Shimoliy iqtisodiy rayon tarkibida Meklenburg – Old Pomeraniya, Shlezvig-Golshteyn, Quyi Saksoniya yerlari, Gamburg va Bremen yer-shaharlari kiradi. Iqtisodiy rayon dengizbо‘yi holati va tashqi savdo aloqalariga xizmat qilish bilan ajralib turadi. Sertarmoq sanoat ishlab chiqarishiga, ega, ayniqsa, kemasozlik, avtomobilsozlik, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Iqtisodiy rayonda Gamburg (2,0 mln dan ortiq aholi) yirik sanoat va madaniyat markazi, xalqaro port, temir yо‘l, avtomobil va havo yо‘llari tugunidir. Shuningdek, Bremen, Emden, Rostok, Shverin, Kil, Lyubek, Volfsburg, Gannover, Braunshveyg, Zalsigitter shaharlari metallurgiya, mashinasozlik (avtombilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik), neftni qayta ishlash, kimyo va neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Sut chorvachiligi va chо‘chqachilik yetakchi tarmoq, dehqonchilikda roj, tariq, kartoshka, bug‘doy, qand – lavlagi va boshqa qishloq xо‘jaligi ekinlari yetishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |