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarida orttirgan tajribalaridan foydalanilgan.
Shuningdek, qo‘llanma mualliflarining o lib borgan ilmiy-tadqiqot natijalari ham tegishli boblardan o‘rin olgan. . Chunki unda materiallarning elastik-plastik deformatsiyalanishi, betonning armatura bilan ishlash shartlari, oddiy va oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarning kuchlanganlik, deformatsiyalanish holati, konstruksiyalarni mustahkamlik va darzbardoshlikka hisoblash asoslari yoritilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |