6
xo‘jaligining ulushi 8,3 foiz, qishloq xo‘jaligida bandlik 4 foizga teng bo‘lgan,
Rossiyada YaIMda qishloq xo‘jaligining ulushi 5 foiz, qishloq xo‘jaligida bandlik
10 foizga teng bo‘lgan, Polshada YaIMda qishloq xo‘jaligining ulushi 3 foiz, qishloq
xo‘jaligida bandlik 18 foizga teng bo‘lgan.
Rivojlangan davlatlar qishloq xo‘jaligida fermer xo‘jaliklarini rivojlanish
xususiyatlari:
•
agrar islohotlarning to‘g‘ri olib borilishi;
•
fermer xo‘jaliklarida fan-texnika
yutuqlaridan keng foydalanish;
•
yuksak darajadagi intensivlik, uning natijasida ishlab chiqarishni keng
miqyosda mexanizatsiyalashganligi, avtomatlashtirilganligi va elektrlashtirilganligi;
•
fermer xo‘jaliklariga davlat tomonidan subsidiyalarning ajratilishi;
•
fermer
xo‘jaliklarida
yetishtirilgan
mahsulotlar
eksportining
rivojlanganligi;
•
femer xo‘jaliklarini tor doirada ixtisoslashganligi (mexanizatsiyaning
yuksak darajadaligi fan yutuqlaridan keng foydalanish);
•
fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini
saqlash, sotish, qayta ishlash tizimini rivojlanganligi;
•
fermer xo‘jaliklarida agrotexnikaning rivojlanganligi, tuproq unumdorligi
oshib borishi, ekinlar hosildorligining yuqorligi;
•
fermer xo‘jaliklarida bandlik darajasini pastligi, mehnat unumdorligining
yuqoriligi va boshqalar.
Rivojlangan davlatlar qishloq xo‘jaligining fermer xo‘jaliklari yuqori
xususiyatlar natijasida jahon qishloq xo‘jaligida yuqori mavqyeni egallamoqda.
Rivojlangan mamlakatlar fermer xo‘jaliklarida
iqtisodiy munosabatlar
murakkablashuvi, davlat tomonidan qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash,
rag‘batlantirishni kengayishi qishloq xo‘jaligini va unda fermer xo‘jaliklarining
taraqqiyotini keskin ravishda tezlashishiga sabab bo‘lgan.
Rivojlangan davlatlar qishloq xo‘jaligida fermerlik harakatining rivojlanishi
qishloq aholisining ongu tafakkuri, dunyoqarashi, ishga,
hayotga munosabatini
butunlay o‘zgartirib, o‘z kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini
mustahkamlagan, ularniig siyosiy, huquqiy, ma'daniy saviyasi va ijtimoiy faolligini
oshirgan.
Rivojlangan mamlakatlarda tovar mahsulot yetkazib beradigan asosiy fermer
xo‘jaliklari quyidagi shakllarda rivojlanmoqda:
fabrika-fermalar industrial turdagi yirik ixtisoslashgan yirik xo‘jaliklar
bo‘lib, chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda texnologik davrning barcha
jarayonlarini (mollarni va parrandalarni
semirtirib boqish, so‘yish va hokazo)
bajaradi;
agrokomplekslar ham industrial turdagi yirik xo‘jaliklar sirasiga kiradi,
ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini qamrab oladi. Bu davrdagi ayrim
jarayonlar xo‘jalikning tegishli tarmoqlarida
bajariladi;
yirik oilaviy fermer xo‘jaliklari.
Do'stlaringiz bilan baham: