Geografiya kafedrasi


 Frantsiya davlatining turizm iqtisodi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/242
Sana01.02.2022
Hajmi3,43 Mb.
#423985
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   242
Bog'liq
Туризм Географияси мажмуа 2021

5. Frantsiya davlatining turizm iqtisodi
Frantsiya Yevropaning Farbiy qismida joylashgan davlat bo‘lib. hududi 674.6 ming 
kv.km.. aholisi 68.1 mln. kishini tashkil etadi. Yirik shaharlari Parij. Lion. Marsel‘. Tuluza. 2002 
yildan Yevroga o‘tgan. Katta Yettilik. Yevropa Ittifoqi. BMT xavfsizlik kengashining doimiy 
a‘zosi.
Frantsiya yuksak darajada rivojlangan industrial agrar davlatdir. Frantsiya boy va 
qadimiy madaniyat o‘chog‘i hisoblanadi. 
Turizm Frantsiya iqtisodiyotida muhim o‘rinni egallaydigan sohalardan biri hisoblanadi. 
Qimmatli kurort va ajoyib otellar mamlakatning Lazur qirg‘og‘ida joylashgan va bu yerda 
xorijiy ishbilarmonlar o‘z sarmoyalarini sarflaydilar. SHu bilan birga ancha arzon keng xalq 
ommasi uchun mo‘ljallangan dam olish maskanlari ham anchagina. O‘rta yer dengizi sohilidagi 
bu oromgohlardan tashqari. turizm Atlantik okeanining janubiy-g‘arbiy qirg‘og‘ida hamda 
Shimoliy dengiz atrofida rivojlangan. Frantsuz Al‘p tog‘lari turistlarni yil bo‘yi jalb etadi. 
Mehmonlarga ko‘rsatiladigan xizmat (servis) nihoyatda yuqori darajada va yiliga katta daromad 
keltiradi. Frantsiyaga yiliga 95 mln. turistlar kelib ketadi. va 74 mlrd. dollar foyda keltiradi. 
Frantsiya turizm sohasi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi.
Frantsiyaning ichki turizm bozori boshqa Farbiy Yevropa davlatlarining ichki turizm 
bozoridan tubdan farq qiladi. Birinchidan. frantsuzlarning juda oz miqdori o‘z ta‘tillarini o‘zga 
davlatlarda o‘tkazadi. bu bir yilda 18%ga to‘g‘ri keladi. Ikkinchidan. bu yerda ta‘til davrining 
qizg‘in pallalari mavjud: iyul va avgust oylarida o‘quvchilar ta‘tillari. qisqa rojdestvo ta‘tillari. 
fevral oyida esa pasxa davridagi ta‘tillar boshlanadi. Uchinchidan. frantsuzlar avtomobillarda 
sayohat qilishni xush ko‘radilar. bu ko‘rsatkich 81%ni tashkil qiladi.
Frantsuzlarning 50%ga yaqini o‘z ta‘tillarini yozda dengiz bo‘yida. 25% qishloq 
joylarida. 17% esa tog‘ kurortlarida o‘tkazadilar. CHet elga chiqish turizmiga kelsak. 
frantsuzlarning 5%igina Pekij turlar bo‘yicha va 6%i aviatransportlarda sayohat qiladilar. 1991 
yilda Ispaniya Frantsiyadan 8 mln. turist. Italiya esa 7.3 mln. turistni qabul qildi. Hozirgi paytga 
kelib frantsuzlar AQSH. Osiyo kabi uzoq hududlarga sayohat qilishni ma‘qul ko‘rmoqdalar. Ish 
yuzasidan bo‘ladigan sayohatlarning aksariyati Germaniya va Buyuk Britaniyaga to‘g‘ri keladi. 
1980-2000 yillarda xorijiy turistlarning Frantsiyaga kelishi keskin o‘sdi va 29 mln. dan 75.5 mln. 


56 
kishiga yetdi. 
Frantsiya uchun eng asosiy katta bozor - bu Germaniya hisoblanadi. U yerdan umumiy 
keladigan turistlarning 25 foizi tashrif buyuradi. ya‘ni yiliga 18.5-19.0 mln. mehmon kelishi 
kuzatiladi. Germaniyadan keyin Buyuk Britaniya. Bel‘giya. Italiya. Shvedsariya. Niderlandiya 
va boshqa mamlakatlar turadi. Frantsiyaga keluvchi turistlar ko‘proq Frantsiya Riv‘erasida. Parij. 
Al‘p. Akvitaniya. Langedok-Russilionlarda dam olishni xush ko‘radilar. 
Frantsiya davlati muvozanatini saqlagan holda hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish 
maqsadida mehmonlarni qabul qilish uchun muntazam ravishda qishloq joylarni rivojlantirishga 
katta e‘tibor qaratadi. Bu sa‘i-harakatlar. birinchi navbatda. chet el turizmini emas. balki ichki 
turizmni rivojlantirishga qaratilgan edi. 1967 yilda Frantsiya rahbariyati tomonidan Akvitaniyada 
qishloq joylarda turizmni rivojlantirish rejasi qabul qilindi. Bu rejaga ko‘ra dengiz bo‘yi 
qirg‘oqlari 16 sektorga bo‘linib. ulardan 9 tasi turizmni rivojlantirish uchun. ya‘ni plyajlar. dam 
olish zonalari. suv sportlari qurilishi lozimligi. qolgan 7 ta sektor esa «yashil zona» deb 
nomlanib. u yerdagi landshaft va yovvoyi tabiatni saqlab qolish ko‘zda tutilgan edi. Bu rejaga 
ko‘ra. amaldagi Arkashon va Biarits kabi faoliyat ko‘rsatayotgan kurortlarni saqlab qolish. 
yashash joylarni kengaytirish va nihoyat Moliets kabi yangi kurortlarni qurish lozim edi. Yangi 
ob‘ektlarni qurish. rejalashtirish mamlakatni ichki turizm talablarini qondirish maqsadida amalga 
oshirilar edi. Ushbu loyiha amalga oshishi bilan turizm sezilarli darajada rivojlandi. Bu xolatga 
1980 yillardagi iqtisodiy inqiroz ham ta‘sir ko‘rsata olmadi. 1964 yilda hududiy turizm sektorini 
rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida frantsuz hokimiyati rejaning amalga oshirish dasturini 
ishlab chiqdi. Bu dasturga asosan 5 ta turistik yashash joylari. ularni bog‘lovchi yo‘llar va 
avtomobil‘ trassalari qurish ko‘zda tutilgan edi. 1990 yilda bu dasturni amalga oshirish uchun 
hududda turizmni rivojlantirish uchun belgilangan mablag‘ning 24%i ajratildi. Dasturga 
muntazam ravishda o‘zgartirishlar kiritildi. uni amalga oshirish hududda o‘tkazilayotgan turistik 
kunlarni oshishiga olib keldi. Natijada 1990 yilga kelib turistlarning soni 5 mln. kishiga yetdi. 
Turizmning rivojlanishi hudud iqtisodiyotiga katta ta‘sir ko‘rsatayotgani tan olinib. Frantsiya 
hukumati avtomobil‘ yo‘llarini kengaytirish va ekologiyani yaxshilash ishlariga katta mablag‘ 
ajratdi. Yaqin yillarda ichki turizm modelini o‘zgartirish. yoz mavsumida yashash joylariga 
bo‘lgan talabni oshirish uchun Frantsiyada imkoniyatlar ko‘p. La-Manshdagi tunnelning 
oChilishi Buyuk Britaniyalik turistlar oqimini ko‘payishiga va xorijiy turizm modelini 
o‘zgartirishga olib keldi. Natijada 2000 yil Frantsiyaga Yevropa mamlakatlari ichida eng ko‘p. 
ya‘ni 75.5 mln. turistlar tashrif buyurdi. 1999 yilga nisbatan 2000 yilda xorijiy turistlar oqimini 
o‘zgarishi +3.4%ni tashkil qildi (3.5.1-jadval). 
Frantsiya mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini 
ko‘rsatishicha jahon bo‘yicha turistik tashriflarning 11.0%i Frantsiya mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 
2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 2.4%ga ko‘paygan. 
Daromadlar bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 6.8%i bu mamlakatga to‘g‘ri kelgan. 
2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 7.8%ga o‘sgan. 
Evropa mintaqasi bo‘yicha xalqaro turistik tashriflarning 19.3%ni. daromadlar miqdori 
bo‘yicha 13.4%ni tashkil qilgan. 
Frantsiya mamlakati xorijiy turistlar qabuli bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. 
YaMMning 11.7%ni turizm tushumlari tashkil etadi. 2002 yilda har bir xorijiy tashrif 1200 
AQSH dollarini tashkil qilgan. 
O‘zbekistonni Frantsiya 1992 yili tan olgan va elchixonalar darajasida diplomatik 
munosabatlar o‘rnatilgan. 
O‘zbek va frantsuz olimlari Samarqanddagi Afrosiyobni yangidan o‘rganish ishlarida 
katta ish olib borishmoqda. Madaniy va ma‘rifiy sohada o‘zaro hamkorlik tobora rivojlanmoqda. 
Toshkent - Parij shaharlari o‘rtasida bevosita aviatsiya qatnovi o‘rnatilgan.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish