Xalqaro mehnat taqsimoti (geografik) - Xalqaro ixtisoslashuv va xalqaro
ishlab chiqarish kooperatsiyasi xalqaro mehnat taqsimotning mazmun mohiyatini,
shakllarini amalga oshirishni belgilovchi mezonlardir.
Jahon xo’jaligini rivojlantirish uchun birinchi navbatda ishlab chiqarishda
mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishda samaradorlikni ko’tarish,
Shuningdek ishlab chiqarishda harajatlarni kamaytirishga intilish zarur. Xalqaro
mehnat taqsimotini rivojlanishi jarayonida asosiy narsa, bu shu jarayonning har bir
ishtirokchisi o’zining XMTdagi ishtirokidan iqtisodiy foyda qidirishi va topishidir.
Har qanday davlatning xalqaro almashu v jarayonida xalqaro mehnat
taqsimotining ustunliklarini amalga oshirishi – birinchidan, eksport qilinayotgan
tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlaridagi farqni olish; ikkinchidan,
arzonroq bo’lgan importdan foydalanib, milliy ishlab chiqarishdan voz kechgan
holda ichki harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Xullas, XX-XXI asrlar bo’sag’asida jahonda misli ko’rilmagan iqtisodiy,
siyosiy, ijtimoiy jarayonlar ro’y bergan bo’lib, ular albatta xalqaro mehnat
taqsimotini rivojlanishiga o’zining sezilarli ta’sirini ko’rsatgan.
Xalqaro mehnat taqsimoti uch asosiy tiplar bo’yicha amalga oshirilishi
mumkin va bular ishlab chiqarish kuchlari tegishli rivojlanish bosqichlarini aks
ettiradi: umumiy, xususiy va yakka tartibda.
Umumiy tipdagi xalqaro mehnat taqsimoti, ya’ni ishlab chiqarish sohalari
bo’yicha (qazib olish, qayta ishlash, sanoat, qishloq xo’jaligi) ko’proq xo’jalikni
ekstensiv rivojlanish davriga xos va eng avvalo tabiiy, ishlab chiqarishning tabiiy –
geografik sharoitlari bilan bog’liq.
Xususiy tipdagi xalqaro mehnat taqsimoti ma’lum sohalar, ularning
tarmoqlari va ishlab chiqarish turlarida xalqaro ixtisoslashuvni taqozo etadi. Bunda
almashu vning internatsionallashuvi paydo bo’ladi va kengayadi, savdo o’sishi
tezlashadi.
Yakka tartibdagi xalqaro mehnat taqsimoti alohida operatsiyalar (detallar,
uzellar, agregatlar) va texnologik stadiyalarga ixtisoslashuvni taqozo qiladi. Bu
sharoitda bozor hajmi o’sadi. Jahon savdosi o’zish sur’atida rivojlanadi (ishlab
chiqarishga taqqoslanganda). Shuning uchun ham xalqaro savdoda komplektlovchi
kooperatsiya tartibida, shu jumladan, trans milliy korporatsiya doirasida
(TMK)1/2 dan ko’proq mahsulot tovar almashinuvi qayta ishlash sanoatiga to’g’ri
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |