Bog'liq Geologik – qidiruv ishlab chiqarishlarida zamonaviy axborot tizimlarini tadbiq etish
Geologik – qidiruv ishlab chiqarishlarida zamonaviy axborot tizimlarini tadbiq etish Respublikada qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalari, qurilish industriyasi korxonalarining mineral xomashyo bazasini yaratish va kengaytirish chora-tadbirlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Nodir va kamyob yer metallari, agrokimyo va kon-ruda xomashyosi, qurilish materiallari, yer osti chuchuk va mineral suvlari zaxiralarini ko‘payishi ta’minlanmoqda.
Shu bilan birga, sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan mineral-xomashyo bazasi yetarli sur’atlarda rivojlanmayapti. Ayrim potensial rudali hududlar sust o‘rganilmoqda. Geologiya-qidiruv ishlari davomida ilm-fanga asoslangan texnologiyalar yetarlicha qo‘llanilmayapti, ilmiy-tadqiqot salohiyati ancha zaiflashgan va asossiz ravishda tarqoqlashgan. Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilish tuzilmasi va boshqaruv usullari zamon talablariga javob bermayapti. Ishlarning pirovard natijalariga qarab emas, balki fizik hajmlariga qarab baho berishdan iborat umrini yashab bo‘lgan amaliyot hamon saqlanib qolmoqda. Konchilik, burg‘ulash va laboratoriya asbob-uskunalarining nihoyatda eskirganligi, shuningdek, maxsus priborlar bilan yaxshi jihozlanmaganligi qidiruv ishlarini zamonaviy usul va texnologiyalar asosida o‘tkazish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
Geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirish, amalga oshirish va ularning bajarilishini monitoring qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish, ularni foydali qazilmalar zaxiralarini o‘stirishga, ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni jadal tatbiq etishga yo‘naltirish, tarmoq uchun kadrlar tayyorlash darajasini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar geologiya tarmog‘ini isloh qilishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
eng avvalo uglevodorod xomashyosi, qimmatbaho, rangli, kamyob yer metallar va uranni, shuningdek yer osti chuchuk va mineral suvlarni qidirish hamda razvedka qilish samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan geologiya-qidiruv ishlarining tashkiliy tuzilmasini, boshqaruv va prognoz qilish tizimini tubdan takomillashtirish;
yer qa’ridan samarali foydalanish va mineral xomashyo qazib chiqarish talablarini hisobga olgan holda foydali qazilmalar geologik zaxiralarini chuqur tahlil etish, ularni prognoz qilishning zamonaviy texnologiyalari va ilg‘or usullarini keng qo‘llash asosida geologiyaga oid axborotlarning xolisligi va haqqoniyligini oshirish;
geologiya-qidiruv ishlari samaradorligiga baho berish asosida bu ishlarni moliyalashtirish hamda tarmoqning pirovard natijalariga foydali qazilmalarning sanoat zaxiralari o‘sishiga qarab rag‘batlantirishning zamonaviy usullarini joriy etish;
tarmoq korxonalarini tubdan modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash;
geologiya sohasida malakali kadrlar tayyorlashni takomillashtirish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda Davlat mulki qo‘mitasining:
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tarkibida “Nodir va rangli metallar geologiyasi”, “Uran va kamyob yer metallari geologiyasi” hamda “Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil qilish;
1-ilovaga muvofiq Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
3. Belgilansinki, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tarkibida tashkil etiladigan ilmiy-ishlab chiqarish markazlari geologiya-qidiruv ishlarining muayyan yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtiriladi va mineral xomashyoning strategik turlarini kompleks ravishda, tizimli tadqiq etish, qidirish, baho berish va razvedka qilish uchun ilmiy va ishlab chiqarish bo‘linmalarini o‘z tarkibida birlashtiradi.
Quyidagilar yangi tashkil etiladigan ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
istiqbolli hududlarni aniqlash va ularning geologik potensialini baholash;
geologiya-qidiruv ishlarining zamonaviy usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan dasturlarga muvofiq istiqbolli maydonlardagi geologiya ishlarini muvofiqlashtirish;
geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish dasturlarining pudrat korxonalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish, ish uslubiyati va yo‘nalishlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida, shuningdek obyektlarning istiqbolli ekanligi tasdiqlanmaganida ishlarni to‘xtatib turish haqida takliflar kiritish.
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur qarorda belgilangan geologiya sohasini isloh qilishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi yangilangan nizomni tasdiqlasin.
6. 2007—2010-yillarda geologiya-qidiruv ishlariga ilm-fanga asoslangan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni tatbiq etish Dasturi, shuningdek Davlat geologiya qo‘mitasi tizimidagi korxona va tashkilotlarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash chora-tadbirlari 4, 4a-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Dasturda tasdiqlangan vazifalarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi va ularning zarur moliyaviy manbalar bilan mustahkamlanishini ta’minlasin.
* 4 va 4a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
7. Belgilansinki:
geologiya-qidiruv ishlarining o‘rta muddatli (3 yilgacha davrga) va uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga) dasturlari Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
geologiya-qidiruv ishlarining har yillik dasturlari Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda geologiya-qidiruv ishlarining tasdiqlangan o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini amalga oshirish doirasida tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi ikki oy muddatda Davlat geologiya qo‘mitasi tizimi bo‘yicha geologiya qidiruv-ishlarining har yillik dasturlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
8. Quyidagilar 2011-yilning 1-yanvarigacha, bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari bojxona to‘lovlaridan ozod etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har yili tasdiqlaydigan ro‘yxatlar bo‘yicha Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan olib kelinadigan uskunalar va avtotransport vositalari, materiallar, shuningdek uskunalar uchun ehtiyot qismlar;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi va “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan kosmik suratga olish materiallari, uskunalar va ularga ishlov berish uchun dastur ta’minoti.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
geologiya mutaxassisliklariga nisbatan qo‘yiladigan zamonaviy talablardan kelib chiqib, mazkur mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv rejalari va ta’lim jarayoni dasturlarini tubdan takomillashtirish;
fakultetlarning professor-o‘qituvchilar tarkibidan geologiya va burg‘ulash yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish va malakani o‘zgartirish, shuningdek kamyob yer metallari geologiyasi sohasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash uchun kadrlarni yetakchi xorijiy oliy o‘quv muassasalariga yuborish;
Toshkent viloyatidagi Oqsoqota va Burchmulla ixtisoslashtirilgan o‘quv geologiya poligonlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash;
geologiya sohasi korxonalarining fakultetlarini zarur o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondi bilan jihozlashda homiylik yordamini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin, tasdiqlasin va 2007-2008 o‘quv yili mobaynida amalga oshirishni ta’minlasin.
10. Navoiy viloyati hokimligi bir oy muddatda Davlat geologiya qo‘mitasining bazaviy posyolkalarini joriy holati bo‘yicha kommunal infratuzilmasi bilan birga 5-ilovaga* muvofiq balansga qabul qilsin.
“O‘zbekenergo” DAK Davlat geologiya qo‘mitasining bazaviy posyolkalarini elektrenergiya bilan ta’minlaydigan past voltli elektr uzatish liniyalarini joriy holati bo‘yicha o‘z balansiga olsin.
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-martdagi 139-sonli qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek mazkur qarorning 1 va 2-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.