Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya kafedrasi


Mavzuni o’rganish uchun qo’ydagilarni bajaring



Download 5,64 Mb.
bet96/102
Sana10.07.2022
Hajmi5,64 Mb.
#773686
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   102
Bog'liq
1a97bd919cd8d00e708e3ae1ee8d250f GIDROEKOLOGIYA

Mavzuni o’rganish uchun qo’ydagilarni bajaring.

  1. Yer yuzidagi eng yirik muzliklar to’g’risidagi jadval materiallarni chizib, yozib olish.

  2. Materik va orol muzliklarini gidroekologik jihatdan tahlil qilib, ilmiy va amaliy ahamiyatini belgilash.

  3. Muzliklarni muhofaza qilish choralarini ishlab chiqish va amalga tadbiq qilishning tokomillashgan usullarini tavsiya qilish.

Yer sharining hoirgi zamon muzliklari

Muzlik joylashgan hudud

Muzlik maydoni km2

Muzlik joylashgan hudud

Muzlik maydoni km2

Arktika

Yevropa

Grenlandiya
Kanada arxepilagi
Shpisbergen
Yan-Mayyan
Islandiya
Novaya Zemlya
Frans-Iosif yeri
Shimoliy Yer
Arktikaning boshqa orollari

1802600
155000
58000
117
11785
23900
14360
16908
768
2083438

Pireney
Alplar
Skandinaviya
Ural

30
3600
5000
25

Osiyo

Kavkaz
Sibir
Koryas tog’lari
Kamchatka
Oltoy va Sayan
Eron va kichik Osiyo
Tyan-Shan va Pomir
Hindiqush, Qorakorum va Himolay
Tibit tog’lari

1800
477
180
866
914
100
20375
57285
32150
114147

Shimoliy Amerika

Okeaniya

Alyaska
Kontinental Kanada
AQSh va Meksika
Janubiy Amerika
Afrika

52000
15000
661
67661
25000
23

Yangi Gvineya
Yangi Zelandiya

15
1000
1015



Antarktida

Antarktida
Orollar



1320000
4000
13204000

O’rta Osiyo tog’laridagi eng yirik muzliklar. (S.V.Kalesnik bo’yicha).

Muzliklar

Joylashgan o’rni

Uzunligi km.

Maydoni km2

Fedchenko….

Badaxshonda

77,8

907,0

Inelchek…..

Ma-ziy Tyan-da

61,0

823,6

Grum-Grjimaylo

Badaxshonda

36,7

160,0

Rezinchenko…..
(shim. Inelchek)

Mar-ziy Tyan-da

35,2

98,0

Garmo

Badaxshonda

27,5

153,7

Katta-Sovuqdara….

Oloyorti tizma-da

25,2

69,2

Zarafshon….

Mastchaq tog’ tugu-da (Zarafshon daryosi boshida)

24,2

139,92

Sugran…..

Badaxshonda

24,2

48,0

Gando……

Badaxshonda

22,5

55,0

Semyonov…….

Mar-ziy Tyan-da

21,0

69,4

Mushketov….

Mar-ziy Tyan-da

20,0

49,3

Fortombek

Badaxshonda

19,9

74,3

Korjenevskiy

Oloyorti tiz-da

19,5

89,1

Mozordara

Yazg’olum darg’om boshida….

19,5

32,5

Oktyabr

Oloy orti tizmasida

17,5

116,0

Qurumdi (Ivanova)

Oloyorti tiz-da

17,2

60,0

Darvoz
Kichik tanimas

F.A. tizmasida

16,0

66,0


Muzliklarning tiplari





14 - MAShG’ULOT
Mavzu Dunyo okeanining ifloslanish manbalari va muhofaza qilish choralari - 2 soat.
Ko’rgazmali qurollar va jihozlar: Okean va dengizlarning joylashish xaritasi, suv tahlili uchun kolbalar, probirkalar, okean va dengizlarning kelib chiqishi to’g’risidagi gepotezalar mualliflari to’g’risida ma’lumotlar, albom, qalam, chizg’ich.
O’rganish tartibi
Dunyo okeanining atmosfera va quruqlikka ta’siri
Okean oqimlari materiklarning tabiiy sharoitiga, issiqlik va namlikning qayta taqsimlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Oqimlar o’zining xiliga qarab havo massalarini isitishi yoki sovutishi mumkin. Ekvator atrofida hosil bo’lgan iliq oqimlar qutblar tomon harkat qilib, u yerlarga juda katta miqdordagi issiqliuk olib boradi. Ayniqsa issqlikni qayta taqsimlashda golfstrim, Kurasio kabi qudratli oqimlarning roli benihoya katta. Masalan, Golfstrim va Shimoliy Atlsantika oqimlari tropik mintaqadan mo’tadil va qutbyoni kengliklarining har 1 sm2 joyiga yiliga 80-100 katta koloriya issiqlik olib keladi. Kurasio oqimi esa Yapon orollari yaqiniga 20-30 katta koloriya issiqlik olib keladi. Oqibatda iliq oqimlar ustida hosil bo’lgan dengiz havo massasi quruqlikkka kirib borib materiklarning qirg’oq bo’ylarini qish paytlari ham isitadi. Chunonchi, Shimoliy Atlantika oqimi ustida vujudga kelgan issiqlikni G’arbiy shamollar Yevrosiyoga olib keladi va uning iqlimini shakllanishida faol ishtirok etadi.
Oqimlar yog’inlarning taqsimlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Iliq oqimlar o’tadigan qirg’oqlardan yog’in sovuq oqimlar o’tadigan qirg’oqlarda yog’in kam yog’adi. Chunki sovuq oqimlar ustida yuqori atmosfera bosimi hosil bo’ladi.
Okeanlar bilan materiklarning o’zaro aloqadorligini musson shamollari va suvning aylanma harakati misollarida yaqqol ko’rish mumkin. “Musson” arabcha so’z bo’lib, uning ma’nosi mavsum demakdir. Musson shamollari mavsumga qarab o’z yo’nalishini qarama-qarshi tomonga o’zgartiradigan havo oqimi hisoblanadi. Mussonlarning hosil bo’lishida materiklar bilan okeanlarning turlicha isishi natijasida atmosfera bosimining o’zgarishi hal qiluvchi qol o’ynaydi. Binobarin, mussonlar yuqori bosimli va past bosimli mavsumiy oblastlar orasida vujudga keladi. Qishda quruq havo massasi quruqlikda okeanga qarab esadi yozda esa dengiz havo massasi okeandan quruqlikka qarab esadi. Mussonlar materik ichkarisiga 1000 km. masofagacha kirib borib, shu joyining iqlim xususiyatlarini belgilaydi. Ular ta’sir etgan joylar sernam va salqin bo’ladi. Shunday qilib, musson shamollari okeanlar bilan materiklarning o’zaro aloqadorligini mustahkamlovchi vosita rolini bajaradi.
Okean suvi tabiatda to’xtovsiz harakat qilib, bir holatdan ikkinchi holatga o’tib yuradi hamda Yer yuzida katta va kichik aylanma harakat hosil qiladi. Suvning katta aylanma harakati quruqlikka juda katta miqdorda nam keltiradi daryo ko’l va yer osti suvlarini tarkib topishiga imkon yaratadi. Tuproqlarni o’simlik qoplamiga va turli xil organizmlarga baxsh etadi.
Dunyo okeani yuzasidan har yili o’rta hisobda bir metr qalinlikda suv bug’lanib atmosferaga ko’tariladi. Atmosferaga ko’tarilgan namning bir qismi kichik aylanma harakat tufayli yog’in bo’lib yog’adi, daryolarni, ko’llarni, tuproqlarni suv bilan ta’minlaydi. So’ngra daryo va yer osti suvlari orqali yana okeanga kelib qo’shiladi va suvning katta aylanma harakatini hosil qiladi. Shuning uchun ham okean sathi pasaymaydi.
Shunday qilib, dunyo okeani oqimlari, dengiz havo massalari va suvning aylanma harakati materiklar tabiatiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Yer tabiatining xususiyatlari xilma-xil bo’lishi, quruqliklarda namlikning ko’p bo’lishi qalin o’rmonlarning keng tarqalishi organik hayotning normal rivojlanishi okeanlar bilan materiklarning o’zaro aloqadorligiga bog’liqdir.

Download 5,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish