Havo transporti dengiz transporti kabi mamlakat tashqi aloqalarida muhim rol o'ynaydi. Barcha savdo yarmarka markazlari mamlakat aeroportlarida joylashgan.
Germaniyada jami 16 ta xalqaro aeraportlar bo'lib, shu bilan birgalikda Frankfurt aeroporti yuk aylanmasi bo'yicha Yevropada birinchi, yo'lovchi tashish hajmi bo'yicha uchinchi o'rinni egallaydi.
Ichki tafovutlari va iqtisodiy rayonlari. Germaniyaning 40 bо‘lingan holda ikki ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy yо‘nalishda rivojlanishi oqibatida, sobiq GDR ijtimoiy-iqtisodiy va hududiy-xо‘jalik tarkibi, aholining turmush darajasi jihatidan GFR dan bir necha barobar orqada qolgan edi. Bugungi kunda Germaniyani iqtisodiy-geografik holati, tarixiy-iqtisodiy va bozor munosabatlarining rivojlanish xususiyatlari hamda hududlarning hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga kо‘ra ikkita yirik makroiqtisodiy rayonga – G‘arbiy va Sharqiy Germaniyaga bо‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |