Geografiyasi



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

Aholi 
migratsiyasi. 
Migratsiya 
–  lotincha  ko’chaman,  joyimni 
o’zgartiraman  degan  ma’noni  bildiradi  va  aholining  joylashishi  qayta 
taqsimlanishi, tarkibi va soniga ta’sir ko’rsatadi. Migratsiya jarayonlari xarakteriga 


207 
 
ko’ra  ichki,  tashqi  (mamlakatlararo)  va  ishchi  migratsiyalariga  ITI  sharoitida  esa 
“aql  oqimi”  yo’nalishiga  bo’linadi.  Migratsiya  jarayonlarining  bosh  sabablari  - 
iqtisodiy,  siyosiy,  etnik,  demografik,  madaniy,  diniy  va  boshqalar  bo’lishi 
mumkin. 
Migratsiya jarayoni aholi hududiy harakatining asosiy turi bo’lib, inson bilan 
tabiat  o’rtasidagi  aloqadorlik  vujudga  kelgandan  buyon  shakllanib,  rivojlanib 
kelmoqda. Aholi migratsiyasi buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab keng 
miqyosda amalga oshmoqda. Migratsiya tashqi va ichki migratsiyaga taqsimlanadi. 
Mamlakatlar aholisining soni va tarkibiga bo’ladigan ta’siri nuqtai nazardan tashqi 
migratsiyalarning  ahamiyati  beqiyosdir.  Tashqi  migratsiya  katta  hajmga  ega 
mamlakatlarda,  uning  aholi  soni  va  tarkibiga  bo’lgan  ta’siri  sezilarli  oqibatlarga 
olib  kelishi  mumkin.  AQSh,  Kanada,  Avstraliya  va  boshqa  qator  mamlakatlar 
tarixda  migratsiya  salьdosining  ahamiyati  tabiiy  o’sishi,  jumladan  ustun  bo’lgan 
ayrim  davrlar  kuzatishganligini  ta’kidlab  o’tish  joizdir.  Hozirgi  vaqtda  ham 
mazkur  mamlakatlarda  migratsiya  salьdosi  aholi  sonining  o’sishida  muhim  omil 
bo’lib  hisoblanadi.  Isroil  davlatida  esa  migratsiya  salьdosi  aholi  soni  o’sishining 
deyarli  2/3  qismini  ta’minlamoqda.  Yuqoridagi  mamlkatlar  aholining  ko’chib 
kelishi  bo’yicha  yetakchi  hisoblansa,  qator  boshqa  mamlakatlar,  chunonchi, 
Irlandiya  aholisining  ko’chib  kelishi  bo’yicha  dunyoda  mashhur  bo’lib  qolgan. 
Tashqi  migratsiyalar  o’zlarining  xususiyatlari,  sabablari,  hududiy  qamrovi  davom 
etishi  bo’yicha  bir-biridan  farq  qiladi.  Migratsiya  xususiyatlari  to’g’risida  so’z 
yuritganda,  avvalom  bor,  xohishiga  ko’ra  va  majburiy  migratsiyalar  nazarda 
tutiladi. Tashqi migratsiya asosan iqtisodiy sabablar bilan bog’langan. Bunda yangi 
yerlarni  o’zlashtirish  maqsadida  hamda  ishchi  kuchini  shartnomalar  bo’yicha 
boshqa  mamlakatlarga  yuborish  bilan  bog’liq  migratsiyalar  katta  rolь 
o’ynaganligini ta’kidlab o’tish joizdir. Hududiy qamroviga qarab materiklarga va 
materik  ichidagi  migratsiyalarni  ajratish  qabul  qilingan.  Hozirgi  vaqtda  ikkinchi 
turdagi  migratsiyalar  asosiy  ahamiyat  kasb  etadi.  Davom  etishi  bo’yicha  doimiy 
vaqtinchalik  va mavsumiy migratsiya turlari mavjud. Shartnoma asosida amalaga 
oshirilayotgan  migratsiyalar  vaqtinchalik  migratsiyalar  deb  ataladi.  Doimiy 
migratsiyalar  uy  joyi  va  ish  joyining  tamomila  o’zgarishi  bilan  bog’liq  aholi 
ko’chishlari bilan bog’liq bo’lib, u migratsiyalar ichida asosiy o’rin egallaydi.  
Insoniyat  xo’jalik  va  ijtimoiy-madaniy  faoliyatida  ro’y  berayotgan 
internatsionallashuv 
va 
demokratsiyalashuv 
jarayonlari, 
Shuningdek, 
mamlakatlararo,  millatlararo  ayrim  ziddiyatlar,  to’qnashuvlar,  favqulodda 
vaziyatlar va tabiiy ofatlar oqibatida aholi hamda mehnat resurslarining mamlakat 
ichida  mamlakatlararo  keng  miqyosda  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko’chib  yurishi 
ro’y  beradi.  Bular  bir  tomndan,  jahon  tsivilizatsiyalash  va  xalqaro  mehnat 
bozorlari,  turar  joy  va  ish  joy  tashlash  uchun  yaratib  bergan  huquq  va 
imkoniyatlaridan foydalanuvchi ko’pchilik migratsiyalardan iborat bo’lsa, ikkinchi 
tomondan,  o’z  xohishi  bilan  emas,  balki  sharoit  taqozasi  bilan  tug’ilib  o’sgan 
joyini  tashlab  ketishga  majbur  bo’lgan  qochoqlar  hamda  zo’raki  migrantlardan 
iboratdir.  Ayrim  tarixiy  yerlarda  migrantlar  oqimining  ko’lami  hamda  ahvolining 
murakkabligini  juda  katta  muammolarni  yuzaga  keltiradi.  Bu  muammolarni 
yechish esa keng miqyosda xalqaro hamkorlikni taqozo etadi.  


208 
 
Aholi va mehnat resurslarining mamlakatlararo migratsiyalash ishchi kuchini 
qabul  qiluvchi  va  uni  chetga  chiqaruvchi  mamlakatlarning  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
taraqqiyotda  darajalarida  hamda  aholining  tabiiy  o’sish  sur’atlarida  anchagina 
tavofutlar  mavjud  bo’lgan  chog’da  ro’y  beradi.  AQSh,  Kanada,  Avstraliya  kabi 
yuqori  darajada  rivojlangan  mamlakatlar,  G’arbiy  Yevropa  mamlakatlarning 
ko’pchiligi  Shuningdek,  neftdan  katta  daromad  olib,  iqtisodiyoti  tez 
rivojlanayotgan  mamlakatlar  (Saudiya  Arabistoni,  Bahrayn,  Quvayt,  BAA  va 
boshq.) immigratsiyalash geografik markazlari hisoblanadi. 
U  bir  davlatning  mintaqalari  o’rtasida  ro’y  beradigan  ishchi  kuchi 
migratsiyalashda  va  bir  necha  mamlakatlarni  qamrab  oladigan  tashqi 
migratsiyadan iborat. Xalqaro iqtisodiyot fani tashqi migratsiya va uning sabablari 
bilan  shu  g’ullanadi.  Xalqaro  migratsiya  muammolarini  o’rganishda  duch 
keladigan asosiy tushunchalar quyidagilardan iborat: 
-  ishchi  kuchi  migratsiyasi  mehnatga  layoqatli  aholining  bir  davlatdan 
ikkinchi  bir  davlatga,  bir  yildan  ko’proq  muddat  bilan  ko’chib  o’tishi,  buning 
iqtisodiy va boshqa sabablari bo’lishi mumkin; 
-immigratsiya – mehnatga layoqatli aholining biron bir mamlakatga chetdan 
kirib kelishi; 
-emmigratsiya  –  mehnatga  layoqatli  aholining  bir  davlatdan  ikkinchi  bir 
davlatga chiqib ketishi; 
-migratsiya saldosi – mamlakatda bo’ladigan immigratsiya va emmigratsiya 
o’rtasidagi farq; 
-aqliy talofat – yuqori malakali kadrlarning xalqaro migratsiyasi; 
-reemigratsiya  –  emmigrantlarning turg’un turish uchun o’z  vataniga  qaytib 
kelishi; 
-tashqi migratsiya – agar aholi ikki davlat o’rtasida ko’chib yursa; 
-ichki  migratsiya  –  bir  davlat  doirasida  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko’chib 
yursa; 
-mavsumiy ishlar bilan bog’liq migratsiya mavsumiy migratsiyadir. 
Tashqi  migratsiyaning  asosiy  sabablari  iqtisodiy  qiyinchilik,  siyosiy 
beqarorlik,  milliy-diniy  nizo  va  urushlardir.  Ichki  migratsiyaning  sabablari  ham 
shunga  o’xshab  ketadi  va  quyidagilardan  iborat:  iqtisodiy  qiyinchilik,  mavsumiy 
ish, milliy nizolar, urushlar va boshqalar.  
Aholining  bir  davlatdan  ikkinchi  bir  davlatga  va  bir  davlatning  ichida  bir 
joydan  ikkinchi  bir  joyga  ko’chib  yurishini  boshqarish  migratsiya  oqimi  deb 
ataladi. Migratsiya oqimi mamlakat yoki rayonlar aholisining soniga sezilarli ta’sir 
etishi  mumkin.  Insoniyat  tarixi  davomida  juda  ko’p  ommaviy  tashqi  va  ichki 
migratsiyalar  sodir  bo’lgan.  Buyuk  geografik  kashfiyotlardan  keyin  asosiy 
migratsiya oqimi Amerika, Avstraliya va boshqa yangi kashf qilingan yerlar tomon 
bo’lgan.  Ommaviy  ichki  migratsiya  davlat  dasturi  asosida  amalga  oshiriladi 
Masalan, Mirzacho’lning Qozog’iston qo’riq yerlarining o’zlashtirilishi va h.k.  
Xalqaro  ishchi  kuchi  migratsiyasi  bundan  bir  necha  yuz  yil  ilgari  paydo 
bo’lgan  va  shundan  buyon  bu  borada  jiddiy  o’zgarishlar  ro’y  berdi.  Xalqaro 
migratsiya  muammolari  60-yillarning  oxirida  iqtisodiy  rivojlanish  bilan  bog’liq 
faol  o’rganishni  boshladi.  Natijada  asosan  shunday  xulosaga  keldiki,  ishchi 


209 
 
kuchining  xalqaro  harakati  ishlab  chiqarish  omillaridan  biri  sifatida  iqtisodiy 
rivojlanishi sur’atlariga ta’sir qiladi, bu harakatning sababi esa turli mamlakatlarda, 
mehnatga  haq  to’lash  darajasi  turlicha  ekanligidan  iborat.  Har  bir  kishi  o’z 
mehnatining  eng  so’nggi  samarasini  oladi  va  iste’mol  qiladi  degan  aqidaga 
asoslanuvchi  neoklassik  nazariya  tarafdorlarining  emmigratsiya  qabul  qiluvchi 
mamlakat farovonligini oshirishga xizmat qiladi, ayni bir paytda emmigratsiyaning 
asl  vatani  bo’lgan  davlatda  iqtisodiy  rivojlanish  saqlanib  qoladi  yoki  hech 
bo’lmasa pasaymaydi.  
Neoklassik  tarafdorlari  ishchi  kuchini,  ayniqsa,  yuqori  malakali  xodimlarni 
eksport  qiluvchi  mamlakatda  migratsiya  mumkinligini  e’tirof  etishadi.  Shu  
munosabat bilan “aqliy talofot”ga soliq solish va undan keladigan daromadni BMT 
ixtiyoriga  o’tkazib,  ulardan  rivojlanish  maqsadlarida  foydalanish  g’oyasi  keng 
muhokama  etildi.  Keyingi  yillarda  jamlashishga    mamlakat  iqtisodiy 
rivojlanishning  muhim  omili  sifatida  qarashlik  ustun  kela  boshladi.  Jamlangan 
inson  potentsiali  iqtisodiy  taraqqiyotning  muhim  omili  jamligidan  kelib  chiqilsa, 
xalqaro  mamlakatlar  o’rtasida  iqtisodiy  rivojlanish  borasidagi  sur’atlar  necha  xil 
ekanligining sabablaridan biri deb hisoblasak kerak bo’ladi.  

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish