Yevropa mamlakatlariga umumiy geografik tavsif
Yevropa nisbatan kichik qit'a bo'lsa ham, uning geografik o'rni bu yerda xilma-xil iqlim mintaqalari va tabiat zonalarining shakllanishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun ham qit'aga xilma-xil tabiiy sharoit xosdir.
Yevropa har xil relyef shakllari — tekislik va pasttekisliklar, qir va tog’lar mavjudligi bilan ajralib turadi. Yevropada 26 ta har xil morfostruktura, 9 ta tabiiy-geografik o'lka ajratiladi. Yevropada o'rtacha balandlikdagi tog'lar esa ancha katta maydonni egallaydi. Ularning ko'pchiligidan dovonlar orqali transport yo’llari o'tkazilgan.
Yevropa hududi G'arbiy, Shimoliy, Janubiy va Sharqiy Yevropaga taqsimlanadi.
Yevropada murakkab demografik vaziyat mavjud bo'lib, u mamlakatlar va regionlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta ta'sir ko'rsatmoqda. Jahon miqyosida eng past darajadagi tug'ilish va tabiiy o'sish mavjud bo'lgan Yevropaga hozirgi vaqtda barqaror tarzda «Demografik qish» holati xosdir. Tug'ilish va tabiiy o'sish sur'atlari XX asrning ikkinchi yarmida keskin qisqardi.
Yevropada murakkab demografik vaziyat mavjud bo'lib, u mamlakatlar va regionlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta ta'sir ko'rsatmoqda. Jahon miqyosida eng past darajadagi tug'ilish va tabiiy o'sish mavjud bo'lgan Yevropaga hozirgi vaqtda barqaror tarzda «Demografik qish» holati xosdir. Tug'ilish va tabiiy o'sish sur'atlari XX asrning ikkinchi yarmida keskin qisqardi. Tug'ilish 26-28 promilledan 11—13 promillega, tabiiy o'sish 16—18 promilledan 2—4 promillega tushib qoldi. Tug'ilish va tabiiy o'sish darajalarining keskin pasayishi har xil sabablar bilan bog'langan.
Hozirgi vaqtda tug'ilishning nisbatan yuqori ko'rsatkichlari Irlandiya, Luksemburg, Malta, Islandiya va Makedoniya mamlakatlariga xosdir. O'rtacha tug'ilish darajasi Avstriya, Shvetsariya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Gretsiya, Finlyandiya, Fransiya, Slovakiya, Shvetsiyada kuzatilmoqda.
Yevropa — aholi migratsiyalarining ham yirik markazi hisoblanadi. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan beri Yevropa aholisi okeanorti mamlakatlariga ko'chib o'tadigan eng katta region hisoblanadi.
Ispaniya subtropik mintaqada joylashgan. Hududining aksar qismi yassitog'lik, o'rtacha balandlikdagi tizmalar, yassitog'liklar va pasttekisliklardan iborat. Syerra-Nevado tizmasidagi Mulasen tog'i (3478 m) Ispaniyadagi eng baland tog'dir. Mamlakatning asosiy daryolari: Tixo, Ebro, Gvadalkvivir, Dyeero, Gvadiana va boshqalar. Ispaniyada uran, mis, simob, qo'rg'oshin, temir, volfram, qalay, oltin, kumush, margimush, marganes konlari bor. Hududning 31% i ekin ekiladigan yerlar. 31% o'rmonlar va butazorlar, 21% o'tloq va yaylovlardan iborat.
Ispaniya subtropik mintaqada. Qirg‘oq chizig‘ining uzunligi orollar bilan birga 5 ming km dan kо‘proq. Ispaniya hududining aksar qismi plato, о‘rtacha balandlikdagi tizmalar, yassitog‘liklar va pasttekisliklardan iborat. Platolarning balandligi shimoli-g‘arbda 800— 1000 m, janubi-sharqda 500—600 m. Ular о‘rtasida janubi-g‘arbdan shimoli-sharqda yо‘nalgan Markaziy Kordilyera tog‘ tizmalari bor. Ispaniyaning shimoli-g‘arbida Galisiya massivi va Leon tog‘lari, Biskay qultig‘i sohilida Kantabriya tog‘lari bor. Ular sharqda Pirenei tog‘lariga ulanib ketadi. Janub va janubi-sharqida Andalusiya tog‘lari, janubi-g‘arbida Andalusiya pasttekisligi bor. Syerra-Nevada tizmasidagi Mulasen tog‘i (3478 m) Ispaniyadagi eng baland tog‘dir. Ispaniyada uran, mis, simob, qо‘rg‘oshin, temir. volfram, qalay, oltin, kumush, margimush, marganets konlari bor. Toshkо‘mir, kaliy tuzi, kaolin, apatit ham qazib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |