Topshiriqni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar.
1. Tabiiy va siyosiy–ma’muriy kartalardan hududning joy-lashgan o‘rnini aniqlash, uning chegaralarini va geografik asos elementlarini kalkaga ko‘chirish.
2. Hududning geologik tuzilishi va rel’efini tegishli kartalar asosida o‘rganish. Tabiiy, gipsometrik yoki geomor-fologik kartalardan foydalangan holda kalkaga asosiy oro-grafik elementlarni tushirish (baland tog‘lar, o‘rta tog‘lar va platolar, tekislik va pasttekisliklar, yirik daryo vodiylari).
3. Tuproq kartasidan asosiy tuproq xillarining tarqalish xususiyatlarini o‘rganish, bunda orografik elementlarning tuproq bilan bog‘liqlik xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Kalkaga tuproqlarning asosiy turlari va kichik turlari konturlarini tushirish (ularni belgilashda rangli fon va indekslardan foydalaniladi).
4. O‘simliklar qoplami kartasidan asosiy o‘simliklar assotsiatsiyalarining tarqalishini o‘rganish, ularning tuproqlar va hududning rel’ef xususiyatlari bilan bog‘liqliklarini aniq-lash. Kalkaga asosiy o‘simlik turlarining konturlarini tushi-rish, bunda shtrix usulidan foydalaniladi.
5. Bir xildagi rel’ef sharoitiga va tuproq–o‘simlik qoplamlari xususiyatlari bo‘yicha mos keladigan asosiy tabiiy rayonlashtirish chegaralarini tasvirlash. Bunda rayonlarni indekslar bilan (harflar va rim raqamlari), ularning chegara-larini yorqin rangli chiziqlar bilan ifodalash talab qilinadi. Tabiiy rayonlashtirishlar chizmasi alohida maxsus qog‘ozda amalga oshiriladi.
6. Tabiiy rayonlashtirish chizmasi legendasini tuzib chiqish. Ajratilgan rayonlar bo‘yicha karta legendasiga qisqacha tavsif berish. Bunda hududning rel’efi, tuprog‘i va o‘simlik qoplamlari xususiyatlari hisobga olinadi.
7. Ajratilgan rayonlarning qisqacha geografik tavsif-larini keltirish, bunda legendada ifodalangan ma’lumotlarga qo‘shimchalar ravishda iqlim ma’lumotlari (yanvar va iyul oyidagi o‘rtacha harorat, yog‘in-sochin miqdori, namlik va boshqa-lar), gidrologiya (oqim hajmi va h.k.), aholi (milliy tarkibi, joylashish xususiyati, zichligi va boshqalar), hududlardan xo‘jalik maqsadida foydalanish (sanoatning asosiy turlari, qishloq xo‘jaligining ixtisoslashuvi va boshqalar) tamoyillari keltiriladi. Tavsiflarni ishlab chiqishda atlasning tegishli kartalaridan foydalaniladi.
Ishning natijalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
a) asosiy orografik elementlar va tuproq–o‘simlik qop-lamlari chizmalari;
b) mintaqalarning tabiiy rayonlashtirish chizmasi;
v) ajratilgan hududlarning qisqacha tabiiy sharoiti va xo‘jalikdagi ahamiyati tavsiflari.
Do'stlaringiz bilan baham: |