TAYaNCh IBORALAR. Gidroekologik rejim. Morfologiya. Morfometriyasi. Ko’lmakli suv omborlari. Tog’li suv omborlari.
1.Yer yuzida suv omborlarinining tarqalishi. Suv ombori – bu sun’iy suv havzasi bo’lib, suvni yig’ish, keyinchalik undan foydalanish va undan chiqadigan suvlarni boshqarish uchun tashkil qilinadi. Suv omborlari juda qadim zamonlardan aholini va qishloq xo’jaligini suv bilan ta’minlash uchun tashkil qilingan. Eng birinchi suv ombori eramizdan avvalgi 2250-2750 yillarda Yegipetda ko’rilgan XX asrda hamma joyda suv omborlari qurila boshladi. Hozirgi vaqtda Yer yuzida 30 ming suv ambori mavjud bo’lib, har yili 300 tadan 500 tagacha yangi suv omborlari qurilib ishga tushiriladi. Yer yuzasidagi hamma suv omborlarining umumiy maydoni 400 ming km2 atrofida bo’lib ulardagi suvning umumiy miqdori 6 ming km2.ga yetadi.
Dunyoda barcha suv omborlaridagi suv umumiy hajmining 95%i yirik suv omborlariga to’g’ri keladi. Bunday suv omborlarining ko’pchiligi Shimoliy Amerikada 900 ta atrofida yoki 36%, Osiyoda 26%, Yevropada 21% joylashgan. Eng yirik suv omborlari Viktoriya suv ombori bo’lib, uning maydoni 76000 km2.
Suv omborlari insonlarning suvga ehtiyojini qondirish va uni suvsizlikdan muhofaza qilib bir qator muhim sosial-iqtisodiy masalalarni xal qiladi. Suv omborlarida yig’ilgan suv yerlarni sug’orish va suvga bostirish, sanoat korxonalari va aholi punktlarini suv bilan ta’minlash, suv kam bo’lgan yillar oqim bo’ylab pastki zonalarda suv transporti xarakatini yaxshilash maqsadlarida ishlatiladi.
Suv omborlari o’ziga xos suv obyekti bo’lib, mintaqaning yangi tabiiy – texnogen komponenti bo’lib hisoblanadi. Ular daryolar rejimini o’zgartiradi va atrof muhitga ko’pincha noqulay ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli sharoit suv omborlari suv rejimini o’rganish, ularni rasional boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va bunday suv havzalari qurilishining salbiy oqibatlarini oldini olish choralarini ko’rishni taqozo etadi.