Ko’llarning issiqlik stratifikatsiyasi
Ko’llarning gidrobiologik xususiyatlari
Ko’llar suvining kimyoviy tarkibi
Ko’llar suvining tarkibi bir-biridan farq qilishi mumkin. Masalan, turli ko’llarda suvning sho’rligi turlichadir. Bizga ma’lumki, ko’l suvlari “chuchuk” va “sho’r” suvga bo’linadi. Chuchuk suvlarda mineral tuzlar 0,5-1 g/l atrofida bo’lsa, sho’r suvli ko’llarda 1-10 g/l, sho’rxok suvlarda 16-47 g/l miqdorida tuzlidir. Namakob suvli “Sho’rko’l”, “Tuzko’l” kabi ko’llar suvida tuz miqdori 100-230 g/l ga yetadi. Ma’lumki, iqlim namli bo’lsa, u yerdagi ko’llar suvi kam tuzli bo’ladi. Masalan, Baykal, Onega va Ladoga ko’llari suvida 100 mg/l tuz bo’lsa, Sevan ko’lida 0,7, Balxashda 1,2-4,2(5), Issiqko’lda 5-8, Kaspiyda 12-15, Orolda 14-15 (1962-1965-yili, 1991-1994-yillar 30-40 g/l, 2000-yili 50-80 g/l ga yetadi).
Tundra va yuqori tog’li mintaqalarda joylashgan ko’pchilik ko’llar suvi chuchuk bo’lsa (162-0,684 g/l, masalan, Marxako’l, Teletsk, Sarez), shu mintaqa ayrim ko’llarining tuzliligi 2-3- g/l, hattoki 10-11 g/l ga ham boradi.
O’rta Osiyo hududida chuchuk suvli ko’llarga Rangko’l (0,394-0,415 g/l), Sonko’l (0,402 g/l), Yashilko’l (0,128-0,318 g/l), Sarez (0,468), Do’ngalak (0,378), Zorko’l (0,66-0,169), Ko’kjigit (0,152-0,18 g/l) kabilar kiritilsa, sho’r suvli ko’llarga (0,5 dan 16 g/l gacha) Issiqko’l (5,8-6 g/l), Qorako’l (10-11 g/l), Solongur (1,7 g/l), Olako’l (8-16 g/l), Aydar (5,5-6 g/l), Korp (8-11 g/l), Arnasoy (2-16 g/l), Balxash (5,5-6 g/l), Tuzkan (4,5-17 g/l) kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Sho’rxok va namakob suvli ko’llarga Pomirni Sassiqko’l (89-141 g/l), tekislikdagi Yaxsan (66-82 g/l), Pomirdagi Tuzko’l, Sho’rko’l (180-230 g/l) misol bo’ladi.
Ko’llar suvi anion va kationlar miqdori bo’yicha gidrokarbonat, sulfat va xlorid, magniy va kalsiy guruhli suvlarga bo’linadi. Masalan, Pomirdagi Sassiqko’lni sho’rxok (14 g/l) tuzida xlor miqdori 45% ni tashkil qiladi.
O’rta Osiyoni tekislik mintaqasida joylashgan ko’llardagi jami suv hajmi 51 mln.m3 ga teng bo’lib, suvlar yetarli darajada sho’rlangan. Ko’llarda suv hajmining ortishi bilan ularni sho’rligi ham ortib (1-2 g/l dan 3-5 g/l ga) boradi.
Tyanshan oqmas ko’llari suvining sho’rligi 5-7 g/l ga yetadi. Ular gidrokarbonatli guruhga xosdir. Gidrokarbonat suvli ko’llarning ko’pchiligi (Yashilko’l, Sarez, Iskandarko’l, Zorko’l va boshqalar) chuchuk suvli, tuzi 35-700 mg/l atrofida. Sulfatli guruhga xos ko’llar (Rangko’l, Sho’rco’l, Tuzko’l, Sariqamish, Qorako’l) suvining tuzligi 450-1000 mg/l dan yuqoridir. Xlorid tuzlari ko’p ko’llar sho’rligi ham 700 mg/l dan ortiq.
Ko’p yillar ichida yuqori tog’ va tog’ mintaqalarida joylashgan ko’llarni gidrokimyoviy ko’rsatkichlari o’zgargan emas. Ko’llar gidrokarbonat-kalsiy, sulfatli va xlorid-natriyli va xlorid-sulfatli guruhlarga bo’linadi. Ko’ldar suvlarining sho’rligi 40-100-150 mg/l, ayrimlarida 10-15 g/l dan ham yuqoridir.
Ko’l suvining umumiy tuzligi, uning tarkibi gidrobiontlarning rivojlanishi va taqsimlanishida katta ekologik omildir.
Chuchuk suvlarda uchraydigan kamdan-kam turlar sho’r suvlarda ham rivojlanadilar, sho’R suvlarga xos organizmlar chuchuk suvlarda ham juda kam holda uchraydilar. Sho’rxok ko’llarda gidrobiontlarning soni kamdir. Yuqori tuzli sharoitga kam organizmlargina moslashganlar. Mineral Tuzlardan tashqari biogen elementlar – azot, fosfor, temir, kremniy (1,2-1,7 mg/d) kabilar va ularning birikmalari ham gidrobionlarning rivojlanishi uchun zarurDir. Azot suvda nitrat, nitrit va ammiak birikmalari (0,03-0,74 mg/l) holiday uc`raydi (jadvalga qarang). Fosfor va uning birikmalari (0,017 mg/l) ham planktondagi suvo’tlar tomonidan yoz faslida aktiv foydalanili. Natijada, fosforning miqdori kamayadi. Kuz faslining oxiri va qishning boshlanishida suvo’tlarining rivojlanishi sekinlasheandan keyingina fosfordan foydalanish pasayadi va suvda uning miqdori ortadi.
Gidrobiontlar uchun turli kationlar (kalsiy, temar va boshqalar)ham zarur va ular suvdagi mineral tuzlar tarkibida yetarli bo’lsa, organizmlarning rivojlanishi normal bo’ladi.
Suvda turli mineral va organik moddalar bor. Agar mineral moddalar atrof-muhit va turli tabiiy jinslar yuvilishIdan hosil bo’lsa, organik moddalar o’simlik va hayvonlar qoldiqLarini chirishi, parchalanishi asosida yuzaga keladi va suvda erigan holda vo’ladi. Organik (gumin) moddalar ko’p suvlarning rangi tim, to’yingan qora choy rangida bo’ladi.
O’rta Osiyoning ayrim ko’llari suvida biogen elementlarning miqdori
Do'stlaringiz bilan baham: |