1. Ko’llar, ularning turlari va tarqalishi. Botqoqlar va ularning turlari va tarqalishi. Suv omborlari va ularning tarqalishi



Download 1,12 Mb.
bet1/7
Sana10.03.2022
Hajmi1,12 Mb.
#488717
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-mavzu


MAVZU: KO’LLAR, BOTQOQLAR, SUV OMBORLARI. MUZLIKLAR. YER USTI SUVLARINI MUHOFAZA QILISH
Reja:
1. Ko’llar, ularning turlari va tarqalishi.
2. Botqoqlar va ularning turlari va tarqalishi.
3. Suv omborlari va ularning tarqalishi.
4. Muzliklar – Kriosfera.
5. Tog’ muzliklari va qoplama muzliklar.
6. Hozirgi zamon muzliklari.
7. Muzliklarning ishi. Yer usti suvlarini muhofaza qilish.
Tayanch iboralar: Ko’l, botqoq, muzlik, qor chizig’i, manfiy harorat, tog’ muzligi, qoplama muzlik, manfiy harorat, kriosfera, kriolitozona.
1. Ko’llar , ularning turlari va tarqalishi. Quruqlikdagi suv bilan to’lgan va bevosita dengiz bilan tutashmagan tabiiy botiqlarga ko’llar deb ataladi. Yer sharidagi ko’llarning maydoni 2,7 mln.km.kv. bo’lib, butun quruqlikning taxminan 1,8% maydonini egallaydi.Xar bir ko’l bir-biri bilan bog’liq 3 ta tarkibiy qismdan iborat: 1. suv to’ldirilgan chuqurlik, ya’ni botiq; 2. suvli qatlam; 3. suv havzasining o’simlik va hayvonot dunyosi.
Ko’l botiqlari kelib chiqishiga ko’ra quyidagi qismlarga bo’linadi:
1. Tektonik ko’llar. Ular o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:
- uzilmalarda joylashga ko’llar. Ular Yer yuzasining eng chuqur ko’llari hisoblanadi – Baykal, Buyuk Afrika yorig’idagi ko’llar, Shvetsiya va Finlandiyadagi yirik ko’llar va h.k.(Onega, Ladoga)
- botiqlarda joylashgan ko’llar – Orol, Chad, Eyrva h.k.
- Vulkanik ko’llar – Yava, Yangi Zelandiya, Kanar orollaridagi ko’llar va Kamchatka ya/o dagi Kronoki ko’li
- murakkab ko’llar – Kaspiy, Viktoriya, Titikaka.
- to’g’on ko’llar – tog’ qulab tushib, daryo vodiysini to’sib qo’yishidan vujudga keladi.- Pomirdagi Sarez ko’li (chuqurligi 505 m), Zo’rko’l, Yashilko’l.
2. Morena ko’llar. Asosan antropogen davridagi materik muzliklari ta’sirida paydo bo’lgan chuqurliklarning suv bilan to’lishidan vujudga kelgan – Seliger, Ilmen, Pskov, Chad, Topozero va h.k.
3. To’g’onli ko’llar.- kotlovinasi tog’ qulab tushib daryo vodiysini to’sib qolishidan vujudga keladi. Pomirdagi Sarez (chuqurligi 505 m), Zo’rko’l, Yashilko’l va h.k.
4. Karst ko’llar. Ohak, gips kabi suvda tez eriydigan jinslar tarqalgan yerlarda vujudga kelgan. Suv jinslarni eritib, konus yoki voronkasimon chuqurliklar hosil qiladi, so’ngra, ular suv bilan to’lib ko’lga aylanadi. Bunday ko’llar juda kichik bo’ladi. Qrim ya/o da va Shimoliy Kavkazda uchraydi.
5. Vodiy ko’llar . Daryo vodiylarida joylashgan ko’llar . Amazonka, Missisipi, Volga, Amudaryo va Sirdaryo kabi daryo vodiylarida juda ko’p.
6. Sun’iy ko’llar – kishilar vujudga keltirgan antropogen ko’llar – suv omborlari – antropogen ko’llar deyiladi.- Asvon, Qayroqqum, Tuyamo’yin, Chorvoq, Buxtarma, Tuyabo’g’iz va h.k.
Suv almashinish xarakteriga qarab oqar va oqmas ko’llarga bo’linadi. Agar ko’ldan suv oqsa oqar ko’l deyiladi. Masalan, Baykal, Onega, Ontario, Viktoriya, Jeneva, Sarez va h.k. Oqar ko’llarning suvi chuchuk bo’ladi. Aksincha, ko’lga daryo kelsa-yu, lekin undan suv oqmasa, oqmas ko’l deyiladi va ularning suvi sho’r bo’ladi. Masalan, Kaspiy, Orol, Issiqko’l, Balxash va h.k.
Ko’llar yog’inlardan, daryolardan va Yer osti suvlaridan to’yinadi. Ko’llarning suv sathi o’zgarib turadi. Agar ko’l suvining kirimi uning sarfiga nisbatan oz bo’lsa, ko’l suv sathi pasayaveradi (Balxash, Orol), aksincha, kirim sarfiga nisbatan ko’p bo’lsa, suv sathi ko’tariladi. Ko’llar suv sathining pasayishi fasllar bo’yicha ma’lum davrlarda o’zgarib turadi. Arktika va subarktika mintaqalarida joylashgan ko’llarning sau sathi qish va bahorda pasayib, yoz va kuzda ko’tariladi. O’rtacha mintaqadagi ko’llarda bahor va yozda yog’inlar hisobiga suv sathi ko’tarilsa, yozda ko’p bug’lanish, qishda esa kam suv kelishi tufayli sathi pasayadi (11-rasm).
Suvning minerallashish darajasiga qarab ko’llar chuchuk, sho’rtang va sho’r ko’llarga bo’linadi. Agar suvning sho’rligi 0,3% dan kam bo’lsa, u chuchuk ko’l deyiladi. Masalan, Baykal, Onega, Ladoga, Sevan, Sarez.
Suvining tarkibida tuzlar miqdori 0,3 % dan 24 % gacha bunday ko’l sho’rtang ko’l deyiladi. Masalan,. Kaspiy, Orol, Issiqko’l, Sariqamish
Suvining tarkibida tuzlarning miqdori 27% dan ortiq bo’lsa, u sho’r ko’l deyiladi. Masalan, O’lik dengi, Elton, Boskunchoq.




Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish