Geografiyasi


-mavzu: Madaniy makon (madaniyat



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,74 Mb.
#245748
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   212
Bog'liq
Inson geografiyasi qollanma

7-mavzu: Madaniy makon (madaniyat 
geografiyasi) 
 


84 
 
hisoblanib,  obodonchiligi,  ko’rkamligi  bilan  Arabistondagi  aholi  yashaydigan 
boshqa  manzilgohlardan  ajralib  turar  edi.  Shuningdek,  Madina  Makkadan  keyin 
musulmonlar  ibodat  qiladigan  eng  yirik  shahardir.  Shu  tariqa  madaniyat  so’zi 
bizning o’lkamizga Madina shahri nomi bilan, islom dini bilan bog’liq tarzda kirib 
kelgan. 
 Fanda,  odamlar  o’rtasidagi  muloqatda  madaniyat  so’zi  bilan  bir  qatorda 
kulьtura  so’zi  ham  ishlatiladi.  Kultura  so’zi  lotincha  “culture”  so’zidan  olingan 
bo’lib,  “ishlov  berish”,  “ekib  o’stirish”  ma’nosini  bildiradi.  Rus  faylasuflari  N. 
Berdyaev va V. Rozinovlar “kultura” so’zining “kult” ya’ni diniy ibodat, sig’inish 
so’zidan kelib chiqqanligini qayd etganlar. 
Hozirgi  paytda  insoniyat  faoliyatining  ko’pgina  sohalarida  madaniyat  yoki 
kulьtura  so’zi  qo’llaniladi.  Qadimgi  Rimda  madaniyat  deganda  shaxsning 
tarbiyalanganligi,  ma’rifatlilik  darajasi  tushinilgan.  Keyinroq  madaniyat  deganda 
shaxsning  qadr-qimmati,  takomilligi  tushinilgan.  Nemis  faylasufi  F.  Shiller 
kishilardagi  insoniylik  fazilatlarini,  uning  ichki  dunyosi,  ma’naviylik  darajasini 
madaniyat  deb  tushuntirgan.  Amerikalik  madaniyatshunos  olim  Eduard  Teylor 
(1832-1917) madaniyat atamasini ilm-fanga kiritdi. Teylor o’zining “Pervobitnaya 
kultura”  asarida:  “madaniyat  keng  ma’noda  kishining  jamiyat  a’zosi  sifatida 
o’zlashtirgan bilimi,  e’tiqodi, san’ati,  axloq-odobi, qonun-qoidalari va  boshqa  bir 
qator qobiliyatlari va odatlari yig’indisidan tashkil topadi”, deb ta’kidlaydi. 
 Faylasuf  va  madaniyatshunos  V.M.  Rozin  iborasi  bilan  aytganda  “qancha 
yirik  madaniyatshunos  bo’lsa  shuncha  nazariyalar,  tushunchalar  mavjud”.  Teylo 
zamonida madaniyatning 7 ta ta’rifi bo’lgan bo’lsa, 1950 yillarda uning soni 150 
taga, hozirgi kunda esa madaniyatga berilgan tushunchalar soni 400 taga yetadi. Bu 
ta’riflar  umumlashtirilsa  madaniyat  so’zining  ma’no-mazmunini  o’uyidagicha 
tushunish mumkin.: 
1.  Madaniyat  –  uzoq  tarixiy  taraqqiyot  jarayonida  insoniyat  tomonidan 
yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar, asori-atiqalar yig’indisi. 
2.  Madaniyat  –  u  yoki  bu  jamiyatga  xos  falsafiy  qarashlar,  ilm,  fan,  maorif, 
san’at,  axloq,  din,  huquq,  siyosat  maishiy  xizmat  ko’rsatish  darajasini  aks 
ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot daoajasi. 
3.  Madaniyat-  insonlar  hayotida,  jamiyat  rivojida  shakllangan  milliy, 
umuminsoniy qadriyatlar majmui. 
4.  Madaniyat  –  har  bir  kishining  tarbiyalanganligi  insoniylik  fazilatlari  va 
ijodiy faoliyatining ifodasidir. 
Madanyatning qo’llanilishiga qarab shaxsiy, oilaviy, kasbiy, tabaqaviy, milliy 
madaniyat,  jamiyat  madaniyati,  umuminsoniy  madaniyat  kabi  shakllarga  bo’lib 
o’rganish  ham  mumkin.  Kundalik  hayotda  “muomala  madaniyati”,  “mehnat 
madaniyati”, “nutq madaniyat”, “ishlab chiqarish madaniyati”, “xizmat ko’rsatish 
madaniyati”, “dam olish madaniyati”, “huquqiy madaniyat” kabi tushunchalar ham 
qo’llaniladi. 
  Madaniyat  inson  hayotida  muhim  vazifalarni  bajaradi.  Ular  orasida 
quyidagilarni alohida ta’kidlab ko’rsatish mumkin. 
  Madaniyat,  avvalo,  ijtimoiy  vazifalarni,  ya’ni  shaxsni,  odamni  inson  qilib 
shakllantirish  va  tarbiyalash  vazifasini  bajaradi.  Madaniyat  har  bir  shaxsning 


85 
 
insoniyat yaratgan bilimlarni, ma’naviy qadriyatlarni, tartib-qoidalarni o’zlashtirib 
olish,  tarbiyalash,  jamiyatning  to’la  huquqli  a’zosi  sifatida  faoliyat  yuritish 
qobiliyatini  shakllantirish  vazifasini  bajaradi.  Insonning  tabiat  hukmronligidan 
ajralib  chiqishi  madaniyatga  xos  ayrim  elementtlarning  shakllanishi  bilan  birga 
sodir  bo’ladi.  Aynan  madaniyat  orqali  har  bir  shaxs  jamiyatda  to’plangan 
tajribalarni,  an’analar  va  urf-odatlarni  turmush  tarzini  o’zlashtiradi,  ular  keyingi 
avlodlarga yetkaziladi. 
Madaniyat  axborotlarni  o’zlashtirish,  bilish,  tushunish  vazifasini  bajaradi. 
Madaniyat  inson  uchun  dunyoni  bilish,  dunyo  to’g’risida  turli  ma’lumotlar, 
axborotlar olish, ularni avlodan avlodga o’tib borishini ta’minlaydi. 
Madaniyat  tartibga  soluvchi vazifani ham  bajaradi,  ya’ni  kishilar o’rtasidagi 
o’zaro  munosabatlarni  belgilangan  tartib-qoidalar,  axloqiy-huquqiy  normalar 
asosida tartibga solishga xizmat qiladi. 
Madaniyat kishilar o’rtasida qzaro fikr almashuv bilan bog’liq bo’lgan, aloqa 
uchun  xizmat  qiladigan  vazifani  bajaradi.  Bu  borada  til  asosiy  vosita  rolini 
o’ynaydi. Gap shundaki, madaniyatning bir qator sohalari – fan, san’at, texnika va 
boshqalarning  o’ziga  xos  tili  bo’lib,  ularni  bilmasdan  turib  madaniyatni 
to’laligicha bilib bo’lmaydi. 
Madaniyat  aksiologik  vazifani  ham  bajaradi,  ya’ni  kishilar  tomonidan 
moddiy,  ma’naviy,  estetik,  axloqiy  qadriyatlarni  egallashga,  yomondan  yaxshini, 
bema’ni, xunuk narsalardan go’zallikni ajrata bilishga ko’maklashadi. 
Madaniyat ijodkorlikni rivojlantirish vazifasini ham bajaradi. Insonni mavjud 
madaniyatga  tanqidiy-ijodiy  qarash, isloh  qilish,  takomillashtirish,  yangi  bilimlar, 
qoidalar, qadriyatlar, tartib-qoidalar yaratishga undaydi. 
Madaniyat  kishilardagi  jismoniy  va  ruhiy  toliqishni  haydash,  hordiq 
chiqarish,  tiklanish,  kayfiyatini  ko’tarish  yo’lidagi  tadbirlar,  o’yinlar  tashkil 
etuvchi vazifalarni ham bajaradi. 
Madaniyat  doimo  taraqqiy  etuvchi  ko’p  qirrali  jarayon,  uning  tarkibiga 
kiruvchi  elementlari  o’zgarib  turadi.  Shu  jihatdan  tadqiqotchilar  madaniyatni 
o’ziga  xos  belgilari,  sifatida  qarab  bir  necha  turlarga  bo’ladilar.Madaniyatga 
tsivilizatsion  nuqtai  nazardan  yondoshuvchi  nuqtai  nazardan  yondoshuvchi 
mutaxassislar insoniyat bir necha tsivilizatsiyalarni bosib o’tganligini ta’kidlaydi. 
 Madaniyatni  tili,  dini,  an’analari,  qadriyatlari,  iqtisodiyoti  yaqinligini 
inobatga  olib  milliy,  mintaqaviy,  davriy  jihatdan  bir  necha  turlarga  bo’lish  keng 
tarqalgan.  Milliy  madaniyatda  diniy,  axloqiy,  badiiy,  moddiy,  geografik  yaqinlik, 
umumiylik nazarda tutiladi. Madaniyatni irqiy omilni nazarda tutgan holda bo’lish 
holatlari  ham  uchraydi.  Frantsuz  faylasufi  J.  Gobino  jamiyat,  madaniyat,  din,  til 
to’laligicha  irqiy  jihatlar  bilan  bog’liq,  madaniyat  mavjud  tabiiy  sharoit  bilan 
bog’liq  deb  tushuntiradi  va  Yevropa  madaniyatini  negroid  madaniyatda  eng 
yuqori, ustun darajada deb hisoblaydi. 
  XX  asrning  ikkinchi  yarmida  ayrim  mutaxassislar  jamiyat  va  madaniyat 
sohasida  yuz  bergan  o’zgarishlarni  tushuntirish  uchun  kontkulьtura,  subkultura 
tushunchalarini  qo’llay  boshladilar.  Kontkultura  deganda  hukmron  madaniyatga 
qarshi  nazariyalar,  qadriyatlar,  falsafiy,  badiiy  qarashlar,  ideallar  tushuniladi. 
Subkulьtura  deganda  jamiyatdagi  turli sinflar,  tabaqalar, guruhlarga  xos  madaniy 


86 
 
jihatlar  hisobga  olinadi.  Shuningdek  qashshoqlar,  kambag’allar,  o’rta  tabaqalar, 
yuqori  tabaqalar, jamiyatdagi elita qatlamlari  madaniyati degan  tushunchalar ham 
ishlatiladi. Masalan, ayrim tadqiqotchilar kambag’al tabaqalar madaniyati  shaxsiy 
gigienadan  tortib  bilim  darajasigacha  bo’lgan  sohalarda  past  saviyada  namoyon 
bo’ladi,  deb  tushuntiradilar.  Jamiyatni  umumiy  madaniyat  asosida  birlashtirishga 
intiluvchi ommaviy madaniyat mavjudligi haqida fikr bildiruvchilar ham bor. 
 Yoshlar orasida modaga berilgan xotin-qizlar, ayrim muzikaga berilgan yoki 
alohida jargon bilan gaplashishni xush ko’radigan subkulьturalar haqida ham fikr 
mavjud. Shahar madaniyati, qishloq madaniyati, kasb madaniyati, ular o’rtasidagi 
farqlar  haqida  ham  gapiriladi.  Bularning  hammasi  madaniyatning  murakkab 
tarkibiy tizimdan iborat ekanligini ko’rsatadi. 
 Madaniyatshunoslik  fanida  shaxs  kamolati  muhim  masaladir.  Shaxsning 
barkamol  inson  bo’lib  yetishishida  tarixiy,  ijtimoiy-madaniy  muhitning  ta’siri 
katta.  Inson  ma’lum  ijtimoiy-madaniy  muhitda  dunyoga  keladi,  go’daklik 
chog’idayoq  shaxs  ijtimoiy-  madaniy  muhitni  tayyor  holda  topadi.  Mavjud 
ijtimoiy-madaniy  muhit  ta’sirida  shaxs  ijtimoiy  shaxsga  aylanadi.  Shaxsning 
ijtimoiylashuvi madaniy-ijtimoiy muhit yaratgan va rioya qilinadigan qadriyatlarni, 
urf-odatlarni,  ahloq-odobni,  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarni,  g’oyaviy 
andozalarni  o’zlashtirish,  qabul  qilish  orqali  sodir  bo’ladi,  shaxs  inson  sifatida 
shakllanadi.  Shu  bilan  birga  shaxsda  o’tkinchi  ehtiyojlarni-  yurist,  iqtisodchi, 
injener,  vrach,  pedagog,  san’atkor  bo’lish,  boy  bo’lish,  amaldor  bo’lish,  shon-
shuhrat qozonish, turli unvonlar olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish kabi istaklar 
ham  paydo  bo’ladi. Buning uchun ta’lim  muassasalarida  qunt  bilan  o’qib, dunyo 
va jamiyat, ularning taraqqiyot qonunlari to’g’risidagi umumiy bilimlarni egallash, 
maxsus  kasbiy  fanlarni  o’rganish,  izlanish,  hayotiy  tajriba  orttirish,  intellektual 
salohiyatga ega zarur bo’ladi. 
Madaniyat  kishinig  nafaqat  ijtimoiylashuvini,  shuninigdek  jamiyat  bilan 
integratsiyalashuvni  ta’minlaydi.  Madaniyat  insonga  barkamollikka  erishishga, 
ijodiy  kuchlarini  namoyon  etishga  ko’maklashadi.  Shaxsning  madaniy  darajasini 
baholashda uning aqli, tafakkuri, ongi, axloqi, xulq-atvori ham muhim o’rin tutadi. 
Madaniyat  insoning  yashirin,  betakror  individuval  xususiyatlari,  qobilyatlarini 
ro’yobga chiqarish, o’stirish va rivojlantirishga yordam beradi. 
Shaxsni  barkamol  qilib  yetishtirishda  jamiyat  madaniyatning  bir  qator 
tizimlari alohida ahamiyatga ega. Masalan: 

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish