Tog’ adaptiv tipi. Bu tipning shakllanishida asosiy ahamiyatga ega bo’lgan
ekologik omil – gipoksiya (havoning tarkibida kislorodning miqdori kamligi hodisasi)
hisoblanadi.
Baland tog’likda yashovchi aholida uning qanday irqqa kirishidan qat’iy nazar
moddalar almashinuvi jadal, ko’krak qafasi keng, qonda eritrotsitlar ko’p bo’lishi
kuzatiladi.
Markaziy Osiyo aholisi orasida tog’ adaptiv tipiga mansub populyatsiyalar
ham uchraydi (Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekistonning tog’li hududlari). Sahro,
yarimsahro, cho’l adaptiv tipi quyosh nurlanishi kuchli, issiq, quruq, o’ta
217
kontinental iqlim sharoitida shakllanadi. Bu tip uchun issiqlikning, ko’p ajralishi, ter
bezlarining yaxshi rivojlanishi, suvning ko’p iste’mol qilinishi xarakterlidir. Markaziy
Osiyo hududida yashovchi ko’pchilik aholi shu adaptiv tipga kiradi.
Shunday qilib, tarixiy rivojlanish jarayonida insoniyat ekologik omillar
ta’sirida ixtisoslashib, bir-biridan ayrim belgilari bilan farq qiluvchi adaptiv
(moslashgan) tiplarga ajralgan.
Adaptiv tiplar irqiy mansubligidan qat’iy nazar, turning genofondi bilan
belgilanuvchi moslashish mexanizmlari asosida, konkret ekologik muhitga moslashish
natijasida shakllangan. Antropogen ekosistemalar, ularning inson salomatligiga
ta’siri. Eng muhim hozirgi zamon antropogen ekosistemalariga shaharlar, qishloqlar,
transport kommunikatsiyalari kiradi.
Shaharlarda tabiat muhitining o’zgarishi yaqqol namoyon bo’ladi. Sanoat va
turmush chiqindilari tuproqda, suvda, o’simliklarda mikroelementlarning ko’payib
ketishiga sabab bo’ladi, shahar aholisining zichligi natijasida yuqumli kasalliklar keng
tarqaladi. Havoning ifloslanganligi natijasida, yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarning
ancha miqdori yetib kelmaydi. Yorug’lik yetishmasligi esa D avitaminozini
ko’paytiradi.
Qishloq
ekologik
sistemalari
o’z xususiyatlari jihatidan shahar
ekosistemasidan ancha farq qiladi. Qishloqda hayvon va o’simlik turlarining xilma-
xilligi kuzatiladi. Hayvonlar orqali yuqadigan yuqumli va parazitar kasalliklar
qishloqda ko’proq uch-raydi.
Hozirgi avlod ko’z o’ngida mahalliy va regional ekologik inqiroz vaziyatlari
kuzatilmoqda. Bunda inson tomonidan o’zgartirilgan tabiatning ijtimoiy
taraqqiyotga ta’sirining keskin ortishi kuzatiladi.
Insoniyat tarixida ekologik inqirozlar ko’plab kuzatilgan. Ularning natijasida
millionlab gektar yerlar cho’lga aylangan, minglab o’simlik va hayvon turlari
qirilib ketgan, o’rmonlarning maydoni qisqargan, gullab yashnagan tsivilizatsiyalar
inqirozga yuz tutgan.
Atrof muhitdagi katta ko’lamidagi salbiy ekologik o’zgarishlar XVII asrdan
boshlangan va XX asrning boshlariga kelib yer yuzidagi ekologik sistemalarning
20% buzilgan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib qisman va to’la buzilgan
ekosistemalar hissasi 63% dan oshdi.
1960-yillar oxirida rivojlangan g’arb mamlakatlarda atrof muhitning
ifloslanishiga qarshi kuchli jamoatchilik harakati vujudga kelgan, dastlabki
ekologik qonunlar qabul qilingan, mingga yaqin ekologiya va rivojlanish
masalalari bilan shu g’ullanadigan tashkilotlar tuzildi.
1968- yili 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat, maorif, biznes
vakillari “Rim klubi” deb nomlangan nodavlat tashkilotini tuzishdi. Klub a’zolari
insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama qilish va
inqirozdan chiqish yo’llarini o’rganishni asosiy maqsad deb belgiladilar. 1972 -yil
13 -martda Rim klubi uchun tayyorlangan «O’sish chegaralari» ma’ruzasi e’lon
qilindi. Ma’ruzada sayyoramiz kelgusi ekologik holatini bashorat qilish bo’yicha
global model tahlil qilingan. Modelda sayyorada o’sishni va uning chegarasini
belgilaydigan besh asosiy omil: aholi soni, qishloq ho’jalik ishlab chiqarishi, tabiiy
resurslar, sanoat ishlab chiqarishi va atrof muhitning ifloslanishi asos qilib olingan.
218
Ma’ruzada aholi sonining ortishi sur’atlari va iste’mol modeli o’zgarmasa XXI
asrning 30-yillariga kelib chuqur ekologik inqirozlar bashorat qilingan.
Rim klubining e’lon qilingan keyingi global modellarida (1974; 1990; 1992)
yangi sharoitlar hisobga olingan, o’sish istiqbollariga, ekologik xalokat xavfiga
qarashlar o’zgargan.
1972 yil 5 iyunda Stokgolmda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning
Atrof muhit bo’yicha birinchi Umumjahon Konferentsiyasi o’tkazildi. Unda 113
davlat vakillari qatnashdilar. Konferentsiyada ekologik yo’naltirilgan sotsial-
iqtisodiy rivojlanish g’oyasi oldinga surilgan bo’lib, unga muvofiq aholi turmush
darajasining ortishi yashash muhitining yomonlashishi va tabiiy sistemalarning
buzilishiga yo’l qo’ymasligi lozim.
Ekologik rivojlanish davlatlar o’rtasidagi munosabatlar va iqtisodiyotdagi
chuqur o’zgarishlar, resurslarni taqsimlash va foydalanish strategiyasida,
dunyoning rivojlanishida tub burilishni ko’zda tutadi. Ekologik rivojlanishning
asosiy talablari Konferentsiyada qabul qilingan 26 printsipdan iborat “Stokgolm
deklaratsiya”da keltirilgan. Bu printsiplardan birida “Har bir inson qulay atrof
muhitda yashash huquqiga ega, uning sifati esa insonlarni munosib hayot
kechirishga va taraqqiyotga erishadigan darajada bo’lishi kerak” deb ta’kidlanadi.
Qabul qilingan “Tadbirlar rejasi” 109 banddan iborat bo’lib, unda alohida davlatlar
va halqaro hamjamiyat o’rtasida atrof-muhitni muhofaza qilishning tashkiliy,
siyosiy va iqtisodiy masalalari yoritilgan. Halqaro tashkilotlar faoliyatini
oshirishga alohida e’tibor ko’rsatilgan. Konferentsiya qarori bilan uning ochilish
kuni 5 iyun Butunjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni deb belgilandi.
Konferentsiyadan so’ng, belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun
BMTning Bosh assambleyasi atrof muhit bo’yicha mahsus dasturi – YuNEPni
tuzdi. YuNEP birinchi navbatda eng dolzarb muammolar – cho’llashish, tuproqlar
degradatsiyasi, chuchuk suv zaxiralarining kamayishi, okeanlarning ifloslanishi,
o’rmonlarning kesilishi, qimmatli hayvon va o’simlik turlarining yo’qolishi
muammolari bo’yicha takliflar ishlab chiqishi kerak edi. Butunjahon atrof-muhit
jamg’armasi tashkil etildi. Jamg’arma BMTga a’zo davlatlarning badali hisobiga
rivojlanayotgan mamlakatlardagi turli ekologik muammolarni hal qilish bo’yicha
loyihalarni moliyalashtirishi belgilandi.
Stokgolm
Konferentsiyasidan
keyin
jahon
hamjamiyati
ekologik
yo’naltirilgan taraqqiyotga erishish bo’yicha dastlabki qadamlarni tashladi. 1975
yili aholi soni 4 milliard, 1987 yili 5 milliarddan oshdi. Dunyoning turli
chekkalaridagi ekologik inqiroz vaziyatlari chuqurlashdi. Orol dengizining qurishi,
Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi qurg’oqchilik, Chernobil AES halokati,
okeanlarning neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, “ozon tuynuklari” muammolari
chegara bilmasligi, regional va global oqibatlari bilan namoyon bo’ldi.
1983 yili BMT Bosh Kotibining tashabbusi bilan Atrof-muhit va rivojlanish
bo’yicha xalqaro komissiyasi tuzildi. Norvegiya bosh vaziri G.X. Bruntland
boshchiligidagi komissiya 1987-yili “Bizning umumiy kelajagimiz” deb
nomlangan ma’ruzani e’lon qildi. Ushbu hujjatda yirik ekologik muammolarni
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammolardan ajralgan holda hal qilib bo’lmasligi
bayon qilindi. Komissiya atrof muhit uchun havfsiz bo’lgan iqtisodiy-ekologik
219
rivojlanish davriga o’tish zarurligini yoqlab chiqdi. Ma’ruzada ilk bor jamiyatning
barqaror rivojlanish yo’liga o’tishi zarurati rad qilib bo’lmaydigan hulosalar
asosida isbotlab berildi.
Barqaror rivojlanish deganda hozirgi avlodlar hayotiy ehtiyojlarini kelgusi
avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan
rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlanish mazmun bo’yicha ekologik rivojlanish
tushunchasiga juda ham yaqindir.
1992 yilning 3-14 iyun kunlarida Braziliyaning Rio- de -Janeyro shahrida
BMTning Atrof muhit va rivojlanish bo’yicha Konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Unda
179 davlatlarning rahbarlari, hukumat vakillari, ekspertlar, nodavlat tashkilotlari,
ilmiy va ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdilar. Bu vaqtga kelib jahonda
olamshu mul voqealar ro’y berdi. 1991 yili Sharqiy Yevropa va sobiq Ittifoqdagi
totalitar sistema inqirozga uchradi. Jahon urushi havfi keskin kamaydi va juda
katta moliyaviy resurslardan tinchlik maqsadlarida foydalanish imkoniyati vujudga
keldi.
Bundan tashqari Konferentsiya doirasida Iqlim o’zgarishi bo’yicha
chegaraviy Konventsiya va Biologik xilma-xillikni saqlash Konventsiyalari
tayyorlandi. 27 printsipdan iborat “Rio deklaratsiya” xalqaro huquqiy hujjat bo’lib,
unga ko’ra davlatlar boshqa mamlakatlarning muhitiga zarar yetkazadigan har
qanday faoliyat uchun javobgarlikni tan olishi, ekologik qonunchilikning
samaradorligini oshirish, falokatlardan ogohlantirish, ekologik havf manbalarini
boshqa davlatlar hududiga o’tkazmaslikka chaqiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |