Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya kafedrasi



Download 5,64 Mb.
bet91/102
Sana10.07.2022
Hajmi5,64 Mb.
#773686
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102
Bog'liq
1a97bd919cd8d00e708e3ae1ee8d250f GIDROEKOLOGIYA

Botqoqliklarning tiplari


11 - MAShG’ULOT
Mavzu Torf botqoqliklarining qatlamlari va ahamiyati - 2 soat.
Ko’rgazmali qurollar va jihozlar: Yer yuzidagi eng yirik botqoqliklar to’g’risida jadval ma’lumotlari, torf botqoqliklari qatlamlarining tuzilishi to’g’risida chizmalar, kontur xaritalar, dunyoning va O’zbekistonning tabiiy xaritalari, albom, qalam, chizg’ich.
O’rganish tartibi.
Botqoqlik iborasi keng ma’noda va tor ma’noda qo’llanilishi mumkin. Keng ma’noda botqoqlik deganda yerning ma’lum qismida to’planib qolgan suv va undagi o’simliklar hamda organik moddalar qoldiqlari tushuniladi. Tor ma’noda esa botqoqlik deganda 30 sm. gacha torflangan, yuqori nam rejimiga ega bo’lgan va maxsus o’simliklar bilan qoplangan yer tushuniladi. Bunday yerlar botqoqlanayotgan yerlar deb ham ataladi. Biz botqoqliklar gidroekologiyasini o’rganar ekanmiz nafaqat torf botqoqliklarini, balki botqoqlanayotgan o’rmonlar, tekisliklar va tundra uchastkalarini ham ko’rib chiqamiz. Buning uchun ikkita asos bor, birinchidan, ko’pgina botqoqlanayotgan yerlarda, torf hosil bo’lishining boshlang’ich fazasi kuzatiladi, sovuq iqlim sharoitida bu organik moddalar o’sish intensivligining pastligi bilan ifodalansa, issiq iqlim sharoitida yuqori intensivlikda parchalanishi bilan ifodalanadi. Shuning uchun botqoqlanayotgan yerlarni, botqoqliklarga kiritmaslik bu obyektlarning genetik birligini hisobga olmaslik bo’ladi. Ikkinchidan, juda katta hududni egallagan botqoqlangan tropik o’rmonlarni va dengiz oldi sho’rsuvli torfsiz botqoqliklarni ham botqoqliklarga kiritish maqsadga muvofiq bo’lur edi. Chunki bunday tabiiy obyektlar ham suv obyektlari hisoblanadi.
Botqoqliklar quruqlikning botqoqlanishi va suv havzalarining har xil o’simliklar bilan qoplanib qolishi hamda haddan tashkari ifloslanishi natijasida hosil bo’ladi.
Botqoqlanish Yer sharining ko’pgina tabiiy zonalari uchun xosdir. Quruqlikni botqoqlanishining ikki asosiy turini farq qilish mumkin, suv bosishi va yer tagidan suvning ko’tarilishi. Suv bosishi ikki xil sabab bilan sodir bo’lishi mumkin. Birinchidan, yog’in miqdori suvning yer yuzidan bulg’anish miqdoridan yuqori bo’lsa. Bunday yo’l bilan tundradagi tropik o’rmonlarda, botqoqliklar hosil bo’ladi. Ikkinchidan, daryo, ko’l va dengizlarning suvi bilan suv bosishi. Bu yo’l bilan daryo va ko’llar qirg’oqlarida botqoqliklar hosil bo’ladi. Yer osti suvlarining ko’tarilishi esa suv omborlarining qurilishi, ko’p miqdorda sug’orilish, sizot suvlarining oqimiga ta’sir qiladigan inshootlarning qurilishi kabi sun’iy tadbirlarning o’tkazilishi natijasida sodir bo’ladi.
Suv havzalarining o’simliklar bilan qoplanib qolishi va botqoqlanishimo’tadil va issiq iqlim sharoiti uchun hosdir. U odatda qirg’oqlardan boshlanadi. Suv havzasining tubida asta-sekin loyqa zarrachalar, bentos va plankton organizmlarning qoldiqlari yig’ila boshlaydi va ular asta-sekin organik qoldiqqa aylanadi, bunga sapropel deyiladi. Suv havzasi qisila boshlaydi, trostnik, qamish, rogoz kabi o’simliklar o’sa boshlaydi. O’simliklar qoldiqlarining to’liq parchalanmasligi natijasida torf hosil bo’ladi va asta-sekin bu suv havzasi botqoqlikka aylanadi.
Yer yuzida botqoqliklar ko’pgina mintaqalarda, har xil iqlim zonalarida tarqalgan. Torf botqoqliklari Yer sharidagi umumiy maydoni 52,7 mln.km2 yoki umumiy quruqlik maydonining 2%ini tashkil qiladi. Botqoqliklarda 11,5 ming km3 suv to’plangan bo’lib bu umumiy gidrosferadagi chuchuk suvlarning 0,03%ni tashkil qiladi.
Botqoqliklar 2 ta katta guruhga bo’linadi. 1-si botqoqlanayotgan yerlar 2-si torf botqoqliklari.
Botqoqlanayotgan yerlarga arktik tundraning o’tloqli botqoqliklari, o’rmon dashtlarining trostnikli va osokoli botqoqliklari, chala-cho’l va cho’llardagi sho’rlangan botqoqliklar, botqoqlangan tropik o’rmonlar, chuchuk suvli mavsumiy namlanadigan tropik o’tloqli botqoqliklar, chuchuk suvli va sho’r suvli dengiz oldi botqoqliklari yoki marshlar kiritiladi.
O’zining geomorfologik, gidroekologik va geobotanik belgilari bo’yicha torf botqoqliklari yaxshi o’rganilgan va asosan tundrada, o’rmon zonasida va o’rmon-dasht zonasida jamlangan. Ular o’z navbatida yana 3 turga bo’linadi. Bular botiq, oraliq va balandlik botqoqliklari.
Botiq botqoqliklarining yuzasi odatda pastga egilgan bo’ladi. Ular pastkam joylarda daryo va ko’llarning qirg’oqlarida hosil bo’ladi. Bunday botqoqliklarda olxa, beryoza, osoka, trostnik, rogoz kabi mineral moddalarga talabchan bo’lgan o’simliklar o’sadi.
Qavariq botqoqliklar qalin torf qatlamiga ega bo’lib, yuzasi shishgan bo’ladi. Qavariq botqoqliklarning o’ziga xos hususiyati shundaki, ular atmosfera yog’inlari orqali suv bilan to’yinadi.
Oraliq botqoqliklar oraliq vaziyatni egallaydi. Ularning yuzasi tekis yoki kamgina shishgan bo’ladi. Mezotrof o’simliklar bilan qoplangan bo’ladi ya’ni beryoza, osoka, sfagnut moxlari.

Download 5,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish