Tropik adaptiv tip. Issiq va nam iqlim, oziq ratsionida hayvon oqsili
nisbatan kam sharoitda shakllanadi. Ekologik sharoitning xilma-xilligi ham bu
tipning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham subtropik va tropik
mintaqalarda yashovchi aholi irqiy, etnik jihatdan xilma-xil guruhlarga kiradi.
Negroidlar uchun xarakterli belgilarga tananing uzunchoq shakli, mushak massasining
kamligi, oyoq va qo’llarning uzunligi, ko’krak qafasi torligi, ter bezlarining ko’p
bo’lishi hisobiga terning ko’p ajralishi kabi belgilar xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |