85
uchun chet eldan keltirilgan yordam uchun ko‘pgina imtiyozlar joriy etilgan.
Mamlakatning asosiy savdo sheriklari AQSH. Buyuk Britaniya. Yaponiya. Germaniya.
Mamlakatda yetishtiriladigan choy. to‘qimaChilik mahsulotlari. tibbiy dori-darmonlar ko‘p
mamlakatlarda yaxshi ma‘lum.
Eksportning 60% dan ortig‘i sanoata rivojlangan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. hozirgi
kunda iqtisodiy o‘sish sur‘atlari ancha yuqori. YaMM 125.390 mlrd. AQSH dollar.
jon boshiga
esa 1.360 AQSH dollar. Temir yo‘llarining uzunligi 61850 km.. avtomobil‘ yo‘llarining uzunligi
esa 1.970 ming km. Asosiy dengiz portlari: Bombey va Madras.
Hindiston dunyoning eng qadimiy va madaniyati yuksak mamlakatlardan biri bo‘lib
hisoblanadi. SHuning uchun ham xorijiy turistlarni bu mamlakatga qiziqishlari katta. hindistonda
xalqaro turizmni rivojlantirish imkoniyatlari juda katta. Hindistonning tarixiy-me‘moriy
yodgorliklari. tarixiy joylari. muqaddas ziyoratgohlari xorijiy turistlar xordiq chiqarishi uchun
qulay bo‘lgan milliy ruhdagi dam olish maskanlari. tabiati an‘anaviy hunarmandchilik. xalq
ommaviy san‘ati dunyo aholisini doimiy ravishda jalb qilib kelgan. 2002 yilda hindistonga 2.649
mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. Janubiy Osiyo mamlakatlariga
qilingan tashriflarning
43.4% Hindistonga to‘g‘ri kelgan.
Hindiston mamlakatining xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijasi
ko‘rsatishicha jahon turistik tashriflarining 0.38%i. Janubiy
Osiyo mintaqasiga qilingan
tashriflarning 43.4%i hindiston mamlakatiniga to‘g‘ri kelgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda
xorijiy turistlar tashrifi 6.7% ga ko‘paygan (5.13.1-jadval).
Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 0.42%i.
Janubiy
Osiyo mintaqasi tushumlari bo‘yicha 43.1% ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda
daromadlar miqdori 2.2% ga o‘sganligi kuzatilgan. Har bir xorijiy tashrif Hindistonda 765
AQSH dollarini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich jahon bo‘yicha 13.3% ga.
Osiyo mintaqasi
bo‘yicha 6.2% ga yuqori bo‘lgan.
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida Buyuk Ipak yo‘li orqali qadimdan yaxshi iqtisodiy
va madaniy munosabatlar mavjud bo‘lgan. Bobur va uning avlodlari bu ikki xalq o‘rtasidagi
aloqalarni yanada mustahkamlagan.
O‘zbekiston bilan Hindiston respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar rasmiy
ravishda 1992 yil 18 martda o‘rnatilgan bo‘lib. ikki davlat o‘rtasidagi
iqtisodiy va madaniy
aloqalar yildan-yilga rivojlanib bormoqda.
Hindistonlik quruvchilar Toshkent. Samarqand va Buxoro shahalarida 3 ta super
mehmonxonalarni qurib. ishga tushirdilar. hozirga kunda Toshkent Dehli shaharlari o‘rtasida
samolyot qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 15 mln. AQSH
dollarini tashkil qiladi. 30 dan ziyod qo‘shma korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: