Mehnat resurslari va ulardan foydalanish. Mehnat resurslari asosini
mehnat yoshidagi aholi tashkil etadi. Mehnat yoshi-ya’ni mehnatga qobiliyatli
yosh insonning ijtimoiy ishlab chiqarishda qatanashishiga bog’liq bo’lgan yosh
shartli yosh chegarasi O’zbekistonda mehnat yoshi erkaklar uchun 16-60 ayollar
uchun esa 16-55 yosh hisoblanadi. Mehnat yoshidagi aholi soni tug’ilish, o’lim va
migratsiya jarayoniga bog’liqdir.
Shahar va qishloq hududlarida mehnat yoshidagi aholi dinamikasi yosh va
jinsiy tarkibi o’ziga xos xususiyatlariga egadir. Mehnat yoshidagi aholini mehnat
resurslari nuqtai nazaridan o’rganilganda 2 guruhga ajratiladi:
-40 yoshgacha bo’lgan mehnat yoshidagi aholi.
-40 yoshdan keyingi mehnat yoshi guruhi.
Ushbu yosh guruhlari ishlab chiqarishda qatnashishi darajasi mehnatning
samaradorligi o’z kasbidagi malakasi bilan o’zaro farq qiladi. «Mehnat yoshi»
tushunchasini aholishu nos olim B.Urlanis tomonidan fanga kiritilgan.
Mehnat resurslari-aholining kerakli fiziologik rivojlanishiga, aqliy
qobiliyatga ega bo’lgan va halq xo’jaligida band bo’lgan qismi mehnat resurslari
deyiladi. Mehnat resurslari soni jonli mehnatning mavjud imkoniyatini ifodalaydi.
Mehnat resurslari jamiyat bag’rida ham miqdor ham sifat jihatdan rivojlanib
boradi.
Mehnat resurslarining miqdoriy rivojlanishi aholining tabiiy o’sishi va
migratsion xarakatiga bog’liqdir.
Mehnat resurslarining sifatiy taraqqiyoti esa jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot darajasiga, davlatning aholi ishga bandligi bo’yicha olib borayotgan
siyosatiga bog’liqdir.
Mehnat resurslaridan foydalanishda uning balansi ahamiyatlidir.
Har bir mavjud davrda mehnat resurslari bandlik sferalari bo’yicha
bo’linadi. Bu sferalar ijtimoiy mehnat (davlat tashkilotlarida muassasalarida va
korxonalarda jamoatchilik tashkilotlarida) shaxsiy mehnat (uy xo’jaligi shaxsiy
xo’jalik) va bilim olish(ishlab chiqarishdan ajralgan holda bilim oladigan o’quv
muassasalari) va qurolli kuchlar sferalardir.
Iqtisodiyotda davlat sektori rolining oshib borishi jamiyatda ishchi va
xizmatchilarni ko’payishiga olib keladi.
78
Aholining yuqori darajadagi ijtimoiy ishlab chiqarishda bandligi, mehnat
resurslarining sekin tabiiy ko’payishi sharoitida, mehnat resurslaridan effektiv
foydalanish masalasini qo’yadi.
Mehnat resurslarining shakllanishi, ularning xalq xo’jaligi sohalari bo’yicha
tayyorlash va mehnat resurslaridan foydalanish juda ko’p sotsial muammolarni xal
etishni talab etadi.
Aholi tarkibida mehnat resurslari salmog’ining muntazam ko’payib yoki
kamayib borishining ham ijobiy ham salbiy oqibatlari, ularni xal etuvchi
muammolari mavjud.
Har bir korxona muassasasi va tashkilotlarida mehnat resurslaridan effektiv
foydalanishga erishish uchun ular bilan korxona rahbariyati o’rtasidagi ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlari me’yori buzilmasligi har ikkala tomon talablari ham
e’tibordan chetda qolmasligi lozimdir.
Mehnat resurslari tarkibi asosan uch qismdan iboratdir:
1. Mehnat yoshidagi aholi.
2. Ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashayotgan o’smirlar.
3. Ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashayotgan nafaqaxo’rlar (qariyalar).
Mehnat resurslarini sotsiologik nuqtai nazardan o’rganishga mehnat
resurslari shakllanishi, ulardan foydalanish, ularga bo’lgan talab, mehnat
resurslarining ish joyidagi ko’nimsizlik sabablari ularning sifatiy taraqqiyoti bilan
bog’liq qator sotsial omillarga e’tiborni qaratish lozim.
Mehnat resurslarini sotsial-iqtisodiy nuqtai nazardan o’rganishda birinchi
navbatda quyidagi jarayonlarga e’tibor berilishi lozim:
1.Aholini ijtimoiy ishlab chiqarishda band aholiga (ishlovchilarga) va
ijtimoiy ishlab ishlab chiqarishda band bo’lmagan aholiga (ishlamaydiganlarga)
taqsimlanishi.
2.Ishchilarning ijtimoiy ishlab chiqarish sohalari bo’yicha taqsimlanishi
(moddiy ne’matlar ishlab chiqarish sohalari, moddiy ne’matlar ishlab
chiqarmaydigan sohalar.
3.Ishchilarning aqliy va jismoniy mehnatlar bilan bog’liqligi.
4.Ishchilarning umumta’lim va kasb-hunar malakalarga tayyorlash darajasini
oshib borishi yuqorida keltirilgan jarayonlarni o’rganish mehnat resurslaridan
samarali foydalanishni, halq xo’jaligining har bir sohalarini ishchi kuchi bilan
muntazam ta’minlab borishi imkoniyatini yaratadi. Mehnat resurslarining
shakllanishi dunyo davlatlari bo’yicha, turli mavqega, xususiyatlarga egadir. Bu
borada har bir xududning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik imkoniyatlari asosiy
omil bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekistonda mehnat yoshidagi aholi salmog’ining yuqoriligi, mehnat
resurslarini muntazam ko’payib borishini ta’minlaydi.
Hozir respublika qudratli mehnat salohiyatiga ega. Mehnat zahiralari bugun
aholining deyarli 50 % tashkil etadi va har yili 210-220 ming kishiga ko’payib
boroqda.
Mehnat salohiyatining muhim xususiyati uning yosh va kasb tarkibidir.
O’zbekiston aholisining o’rtacha yoshi 24 yoshga teng. Bu XXI asr bo’sag’asida
79
mehnat zahiralari yuksak mehnat faolligi kasb tayyorgarligi bilan ajralib turadigan
odamlar ko’pchilikni tashkil etishiga imkon beradi.
Ish bilan band bo’lgan aholini tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash hamda
mehnatga layoqatli yoshlarni faoliyatining yangi ilg’or tarmoqlari va sohalariga
jalb qilish ham mehnat salohiyatidan samarali foydalanishning qudratli zahirasidir.
Hozir qishloq xo’jaligida barcha ijtimoiy ishlab chiqarish xodimlarining uchdan bir
qismidan ko’prog’i band.
Mehnat zahiralarining umumiy va professional ta’lim darajasi yuqoridir.
Respublikada majburiy umumiy o’rta ta’lim qonun yo’li bilan mustahkamlab
qo’yilgan. Bunday ta’limni umumiy (majburiy) ta’lim maktablari, litseylar,
gimnaziyalar, o’rta kasb-hunar o’quv yurtlari va tijorat maktablarining keng
tarmog’i orqali olish mumkin. Bu borada qiziqarli va namunali statistika mavjud.
15 va undan katta yoshdagi har 1000 kishiga hisoblaganda, oliy va to’liqsiz oliy
ma’lumotlar soni ancha ortdi. Hozirgi vaqtda u 143 kishini tashkil etadi. Shu bilan
birga ta’lim olish 11,4 yilga yetdi. Har 1000 kishining 200 nafari o’rta maxsus
ma’lumotli mutaxassislardir. Moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
sohasida band bo’lgan to’rt kishining bittasi oliy yoki o’rta maxsus ma’lumotiga
ega. Ya’ni hozir bilim darajasi jihatidan respublika haqli suratda o’qimishli
mamlakatlar qatoriga kiradi.
Mehnat resurslarini sotsial tahlil etishda aholi sonining, o’sib borishi, uning
xududiy xarakati, mehnat resurslarining sotsial-demografik tarkibini bilish muhim
vazifalardan hisoblanadi.
Mehnatga layoqatli aholi yoki «mehnat resurslari» 2 murakkab sistemasi-
aholi bilan ishlab chiqarishni bir butun qilib birlashtiradi. Mehnat resurslari-bu
jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi, ijtimoiy ishlab chiqarishning eng
muhim komponentdir.
Mehnat resurslarining soni, tadrijiy o’zgarishi professional tayyorgarligi va
joylashishi butun mamlakat miqyosida va ayniqsa regionlar doirasida ishlab
chiqarishning ixtisoslashishi va hududiy tashkil etishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Halq xo’jaligining muhim programmalarini amalga oshirish zarurati esa kadrlar
tayyorlash, ularni ishlab chiqarish tarmoqlari va ayrim hududlar o’rtasida qayta
taqsimlashga qaratilgan davlat siyosati yurgizishni taqozo etadi, bu esa aholi tizimi
va geografiyasida o’z aksini topadi.
Mehnatga layoqatli yosh chegaralari, davlat tomonidan ko’p omillarni shu
jumladan har xil yoshdagi odamlarning o’z sog’lig’iga putur yetkazmasdan mehnat
qilish qobiliyatini davlatning ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojini mamlakatdagi
yoshlarning majburiy o’rta zarurligi va boshqalarni hisobga olgan holda
belgilanadi.
Mehnat resurslari-bu faqat potentsial ishchi kuchi bo’lib, bu kuchdan jamiyat
o’z imkoniyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda turli darajada har tomonlama
va samaradorlik bilan foydalanshi mumkin. Mehnat resurslarini boshqarish,
ularning tarkib topishi va ulardan foydalanish jarayonlarini o’zaro bog’liq holda
rejalashtrish asosida amalga oshiriladi. Mehnat resurslarining vujudga kelish-bu
ularning miqdor va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha rivojlanish jarayonidir. Mehnat
resurslarining o’sishi birinchi navbatda, mamlakatdagi demografik vaziyatga
80
hamda aholi va ayniqsa mehnatga layoqatli yoshga o’tayotgan kishilar sonining
tadrijiy o’sishiga bog’liq.
Mehnat resurslarining tadrijiy o’sishi mehnatga layoqatli yoshga yetgan va
shu kategoriyadan chiqib ketayotgan kishilar sonining nisbatiga bog’liq. Aholi
yuqori sur’atlar bilan o’sganda va uning absolyut ko’payishi ro’y berganda
mehnatga layoqatli yoshga o’tayotgan kishilarning miqdori har bir keyingi yilda
mehnat resurslarining tabiiy kamayishidan sezilarli darajada ortiq bo’ladi, natijada
mehnat resurslarining soni ko’payadi, aholi past sur’atlar bilan o’sganda esa
buning teskarisi bo’ladi.
Mehnat resurslaridan foydalanish ikkita asosiy talabga mehnatning yuqori
samaradorligi va mehnatga layoqatli aholining to’liq bandligiga erishishni ko’zda
tutadi. Mehnat resurslaridan samarali foydalanishning asosiy mezoni-ijtimoiy
mehnat unumdorligi va uning o’sish sur’atlaridir.
Mehnat unumdorligi ko’p sabablarga ishlab chiqarishning texnika bilan
jihozlanganligi va mehnatga to’g’ri tashkil qilishiga, ishchilarning malakasiga ham
bog’liq. Ishlab chiqarishning joylashish xususiyatlari va uning kombinatlanishi
darajasi hamda ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirilayotgan tabiiy sharoitlar
ham juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu omillar ijtimoiy ishlab chiqarish
geografiyasi bilan bog’liqdir. U bilan mehnat unumdorligi darajasi o’rtasida o’zaro
bog’liqlikni aniqlash iqtisodiy-geografik tadqiqotlarning muhim masalasidir.
Mehnat resurslaridan foydalanishning muhim mezonlaridan biri bu aholining
mehnatga faolligi, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan mehnatga layoqatli
aholining salmog’idir.
Demografik jarayonlardagi, aholining jinsiy-yosh tarkibi va oilaning katta
kichikligi, aholi harakatidagi, shuningdek mehnat malakasidagi, xo’jalik yuritish
shakllari va aholini hamda aholi manzilgohlarining joylashuvidagi muhim hududiy
tafovutlar millatlarning moddiy va ma’naviy madaniyati bilan chambarchas
bog’liq.
Kishilarning tarixan tarkib topgan umumiyligi milliy yoki etnik umumiylik
deb ataladi.
Etnik umumiylik-«etnos», ijtimoiy rivojlanishning ob’ektiv qonunlari
asosida shakllangan va hudud, til, ma’naviy hamda madaniy xususiyatlari, o’z-
o’zini anglash kabi bir qator umumiy barqaror belgilarga ega bo’lgan sotsial
organizmdir.
Qabila etnik taraqqiyotining boshlang’ich bosqichi bo’lib, ibtidoiy jamoa
tuzumida tarkib topgan. Elat ma’lum tarixiy sharoitlarga etnosning soni va
joylashganligiga, uning bir butunligini belgilab beruvchi belgilarga bog’liq holda
tarkib topadi va rivojlanadi.
Millat-jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichidagi etnik birlikning oliy
shaklidir.
Belgilarning barqarorligi, hudud, til, madaniyat shu etnosga mansub
ekanligini anglaydigan kishilar milliy etnikning umumiyligi millat uchun xosdir.
Aholini geografik o’rganishda uning milliy xususiyatlarini hisobga olish muhim
metodologik va amaliy ahamiyatga ega.
81
Do'stlaringiz bilan baham: |