Geografiya va ekologiya fakulteti



Download 0,8 Mb.
bet30/70
Sana14.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#671642
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
Bog'liq
ekoturizm majmua (1)

Nazorat savollari
* Ekoturizmning maqsadi nimadan iborat ?
*Ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun qanday vazifalarni
bajarish lozim bo‘ladi?
* Ekoturizmning ob’ekti qanday talablarga javob berishi lozim?
* Ekoturizm ob’ektiga izoh bering.
* Ekoturizm predmeti nima?
* Qanday ijtimoiy munosabatlar ekoturizm predmeti bo‘la oladi ?


3 MAVZU. EKOTURISTIK FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
REJA

  1. Ekotiristik faoliyatni tashkil etish

  2. O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNI BOSHQARISH INSTRUMENTLARI VA ULARNI AMALIYOTDA QO‘LLASHNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

Kalitli so‘zlar: muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ekoturizm, ekoturistik makon, boshqarish organlari, ma’muriy-nazorat instrumentlari, ekologik-iqtisodiy instrumentlar, takomillashtirish.
Turizm jahonning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyoti tarkibida tez rivojlanayotgan va salmoqli o‘rinni egallaydigan tarmoq bo‘lib, unda ekologik turizm innovatsion yo‘nalish sifatida jadal rivojlanayotgan yo‘nalishga aylandi. Ekologik turizm tabiat bilan kishilarning uzviy bog‘liqligi va bevosita muloqotini rivojlantirishga va tabiatda huzur-halovat, madad quvvat, bilim, tashkil etuvchilarga esa katta daromad olishga, umuman ekologik iqtisodiy barqarorlik va muvozanatni saqlagan holda faol dam olishga asoslanadi, an’anaviy ko‘ngil ochish, maishiy komfort (qulaylik) esa ikkinchi o‘ringa tushadi. Unda yuqori darajada xizmat ko‘rsatadigan mehmonxonalar o‘rnini oddiy chodir, uy-mehmonxona va kempinglar, tabiat qo‘ynida dam olish, sayoxat qilish egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov “Today” gazetasi muxbiriga bergan intervyusida mamlakatimizning ekoturistik salohiyati va imkoniyatlariga yuksak baho berib shunday degan edilar: “Go‘zal geografik va tabiiy sharoitlar respublika hududida ekologik turizmni rivojlantirish uchun g‘oyat qulaydir” (//Xalq so‘zi, 2007 yil 26 yanvar). O‘zbekistonning boy va g‘oyat xilma-xil ekoturistik salohiyati va imkoniyatlaridan samarali foydalanish ko‘p jixatdan ekoturizmni rivojlantirishni oqilona boshqarish bilan uzviy bog‘liqdir. Boshqarish ekoturistik firmalar faoliyatini tashkil etish uchun qulay muhit yaratadi, ekoturistik xizmatlar samaradorligini oshirishga, tabiatga salbiy ta’sirni kamaytirishga xizmat qiladi. Lekin hozirgi vaqtda mamlakatimiz amaliyotida mazkur masalalarni tadqiq etish boshlang‘ich bosqichda turibdi. SHu munosabat bilan taqdim etilayotgan maqolada O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishni boshqarish instrumentlaridan foydalanish xususiyatlari va ularni takomillashtirishning dolzarb muammolari echimini topishga asosiy e’tibor qaratilgan. Ekoturizmni rivojlantirishning zarur shart-sharoiti ekoturistik salohiyatning mavjudligi bo‘lib, ular noyobligi, ekologik jozibadorligi, davolash-sog‘lomlashtirish xususiyatlari, ekologik turizmni rivojlantirish uchun qulayligi bilan ajralib turadigan tabiiy-ekologik komponentlar, landshaftlar, xo‘jalik faoliyati ob’ektlaridan tarkib topadi. Ekoturistik salohiyatdan tegishli moddiy-texnika bazasi – infratuzilma, asosiy fondlar yordamida foydalaniladi. U tegishli hududlarni ekoturistik maqsadlarda o‘zlashtirish jarayonida barpo etiladi. Ekoturizm tizimi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kichik tizimlar-tabiat va madaniy komplekslar, muhandislik inshootlari, xizmat ko‘rsatuvchi personal, dam oluvchilar va boshqarish organlaridan tashkil topadi. Rekreatsiya, shu jumladan ekoturizmning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, unda ko‘rsatiladigan xizmatlar rekreatsiya resurslari mavjud bo‘lgan hududlarda amalga oshiriladi, ya’ni resurslar o‘sha erga borib iste’mol qilinadi. Boshqacha aytganda, ekoturistik xizmat ko‘rsatish o‘ziga xos «ko‘chmas mulk» xisoblangan rekreatsiya hududlarida amalga oshiriladi, dam oluvchilarning talab va ehtiyojlari o‘sha erda qondiriladi. Bu holat ekoturizmni rivojlantirishni boshqarishning g‘oyat muhim omili bo‘lib, rekreantlarning ijtimoiy-demografik, iqtisodiy, yosh, milliy va boshqa xususiyatlarni hamda talab-ehtiyojlarini xar tomonlama to‘la hisobga olishni talab qiladi. O‘zbekistonning hududi 448,97 ming km2 , aholisi soni esa 31 mln. kishi (2014yil) bo‘lib, birinchisi xilma-xil va boy resurslarga, ikkinchisi esa katta rekreatsiya ehtiyojlariga egaligi bilan alohida ajralib turadi. Global nuqtai nazardan O‘zbekistonning o‘ziga xos geografik o‘rni dunyo tekisliklarida ekologik optimum hisoblangan 40-paralel (400 shimoliy kenglik) yaqinida joylashganligi (mazkur paralel Samarqand shaxridan o‘tadi), tog‘larda esa past tog‘, o‘rta tog‘, baland tog‘ zonalarining almashinishi bilan belgilanadi. SHunga mos holda mamlakatimizda yil fasllari normal almashinadi, barcha fasllarda ularga xos bo‘lgan umumiy qulay sharoit mavjud bo‘lib, ular ko‘plab ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish va ekoturistik xizmat ko‘rsatishni yil davomida uzluksiz va jadal rivojlantirishga imkon beradi. SHu bilan bir qatorda mamlakatimiz hududida ekologik ekstremal, yashash uchun noqulay qurg‘oqchil, lekin ekoturizm uchun qiziqarli bo‘lgan cho‘llar (saxrolar) katta maydonlarni (mamlakat hududining 70 %) egallaydi. Ekoturizmni rivojlantirishni boshqarish amaliyotida O‘zbekistonga xos bo‘lgan o‘ziga xos ekoturistik salohiyatga ega bo‘lgan va bir-birlaridan tubdan farq qiladigan quyidagi 4 ta mikrozona xususiyatlarini xar tomonlama to‘la xisobga olish juda muhim ahamiyatga ega: 1) Orol va Orol bo‘yi ekstrimal cho‘l va ekologik inqiroz va halokat zonasi. Bu erda Orol dengizining qurishi oqibatida katta maydonlarni egallagan antropogen Orolqum paydo bo‘ldi; 2) cho‘l (sahro). Dunyoning eng katta cho‘llari hisoblangan Qizilqum, Qoraqum, Ustyurt o‘ziga xos qurg‘okchil tabiati, landshaft va bioxilma-xilligi, mahsuldorligi, er osti suvlari, quduqlari, saksovul o‘rmonlari, yaylovlari, xilma-xil foydali qazilmalari mavjudligi bilan ajralib turadigan dunyo cho‘llarining «jannati» va xazinalar sandig‘i hisoblanadi. Bir qarashda jonsiz ko‘rinadigan cho‘llar aslida ko‘plab tirik organizmlar yashashning ekstrimal sharoitiga yaxshi moslashgan ko‘plab o‘simlik va hayvonlar makonidir. Ayniqsa bahorda ular o‘simliklarning turli-tumanligi va gullarga burkangan yashil gilamlarga aylanadi. Qizil, sariq, oq lolalar, gunafsharang va moviy gulsapsarlar, yovvoyi gladioluslar va piyozlar, qizg‘aldoqlar azaldan madaniylashtirilgan, ular ko‘plab bog‘ va xiyobonlarni bezab turadi. Ularning asl vatani esa bizning cho‘llarimiz hisoblanadi (Travina I.V, 2003, s. 240). SHuningdek, cho‘llarimiz qorako‘l kuylarining xam vatanidir; 3) Sug‘oriladigan tekislik zonasi - qadimgi sivilizatsiya o‘chog‘i, aholi zich yashaydigan, mamlakat iqtisodiyotining asosini tashkil etadigan, yuqori ekologik sig‘imga ega bo‘lgan antropagen landshaft xukmron bo‘lgan gullab yashnayotgan ko‘plab vodiy va voxalar makoni hisoblanadi; 4) Tog‘ zonasi. G‘arbiy Tyanshan va Xisor-Oloy tog‘ tizimlari tarkibiga kiradigan dengiz sathidan 4643 m. gacha ko‘tarilgan turli yunalish va miqyoslarga ega bo‘lgan murakkab tog‘ tizmalaridan tashkil topgan. Tog‘lar suv to‘planadigan katta suv havzasi, mamlakat tabiatining biolandshaft va resurs xilma-xilligi makonidir. Tog‘lar ekoturizmning g‘oyat muxim va qiziqarli ob’ektidir. Umuman mamlakat hududining 76,6 % cho‘l tekislik, 23,4 % tog‘ zonasida joylashgan (Kamilov B.S., Xakberdiev O.E. 2013, 5-bet). O‘z navbatida mazkur makrozonalar birgalikda va o‘zaro bog‘liqlikda O‘zbekistonning yagona ekoturistik makoni bo‘lib, ularning har bittasi ko‘plab o‘ziga xos «ekstremal cho‘l va ekologik ofat», «cho‘l», «vodiy», «tog‘» ekoturistik ob’ektlarga ega. Ular turli yo‘nalishdagi ekoturizm o‘choqlari va markazlarini barpo etishga tabiiy asos bo‘lishi mumkin. Mamlakat tabiatining ekoturizmni rivojlantirishga asos bo‘ladigan noyob, diqqatga sazovor ob’ektlari qatoriga ko‘plab mavjud bo‘lgan g‘orlar, ajoyib shaklli qoyalar, daralar, er qatlamlari ochilib qolgan joylar, sharsharalar, shifobaxsh buloqlar, katta yoshdagi ulkan daraxtlar, shuningdek, guzal, rang-barang, havo va suvi musaffo, tabiati shifobaxsh landshaftlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi respublika hududida 400 dan ortiq tabiat yodgorliklarini hisobga olgan. Mamlakatimiz hududida 17 mingdan ortiq tabiiy suv oqimlari, 51ta suv ombori, 500 dan ko‘proq ko‘l, ko‘plab kanallar, 1448 ta chuchuk suvli suv sarfi 1l/sekund bo‘lgan buloq, 525 ta tog‘ muzliklari bor. O‘zbekistonda o‘simlik dunyosining 4100 turi, hayvonot olamida 97 turdagi sut emizuvchi, 424 turdagi qush, 58 turdagi reptipiya va 83 turdagi baliqlar mavjud. Mamlakat o‘rmon fondi maydoni 9.6 mlni gektarni tashkil etadi. (…Milliy ma’ruza, 2008, 40-126 bet).
Mavjud salohiyatdan xozirgi vaqtda ekoturizmda foydalanish darajasi talabga javob bermaydi. Buning asosoiy sababi ob’ektlardan ekoturizm yo‘nalishida foydalanishga qaratilgan inventarizatsiya xamda tegishli klassifikatsiya va baholashning amalga oshirilmaganligi bilan bog‘likdir. SHu sababdan istiqbolda ob’ektlarni inventarizatsiyalash va klassifikatsiyalashni xamda tibbiy-biologik, psixologik-estetik, texnik-texnologik, iqtisodiyekologik baholashni amalga oshirish ob’ektiv zaruratga aylanmoqda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning (METX) ekoturistik salohiyati va ulardan foydalanishni boshqarish. O‘zbekiston Respublikasining «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risi»da (2004) va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi (2014) qonunlari, METXlarda ekoturizmni rivojlantirishga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. SHu qonunga binoan METX larning turli kategoriyalarida ularni tashkil etish, muhofaza qilish va foydalanish sohasida davlat boshqaruvini hukumat, joylarda davlat hokimiyati organlari hamda maxsus tayinlangan davlat organlari amalga oshiradilar. METXlar klassifikatsiyasida xalqaro tajribalar xisobga olingan bo‘lib, ular iqtisodiy va ekologik manfaatlar birligini ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘riqlanadigan hududlarning hajmlari yagona ekologik tizimini yaratishga imkon beradi. METXlarning ayrim kategoriyalarini qisman o‘zini-o‘zi moliyaviy mablag‘ bilan taminlash ekologik turizm, rekreatsiyani tashkil etish, tabiat resurslaridan foydalanishga ruxsatnoma berishdan tushgan foyda xisobiga oshiriladi. 1va 2- jadvallarda METXlar kategoriya va turlari, ulardan ekoturizmda foydalanish, boshqaruv organlari berilgan.
Mamlakatimizda METXlarning 6 kategoriyasi mavjud bo‘lib, ularning umumiy soni 28 tani tashkil etadi. METXlarning umumiy maydoni 23279,4 km2 bo‘lib ular mamlakatimiz xududining 5 %dan ko‘prog‘ini egallaydi. METXlar maydonining asosiy qismini (99,2 %), ya’ni 64,8 % davlat buyurtmaxonalari, 25,7 %ni milliy bog‘lar, 8,7 %ni davlat qo‘riqxonalari egallaydi. Ulardan ekoturizmda foydalanish bo‘yicha milliy bog‘lar, biosfera rezervatlar etakchilik qiladi. Bu erda shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozir mamlakatimizda atigi 2 ta milliy bog‘ (Zomin milliy bog‘i (241,1km2 ), 1976 yil tashkil etilgan, Jizzax viloyatida. UgomCHatqol (5745,9km2 ), 1990 yil tashkil etilgan, Toshkent viloyatida) hamda bitta biosfera rezervati (Quyi Amudaryo (64,6km2, 2012 yil tashkil etilgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida) mavjud. Xalqaro amaliyotda ko‘p mamlakatlarda aynan shu kategoriyalar METX larda soni va maydoni buyicha etakchi o‘rinni egallaydi va ulardan ekoturizmni rivojlantirishda keng foydalaniladi. SHularni xisobga olib mamlakatimizda istiqbolda barcha mintaqalarda yangi milliy bog‘ va biosfera rezervatlarini tashkil etish zarur, deb hisoblaymiz. METXlarni viloyat hokimiyatlari, Tabiatni muhofaza qilish davlat ko‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining bosh boshqarmasi, Geologiya davlat ko‘mitasi boshqaradi. Mazkur boshqaruv organlari boshqaruvni ko‘pincha bir-birlari bilan muvofiqlashtirmasdan mustaqil amalga oshiradilar. Bunday vaziyat METXlardan ekoturizm yo‘nalishida foydalanishga xam katta to‘sik hisoblanadi. Vaholanki, bioxilma-xillikni saqlash Milliy strategiyasiga “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2015 yil 6 www.iqtisodiyot.uz (1998) ko‘ra boshqaruv organi bitta bo‘lishi tavsiya etilgan. «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida» (2004) O‘zbekiston Respublikasi konunida METX larni boshqarishni hukumat belgilashi ko‘rsatilgan. Biz mavjud boshqaruv tarkibini o‘zgartirish lozim, deb hisoblaymiz. 2-jadval. O‘zbekistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarining (METX) ayrim kategoriyalari tarkibi, boshqarish organlari va ulardan ekoturizmda foydalanish imkoniyatlari (2012yil).
METX larning 4 ta ayrim kategoriyalarning tarkibi, ulardan ekoturizmda foydalanish, ularning boshqaruv organlari ko‘rsatilgan. Ulardan ekoturizmda foydalanishda muhofaza etiladigan landshaftlar (kurort tabiiy xududlari, rekreatsiya zonalari), tabiiy pitomniklar, ov xo‘jaligi uchastkalari, davlat biosfera rezervatlari asosiy o‘rinni egallaydi. Lekin ularni boshqarish organlarining ko‘pligi, ularning o‘zlari o‘rtasida xamda ekoturistik tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro muvofiqlashtirishning yo‘qligi bu borada samarali faoliyat yuritishga to‘sqinlik qilayotir. So‘nggi yillarda ekoturizmni rivojlantirishni boshqarish yo‘nalishida Jizzax viloyatida ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilib, qator ijobiy natijalarga erishildi. «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasining Jizzax viloyati mintaqaviy bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, bu erda 267 ta ekologik turizm manzillari aniqlangan, ularning ayrimlarida baliq ovlash, ornitologik kuzatish, ovchilik yo‘lga qo‘yilgan, ekologik turizm so‘qmoklarini yaratish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilayotir. Viloyatning tog‘li hududlarida ekoturizmni rivojlantirish orqali ko‘plab ish o‘rinlari yaratilib, aholi yangi daromad manbaiga ega bo‘lmokda. Sayyohlar esa qishloqlar aholisining kundalik turmush tarzi, urf-odatlari va marosimlari bilan yaqindan tanishmoqdalar. Zomin tumani qishloqlarida barcha shart-sharoitga ega 8 ta uy-mehmonxona tashkil etildi. SHuningdek, Forish tumanida xam shunday tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda joylarda servis xizmati sifatini oshirish, mahalliy aholi orasidan gid-tarjimonlar tayyorlash maqsadida BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida uy-mehmonxonalar bekalari va chet tillari o‘qituvchilari uchun turli seminar-treninglar, davra suhbatlari va malaka oshirish kurslari tashkil etilmokda. METXlarning ekoturistik salohiyatidan samarali foydalanish muammolarini hal etish va bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: 1) ekoturizmni rivojlantirishning asosiy ob’ektlari xisoblangan milliy bog‘lar va biosfera rezervatlari tizimini kengaytirish va ularni barcha viloyatlarda va Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etish; 2) METX lar tizimi va «O‘zbekturizm» MK o‘rtasida ekoturizm tadbirlarini amalga oshirish ishlarini tegishli ixtisoslashgan ekoturizm markazlari va bo‘limlarini tashkil etish asosida o‘zaro muvofiqlashtirish; 3) respublikada yagona ekoturistik makonini to‘la qamrab oladigan ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va bu borada ko‘plab istiqbolli loyihalarni amalga oshirish. Ekoturizmni rivojlantirishni boshqarish instrumentlari va ularni amaliyotda qo‘llashni takomillashtirish. Mazkur instrumentlar ekoturistik firmalar faoliyatini yuritishning tashqi muhitini shakllantiradi, ularning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish organlari bilan munosabatlari xususiyatlarini ko‘p jihatdan belgilab beradi, mavjud resurs salohiyatidan samarali foydalanishga imkoniyat yaratadi, shu asoslarda ekoturistik faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan ekologik boshqaruv instrumentlari ma’muriy-nazorat va iqtisodiy richaglarning etarli darajada muvozanatlashgan majmui bo‘lib, ular ekoturizmni boshqarishga xam to‘la tegishlidir. Ushbu instrumentlar “ifloslantiruvchi to‘laydi”, “foydalanuvchi to‘laydi”, barqaror rivojlanish, ehtiyotkorlik, mavjud texnologiyalardan eng yaxshisini qo‘llash kabi xalqaro amaliyotda keng qo‘llanilayotgan prinsiplarga asoslanadi. SHuni ham ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishni boshqarish amaliyotida mazkur instrumentlar ekoturizmni tartibga solish va rag‘batlantirishda etarli darajada qo‘llanilmayotir. Uning asosiy sabablari mazkur instrumentlarni ekoturizmda keng qo‘llash masalalarining ishlab chiqilmaganligi hisoblanadi. SHu sababdan biz quyida bu masala bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni tavsiya etamiz va ularni asoslab berishga harakat qilamiz. Tavsiya etilayotgan instrumentlar quyidagi ikki asosiy turga bo‘linadi: 1) ma’muriy-nazorat; 2) iqtisodiy. Ma’muriy-nazorat instrumentlari ekoturistik faoliyat natijalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular tegishli standart va reglamentlarga rioya etishni qonunlar va boshqa tartibga solish vositalari orqali nazorat qilishga asoslanadi. Ularga quyidagi instrumentlar kiradi:
1) ekologik va tabiiy-resurs qonunlari; 2) ekologik monitoring; 3) ekologik standart va normativlar (shu jumladan METXlarga kirish, ulardan foydalanish normativlari); 4) ekoturistik faoliyatni litsenziyalash; 5) ekologik sertifikatlashtirish (markirovka); 6) loyihalarning ekologik ekspertizasi; 7) ekoturizm maqsadli dasturlari; 8) ekologik audit.
Mazkur instrumentlar qattiq richaglar (1,3,4,5 nomerlar) va yumshoq tartibga solishga (2,6,7,8 nomerlar) bo‘linadi. Iqtisodiy instrumentlar tegishli maqsadlar va ularni amalga oshirishga rioya etishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshiriq bermaydi, balki xo‘jalik yuritish sub’ektlarining (ekoturistik firmalar) iqtisodiy manfaatlari va iqtisodiy xulq-atvoriga bozorlar ishlashi (talab va taklif) bilan bog‘liq rag‘batlantirish (masalan, soliq imtiyozlari, subsidiya berish va boshqalar) yoki turli cheklovlar (jarima solish va boshqalar) qo‘yish orqali ekologik maqbul yo‘nalishlarda foydalanishga asoslanadi. Mazkur instrumentlar quyidagi ikki turga bo‘linadi: 2) moliya kredit (moliyalashtirish, kredit, zayom, subsidiya, tezlashtirilgan amortizatsiya, soliqlar, sug‘urta). Barcha boshqaruv instrumentlaridan amaliyotda foydalanishda ularga xos bo‘lgan kuchli va kuchsiz tomonlarni hisobga olish va tegishli tanlovga asoslanish talab qilinadi. Masalan, ma’muriy-nazorat instrumentlarining kuchli tomonlari quyidagilar bilan belgilanadi: firmalarga belgilanib, ularga etkazilgan topshiriqlar maqsadga erishishning juda oddiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirdan vositasi, ekologik boshqaruv organlari nazorati uchun esa qulaydir. Ularning kamchiliklari: innovatsiyalarni rag‘batlantirish va yuqori natijalarga erishish nuqtai nazaridan ta’sirchanlikning etarli emasligi; firmalarga turli vaziyatlarda tez moslashish, o‘z majburiyatlariga ijodiy yondashuvini qiyinlashtirishi. Iqtisodiy instrumentlarning asosiy afzalliklari: ekologik iqtisodiy xarajatlarni tejash nuqtai nazaridan yuqori samaradorlik; ilmiy texnik innovatsiyalarga barqaror rag‘batlantirishni ishlab chiqish; umuman ekologik boshqaruvning moslashish mexanizmini kuchaytiradi, ekoturistik firma faoliyati strategiyasini mustaqil belgilashga sharoit yaratadi; faoliyatni zarur moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlaydi. Uning kamchiliklari: faoliyatning yakuniy natijalarining noaniqligi; inflyasiya jarayonlariga yuqori sezuvchanlik, bu holat to‘lovlar darajasini doimiy tuzatib turishni talab qiladi; nisbatan yuqori ekologik xarajatlar tufayli xizmatlar raqobatdoshligining pasayish xavf-xatari. Ekoturistik faoliyatga boshqarishning ma’muriy nazorat va iktisodiy instrumentlarini mavjud shart-sharoitlarni xisobga olgan holda keng qo‘llash mamlakatimiz ekoturizmida boshqarish qarorlarini qabul qilishning yangi yo‘nalishini shakllantirishga va boshqarishni takomillashtirishga imkon beradi. Bunday boshqaruv qarorlari ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarni mamlakat va mintaqalar darajasida muvofiqlashtirishga, tegishli maqsad va manfaatlarni birlashtirishga hamda shu asoslarda O‘zbekistonning o‘ziga xos yagona ekoturistik makonini barpo etishga yordam beradi. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishni boshqarish instrumentlarini keng qo‘llash mazkur faoliyatni ekologik xavfsiz, resurslardan oqilona foydalanish asosida tashkil etishga hamda yangi ekoturistik bozorlarni o‘zlashtirish va raqabatdoshligini oshirishga, shuningdek tabiatning bioxilmaxilligi va tabiiy resurs boyliklarini qo‘llab-quvvatlashga, eng muhimi, O‘zbekiston miqyosida xilma-xil salohiyatga va katta istiqbolga ega bo‘lgan yagona ekoturistik makonni barpo etishga imkon beradi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish