O'zbekiston-Yaponiya. O'zbekiston Respublikasi va Yaponiya o'rtasida keying yillarda iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib, kengayib bormoqda. “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yaponiya bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun g'oyat muhim ahamiyat kasb etishini nazarda tutib, ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikning barcha sohalarini qamrab olgan hujjatlar, xususan, 1999-yil 4 -mayida “O'zbekiston Respublikasi va Yaponiya o'rtasida iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish to'g'risida” hamda 1999-yilning 20- dekabrida “O'zbekiston Respublikasi va Yaponiya o'rtasida iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qarorlami qabul qildi”7.
Ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarining rivojlanishi borasida asosiy vazifalar savdo, investitsiya, texnologiya va ta’lim sohasidagi hamkorlikni taraqqiy ettirish hisoblanadi. Bundan tashqari, O’zbekiston va Yaponiya davlatlari
Afg’oniston hududida tinchlik o’matish tarafdori hamda Yaponiya davlati Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli hudud ekanligini qo’llab-quwatlaydi.
2019-yilga kelib o'zaro tovar ayirboshlash hajmi Yaponiya bilan 413,6 million AQSH dollarini tashkil etdi. Yuqoridagilami inobatga olgan holda Yaponiya 1991 - yil 28-dekabrda O'zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo'lib tan oldi va aloqalar yildan yilga mustahkamlanib bormoqda.
O'zbekiston-Janubiy Korey a. Janubiy Koreya bilan hamkorlik ham O'zbekiston tashqi siyosatining eng muhim yo'nalishlaridan hisoblanadi. Tarixan qisqa davr mobaynida O’zbekiston va Koreya Respublikasi siyosiy, savdo-sarmoyaviy va madaniy-gumanitar yo’nalishlardagi o’zaro manfaatli hamkorlik bo’yicha salmoqli tajriba to’pladilarki, bu ikki mamlakat o’rtasida kelajakda ham amalga oshiriladigan uzoq muddatli loyihalar uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda strategik hamkorlik tufayli mamlakatimizning ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan yuqori texnologiyalar, investitsiyalar kirib kelmoqda. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish kerakki, O’zbekiston va Koreya Respublikasi iqtisodiy va investitsion hamkorligining rivojlanishida sezilarli yutuqlarga erishgan bo’lsada, uning ko'lamini yanada kengaytirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, energetika, to’qimachilik, metallurgiya, elektronika, yuqori texnologiyalar va iqtisodiyotning boshqa sohalarida hamkorlikni yuqori darajaga ko’tarish davlatlarimiz o’rtasidagi istiqbolli aloqalami rivojlantirish uchun siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy asos bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston va Janubiy Koreya iqtisodiy hamkorligi 2019-yilga kelib o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 755,4 million AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko’rsatgich O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasida 4-o’rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |