Botqoqliklarning morfologiyasi. Shakllangan torf botqoqliklari odatda ko’p qatlamli tuzilishga ega bo’ladi, bu qatlamlar to’planishi jarayonida asta-sekin botqoqning yuzasi ko’tarila boradi. Har bir torf qatlami o’zining spesifik tarkibiga ega buladi va bu botqoqlikning har xil rivojlanish fazalarida uchrashi o’simliklar tur tarkibining o’zgarganligani bildiradi. Torf botqoqliklarining jami qalinligi torf to’shamasi deyiladi. Torf to’shamasi inert qavat, faol qavat va sizot suvlarining qatlamidan iborat bo’ladi. Inert qavat botqoqlikning tubida yotadi va torf to’shamasining asosiy qalinligini hosil qiladi. Inert qavat juda yomon o’tkazuvchan bo’ladi va shu sababli unda aerob sharoitda yashovchi bakteriyalar va mikroorganizmlar bo’lmaydi. Inert qavatning qalinligi o’zgaruvchan bo’ladi va eng ko’pi bilan 18-20 sm.ga yetadi.
Inert qavatning ustida faol qavat yotadi. Bu qavat orqali, torf to’shamasida atmosfera bilan va atrof muhit bilan suv va havo almashinishi sodir bo’ladi. Bu qavatda ko’plab bakteriyalar va mikroorganizmlar yashab, ular organik moddalarni parchalaydi va torf hosil bo’lishida qatnashadi. Faol qavatning qilinligi 40 dan 80-95 sm.gacha bo’ladi. Botqoqliklarda suvning xarakati asosan faol qavatda suvning filtrlanishi yo’li bilan sodir bo’ladi:
Botqoqliklarning suv rejimi. Suv xarakatining tezligini Darsi formulasi bilan hisoblab chiqarish mumkin.
V=KfI
bunda,Kf – torf yotqiziqlarining filtrlash koeffisiyenti
I – botqoqlikda yer osti suvlarining qiyalik darajasi.
Kf ning darajasi odatda 102-106sm/s atrofida bo’ladi. Chuqurlikka qarab filtrlash koeffisiyenti kamayadi. U o’simlik qoldiqlarining parchalanish darajasiga bog’liq bo’ladi.
Botqoqlik o’zining maxsus gidrografik bog’lamiga ega bo’ladi. Unga botqoqlik suv havzalari, botqoqlik suv oqimlari va toplar kiradi.
Botqoqlik suv havzalariga botqoq ko’llar va ko’lchalar kiradi. Botqoq ko’llar ancha yirik, maydoni 10 km2 , chuqurligi 10 m.gacha, torfli qirg’oqlari bo’lgan suv havzalaridir. Ko’lchalar kichik o’lchamdagi suv havzalaridir. Ular guruh bo’lib joylashadi va o’nta va yuztagacha kichik ko’lchalarni o’z ichiga oladi. O’zining kelib chiqishiga qarab botqoqlik suv havzalari birlamchi – ya’ni, botqoqlik shakllangunga qadar mavjud bo’lgan suv havzalari qoldiqlarining saqlanib qolishi va ikkilamchi – ya’ni, quruqlikning botqoqlanish jarayoni davomida sodir bo’lgan suv havzalariga bo’linadi.