Bog'liq 1a97bd919cd8d00e708e3ae1ee8d250f GIDROEKOLOGIYA
DARYOLAR PLANKTONINING HOSIL BO’LISHI Turli daryolar suv qatlamida uchraydigan organizmlarni plankton organizmlar birligi deb ularga bakteriyalar (bakterioplankton) o’simliklar (fitoplankton) hayvonlar (zooplankton) kiradi.
Daryo planktonining tarkibi kelib chiqishi bilan har xildir. Yuqorida qayd qilganimizdek daryo planktonining tarkibi bakterofito va zooplankton vakillaridan tashkil topgan. Daryo planktoni birlamchi ikkilamchi turlardan v atrofdan suv oqimi bilan kelgan va suv tubidan ko’tarilgan turlar orqali yuzaga keladi. Shuning uchun ham daryo suvi qatlamida muallaq holda uchraydigan organizmlar plankton bentos turlaridan tashkil topgan bo’ladi. Lekin daryo planktoni kelib chiqishi bo’yicha har xil ya’ni haqiqiy plankton suv bo’laridan yuvilgan suv tubidan to’lqinlar hayvonlar harakati orqali suv qatlamiga ko’tarilgan atrofdagi tuproqdan yuvilib kelgan turlardan tashkil topgan bo’ladi. shuning uchun ham daryo planktoni o’ziga xosdir. Uni potomoplankton yoki reoplankton, daryo planktoni yoki oqar suv planktoni deb ham aytiladi.
Daryo planktoni fasllar bo’yicha o’zgarib turadi va bu o’zgarish daryoni gidrogeologiyasi va joylashgan geografik iqlimiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Shuning uchun, ham turli mintaqalarda joylashgan daryolarning planktoni har xildir.
Masalan, yuqori tog’ va tog’ mintaqalrida doimiy qor va muzliklardan boshlanadigan daryolar suvida umuman plankton yo’q kamdan kam hollarda tuproqdan tushgan ayrim bakteriyalar suv to’lqinlari bilan suv tubi bentosidan ko’tarilgan ayrim diatom suvo’tlari bo’ladi. Lekin ular plankton uchun xos emas. Ko’llardan boshlanadigan daryolarni boshlanishida ayrim ko’l uchun xos plankton organism uchrab turadi daryo ko’ldan tog’ridan-tog’ri boshlansa daryo suvi ko’l tog’oni tagidan (masalan Sarez, iskandar ko’lda) o’tsa daryo suvida haqiqiy planktoniga xos organizmlar bo’lmaydi. Ular ko’lning planktonidir.
Tekislik mintaqalarida ayrim daryolar ko’llardan yoki suv omborlaridan boshlanganligi tufayli ularni boshlanishida ko’lga xos plankton formalar uchraydi. Lekin daryo suvi 5-10 km ko’ldan uzoqlashgandan keyin suvni loyqalanishi tufayli planktondagi organizmlar muallaq zarrachalar bilan birga suv tubida cho’kadi va daryoda plankton kam bo’lib qoladi.
Bunday holatni daryo to’silib suv ombori hosil bo’lgan va undan davom etadigan daryolar misolida ham kuzatish mumkin masalan Pskom, Chotqol daryolari to’silib Chorvoq, norin daryosi to’silib to’xtagul suv omborlari hosil bo’lgan. Shu suv omborlarida fitoplankton va zooplankton organizmlar bor lekin daryolar (chirchiq norin) suv omborlarini 100-150 m chuqurligidan (hayotsiz tubidan) suv olganliklari sababli chirchiq va norin daryolarini bboshlanishida plankton yo’q hisobdadir.