206
- iqtisodiy geografik o’rin turli bosqichli (mikro, mezo va makro o’rin) va
har xil tarkibiy qismlarga ega (gidrogeografik, antropogeografik, transport-
geografik o’rin va h.k.) ;
- iqtisodiy geografik o’rin davlat darajasida ko’rilganda u siyosiy mazmunga,
ya’ni siyosiy geografik o’rin ma’nosini oladi.
Qator misollarga murojat qilaylik: Toshkent viloyatidagi Bekobod shahrida
respublikamizda yagona qora metalllurgiya korxonasi qurilgan. Nima uchun ushbu
korxona aynan shu shaharda joylashtirilgan? Sababi-Bekobodning iqtisodiy
geografik o’rin qulay: u Toshkent, Mirzacho’l, hamda Farg’ona iqtisodiy
rayonlariga yaqin joylashgan; shahar yaqinida Farxod GES, qurilish bazasi-
tsement zavodi ham mavjud; korxona mahsuloti asosan Toshkent sanoati uchun
kerak.
Nima sababdan Chust, Nurota, G’ijduvon, Xiva, Shaxrisabz kabi shaharlar
juda qadimiy, boy tarixga ega bo’lishiga qaramasdan hamon katta markaz emas,
yaqindagina vujudga kelgan Navoiy esa tez orada katta shaharlar qatoriga kirdi?
Bu savolga ham javobini ko’proq ularning iqtisodiy geografik o’rnidan qidirish
kerak.
Yer yuzidagi aksariyat yirik shaharlar ularning qulay geografik o’rin orqali
mashhurdir. Masalan, Stambul, Singapur, Aleksandriya, Volgograd, Novosibirsk,
Shanxay, Sankt-Peterburg, London, Rim, Rio-de-Janeyro va h.k.
Jahon geosiyosiy xaritasida va hamjamiyatida Britaniya, Yaponiya, AQSh
kabi davlatlarining yuqori darajada taraqqiy ekanligi va, ayni vaqtda, Afg’oniston,
Nepal, Butanga o’xshash mamlakatlarning nisbatan sust rivojlanganligini,
qoloqligi ko’p jihatdan ularning geografik o’rni bilan izohlanadi. O’zimizning
vatanimiz O’zbekiston bir vaqtlar Buyuk ipak yo’lida, katta karvon yo’lida
joylashtirilganda juda qulay geografik mavqega ega. Keyinchalik jahon madaniyati
va savdosida degiz hamda okeanlar ahamiyatining oshishi natijasida bu qulaylik
o’z kuchini yo’qotdi. Hozirgi kunda esa yurtimiz iqtisodiy geografik o’rnini yana
yaxshilashga katta e’tibor berilmoqda.
Iqtisodiy geografik o’rin katta harbiy va siyosiy mazmunga ega. Bunga misol
qilib, Ikkinchi jahon urushida Gitler qo’shinlarining Moskva va Staliningradga jon-
jahdi bilan hujumi yoki Misr Arab Respublikasidagi Aleksandriyadagi bo’lgan
janglarni keltirish mumkin. B. Napoleon: “Agar Kievni olsam Rossiyani oyog’idan
ushlayman, Peterburgni zabt etsam uni bo’g’izlayman, Moskvani egallasam
Rossiyaning yuragini majoqlayman” degan edi. Mashhur rus olimi N.N.Baranskiy
“Dnepr Rossiyani O’rta dengiz mamlakatiga Volga esa uni Osiyo malakatiga
aylantiradi”, deb yozgan edi.
O’zbekiston Respublikasining geosiyosiy va geostategik mavqeiga, uni
yaxshilash va undan samarali foydalanish masalalariga mamlakat Prezidenti
I.Karimov o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli kitobida katta ahamiyat
berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: