Janubiy iqtisodiy rayon tarkibiga Bavariya Respublikasi kiradi. Industrial ishlab chiqarish tarkibida umumiy va transport mashinasozligi (avtomobillar), 50-yillardan boshlab elektrotexnika va elektronika, samolyotsozlik va motorsozlik, harbiy sanoat, atom sanoati, kosmik-raketa sanoati, harbiy kimyo, neftni qayta ishlash, yengil va oziq-ovqat (pivo), о‘yinchoqlar, forfor-fayans va boshqa о‘ta zamonaviy sanoat tarmoqlari rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Yirik markazlar-Myunxen, Nyurberg va Augsburgda asosiy sanoat korxonalari tо‘plangan.
Sut chorvachiligi, chо‘chqachilik, tekislik va daryo vodiylarida bug‘doy, arpa, kartoshka, qand-lavlagi, sabzavotchilik, tamakichilik, xmel yetishtirish va uzumchilik rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |