Geografiya


Topshiriqni bajarish namunasi



Download 32,57 Mb.
bet35/46
Sana30.12.2021
Hajmi32,57 Mb.
#190763
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
Bog'liq
Картография лаборатория 2017

Topshiriqni bajarish namunasi. Ozarboyjon atlasi. Naxichevan Respublikasi. Tabiiy rayonlashtirishni bajarish bo‘yicha ishlarning ketma–ketligi 37-38–rasmlarda keltirilgan.

Ajratilgan rayonlarning qisqacha geografik tavsifi:

1. Rayon yuqori tog‘li mintaqada joylashgan bo‘lib, u erda subalp va alp chimli, o‘rmon–adir va tog‘ o‘tloqi chimli tuproq-lar tarqalgan. Hudud Zanguzuber tizma tog‘larining janubiy–g‘arbiy hududlarida joylashgan bo‘lib, geologik yotqiziqlari tar-kibi asosan neogen–paleogen davriga tegishli jinslardan tashkil topgan. SHuningdek, hududda uchlamchi va mezozoy davr-lariga tegishli bo‘lgan granitoid intruziv jinslar qatlamlari ham uchraydi. Hududda nisbatan baland bo‘lgan Naxichevan tog‘ tizmalari joylashgan: Kapidjik tog‘i – 3906 metr, Damirlitog‘ – 3368 metr. Hududning iqlimi sovuq, yozi quruq keladi, o‘rtacha harorat iyul oyida – 5°, 10°, yanvar oyida – 10° dan past. Hududda yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 900 mm ni tashkil qilib, yillik oqim miqdori – 10 l/sek ga teng. Subalp va alp o‘sim-liklari qoplami yoz mavsumida yaylov sifatida foydalaniladi. Hududning qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvi – go‘sht–jun ishlab chiqarish yo‘nalishidagi chorvachilik.

2. Rayon o‘rtacha tog‘li mintaqa, bu joyda asosan tog‘ oldi – kserofit o‘simliklar qoplamlari, tog‘–o‘rmon jigarrang va tog‘–kashtan tusli tuproqlar qoplamlari tarqalganligini kuzatish mumkin. Hududda denudatsion–strukturalangan va arid–denu-datsion tog‘ mintaqalari kuzatiladi. Bu hududlar tarkibi kuchli tarzda qatlamlanuvchi bo‘r va paleogen davriga tegishli jinslar-dan tashkil topgan. Hududning iqlimi sovuq, yozi quruq, iyul oyidagi o‘rtacha harorat +10° dan +200 gacha oraliqda tebranishga ega, hududning turli xil joylarida yanvar oyidagi o‘rtacha haro-rat qiymati -3° dan -6° gacha kuzatiladi. O‘rtacha yillik yog‘ingar-chilik miqdori – 400 - 600 mm ni tashkil qiladi. Hududda o‘rta tog‘ mintaqasi bo‘ylab zich holatdagi eroziya tarmoqlari (0,3 – 0,5 km/km2) kuzatilib, o‘rtacha yillik oqim qiymati – 2-10 l/sek ni tashkil qiladi. Bu erda foydali ma’dan qazilmalari, jumladan, rangli metallar qazib olinadi, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ixti-soslashuvi – uzumchilik, bog‘dorchilik, go‘sht–jun yo‘nalishidagi chorvachilikdan iborat.

3. Hudud past tog‘li mintaqada joylashgan bo‘lib, unda yarim cho‘l sharoitlariga moslashgan shuvoq va shuvoqli–sho‘r o‘simlik-lar qoplami kuzatiladi, kulrang tuproqli maydonlar va bo‘z o‘tloqi tuproqlar qatlamlari tarqalgan. Hudud Zangezur tizma tog‘larining tog‘ oldi mintaqasida joylashgan bo‘lib, iqlimi sovuq va yoz faslida quruqligi qayd qilinadi. Iyul oyida o‘rta-cha havo harorati +15°,+25°, yanvar oyida -3°, -6° ni tashkil qiladi. Hududda o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori yil davomida 200 – 400 mm oralig‘ida tebranishga ega bo‘lib, yillik oqim miqdori esa 1-2 l/sek ni tashkil qiladi. Hududda qurilish material-larini ishlab chiqarish, ipakchilik, oziq–ovqat sanoati rivoj-langan. Tog‘ daryolari quvvati gidroelektrostansiyalarni suv bilan ta’minlashda foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligida uzum-chilik, bog‘dorchilik, go‘sht–jun etishtirish sohalari etakchilik qiladi.

4. Hudud Araks oldi kengliklarida joylashgan bo‘lib, shuvoq, shuvoq–sho‘rsevar o‘simliklar qoplamidan, mayda buta-simon cho‘l sharoiti kulrang tusli tuproqlar, bo‘z o‘tloqi tup-roqlar va allyuvial–o‘tloqi karbonatli tuproqlar tarqalgan hududlarni o‘z ichiga oladi. Hududda akkumulyativ–denudatsion va akkumulyativ kengliklar kuzatilib, bu joylarda neogen-to‘rt-lamchi davrga tegishli jinslar qatlamlari tarqalganligi qayd qilinadi. Araks daryosi hududida Arpachoy daryosi quyilish joyida balandlik 776 metrni tashkil qiladi. Hududning iqlimi sovuq xilli iqlimlar qatoriga kiritilib, yozi quruq keladi. Iyul oyining o‘rtacha havo harorati 25° gacha ko‘tariladi, qishda, yanvar oyida o‘rtacha harorat qiymati -3°, -6° ni tashkil qiladi. Yillik yog‘ingarchilik miqdori – 200 - 300 mm. Daryo tar-moqlarining zichligi 0,1 km/km2 atrofida. Hududda rangli metallar qazib olinadi, shuningdek, qurilish materillari, engil va oziq–ovqat sanoati rivojlangan. Araksin tekisligida sug‘orma dehqonchilik yo‘lga qo‘yilgan, yaylovlarda chorva mollari boqiladi. Qishloq xo‘jaligining asosiy ixtisoslashgan yo‘na-lishlarini paxtachilik, chorvachilik va tamaki etishtirish tashkil qiladi.


Download 32,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish