Mehnat taqsimoti – bu tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimidir. U
jamiyat rivojlanishi jarayonida faoliyatning sifat jihatdan differentsiatsiyasi
natijasida kelib chiqadi.
Hududiy mehnat taqsimoti jamiyat taraqqiyotida mehnat faoliyatining sifat
jihatidan tabaqalanish jarayonini ifodalaydi va ishlab chiqarish kuchlari
rivojlanishiga kuchli turtki beradi. Mehnat taqsimoti mohiyatiga ko’ra ikkiga
bo’linadi, ya’ni a) butun jamiyat miqyosida va b) ishlab chiqarishni tashkil
etishning turli shakllaridagi ichki mehnat taqsimotidir. Mehnat taqsimotining bu
ikki turi o’zaro aloqadorlikda bo’lib, bir-biri bilan chambarchas bog’langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |