Janubiy–G‘arbiy iqtisodiy rayon tarkibida Baden-Vyurtemberg, Reyland-Pfals, Gessen va Saar yerlari kiradi. Tabiiy sharoiti sanoat va qishloq xо‘jaligini rivojlantirish uchun juda qulay. XX asrning 50-yillaridan boshlab sanoatning yangi va о‘ta yangi tarmoqlari; mashinasozlik (avtomobilsozlik), elektrotexnika va elektronika, kimyo va neftni qayta ishlash an’anaviy tarmoqlar; toshkо‘mir qazib chiqarish, qora metallurgiya, aniq mexanika va optika, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Frankfurt, Shtutgart, Mangeym, Karlsrue shaharlari yirik sanoat markazlaridir.
Qishloq xо‘jaligida uzumchilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, tamakichilik rivojlangan bо‘lib, mamlakatning boshqa sanoat rayonlarini ushbu mahsulotlar bilan ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |