59
tashkil qiladi. Yirik shaharlari Afina. Soloniki. Patri. Ralos va Irkalion. Yevropa Ittifoqi a‘zosi.
2002 yilda yevroga o‘tilgan.
Gretsiya industrial-agrar davlat bo‘lib. o‘rtacha iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega.
Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha. Yevropa mamlakatlari ichida 15-chi. ya‘ni eng oxirgi
o‘rinda turadi. Aholining asosiy qismi ishlab-chiqarishdan tashqari.
xizmat sohalarida faoliyat
yuritadilar. 1980 yillarda tarkibiy qayta qurish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy inqiroz ro‘y beradi.
Bu jarayon asosiy iqtisodiy tarmoqlarda kuzatiladi. Faqat 1990 yillar boshlaridan iqtisodiy
yuksalish boshlanadi. jumladan. qishloq xo‘jaligida o‘sish 1%. sanoatda 0.4%. xizmat sohalarida
2.2%ga o‘sish kuzatildi.
YaMM 93.0 mlrd. AQSH dollari. YaMMning 9.5%i turizm sohasiga to‘g‘ri keladi.
Gretsiya jahon madaniyati o‘chog‘idir. Elladaning jahonga
mashhur arxeologik va
me‘morchilik yodgorliklari Afinadagi Akropol‘. Korinf. Miken. Olimp ma‘budalari va boshqalar
dunyo aholisini o‘ziga jalb etib kelgan. Qadimgi yunon olimlari va donishmandlarining asarlari
hozirgi zamon ilm-fani uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. SHu yerdan Yevropa poeziyasi.
dramaturgiyasi boshlanadi. Qadimgi Elladada demokratiya asoslari yaratilgan.
Afinada
demokratiya asoslari yaratilishining 2500 yilligi tantanali ravishda bayram qilindi.
Gretsiya ko‘p yillar davomida turizmning bir yo‘nalishi-tarixiy. madaniy yo‘nalishida
rivojlanganligi sababli. ommaviy turizm uning uchun yangi yo‘nalish hisoblanadi. Asosan
AQSH turistlarini jalb qiladigan tarixiy-madaniy turizm urushdan
keyingi yillarda jadal
rivojlandi.
Gretsiya demokratik rivojlanish yo‘liga o‘tgandan keyin mamlakatda plyaj turizmi juda
tez rivojlana boshladi. 1970 yillarda Gretsiyada asosan Buyuk
Britaniya va Germaniyadan
turistlar tashrif buyurar edilar. 1980 yillarga kelib Yevropaning turli mamlakatlari turistlari
Gretsiyada ommaviy turizmning boshqa turlarini rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydilar.
Bunga
Gertsiyaning qulay geografik joylashuvi va barqaror iqtisodiy. siyosiy holati turtki bo‘ldi. 1992
yilda bu yerga tashrif buyurgan turistlar soni 7 mln. kishini tashkil etdi. Gretsiya turizmini
rivojlanishida Buyuk Britaniya turizm bozori muhim rol o‘ynaydi.
Oxirgi yillarda tashrif
buyuruvchi turistlar salmog‘i 10% dan 22% gacha o‘sganligi kuzatilgan.
Gretsiya turizm maskanlariga Germaniya mamlakati turistlari umumiy turistlarning
19.9%ni. Italiya 6.4%ni. Frantsiya 5.6%ni tashkil qiladi. Tashrif
buyuruvchi turistlardan
Ispanlarning 41%. Yaponlarning 35%. Italiyaliklarning 25% Gretsiya madaniy-tarixiy turizmini
xush ko‘radilar. 2000 yilda Gretsiya turizm markazlariga 12 mln. 500
ming xorijiy turistlar
tashrif buyurgan. yillik o‘sish 2.8%ni tashkil etadi. Gretsiyaning internet orqali turistik
mahsulotlarni sotish ulushi 2000 yilda 8% ni tashkil etadi.
Gretsiya mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy
tahlil natijalarini
ko‘rsatishicha. jahon bo‘yicha turistik tashriflarning 2.0%i Gretsiya mamlakatiga to‘g‘ri keladi.
2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 0.9% ga ko‘paygan.
Daromadlar bo‘yicha jahon turizm daromadlaring 2.1%i bu mamlakatga to‘g‘ri kelgan. 2001
yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 3.1%ga o‘sgan.
Evropa mintaqasi bo‘yicha xalqaro turistik tashriflarning 3.5%i. daromadlar miqdori
bo‘yicha 4.1% ni tashkil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: