Portugaliya davlatining turizm iqtisodi Portugaliya Yevropaning janubiy-g‘arbida. Pireney yarim orolining g‘arbiy qismida
joylashgan davlat. Unga Atlantika okeanidagi Azor va Madeyra orollari ham kiradi. Hududi
92.185 kv.km.. aholisi 12.5 mln. ga yaqin kishini tashkil etadi. Portugaliya industrial-agrar
mamlakat. Yevropa Ittifoqi a‘zosi. Yirik shaharlari Lissabon. Portu. Braga. Setubal va Evora.
Portugaliya davlati qadimgi madaniyat o‘choqlaridan biri hisoblanadi.
Portugaliya iqtisodiyotida muhim tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. an‘anaviy
sanoat va qishloq xo‘jaligi o‘rniga maishiy xizmat sohalari ustuvorligi kuzatilmoqda. Xizmat
sohalarida aholining 42% band bo‘lib. YaIMning 51% huddi shu sohada yaratilmoqda.
Portugaliya iqtisodiyotida xizmat sohalari rolining ortib borishi turizm sohasida yaqqol ko‘zga
tashlanadi.
Portugaliya Ispaniya turizm sanoatidan hajmiga nisbatan ancha farq qiladi. ammo
ularning ijobiy tomonlari ham anchagina. ikkala mamlakatda ham turistik sektor katta bo‘lmagan
hududlarda. mamlakat ichkarisida. ya‘ni janubiy qirg‘oqlarda joylashgan. Shimoliy Atlantika
okeani qirg‘oqlarida turistlar kam bo‘ladi. Portugaliya Ispaniya kabi Atlantika Okeanida.
Afrikaning g‘arbiy qirg‘oqlarida o‘z hududlariga ega. Bu Madeyra orolidir. Bu yerdagi iqlimning
yumshoqligi turistlarni o‘ziga jalb qiladi. Bu mamlakatda ichki va chetga chiqish turizmi kam
rivojlangan. ichki turizm hajmi hozircha kichik va faqat aholining 1/3 qismigina ta‘tillarini o‘z
mamlakatlarida o‘tkazadilar. Mamlakatda chetga chiqish turizmi ham uncha katta emas. 1986
yilda mamlakat aholisining faqat 8%igina chet mamlakatlarga sayohatlarga chiqqan. Portugaliya
bir yilda 20 millionga yaqin turistlarni qabul qiladi. lekin ularning asosiy qismini quyoshli
Ispaniya mamlakatining bir kunlik turistlari tashkil etadi. Portugaliyada xalqaro turizm 1980-
1990 yillarda jadal rivojlandi. Portugaliya turistik bozorini turistlar bilan ta‘minlovchi
mamlakatlar qatoriga Buyuk Britaniya umumiy tarzda tashrif buyuradigan turistlarning 13.5%ni.
Germaniya 9.1%ni. Frantsiya 7.7%ni. Italiya 2.9%ni. Niderlandiya 3.8%ni. AQSH 1.7%ni
tashkil qiladi.
2000 yil Portugaliya turistik markazlariga 12 million chet ellik turistlar tashrif buyurgan.
yillik o‘sish esa +3.2%ni tashkil etadi. Portugaliyaning internet orqali turistik mahsulotlarni
sotish ulushi 2000 yilda 8%ni tashkil etgan (3.7.1-jadval). Portugaliya mamlakati xalqaro turizm
harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalari ko‘rsatishicha. jahon bo‘yicha turistik tashriflarning
1.7%i Portugaliya mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar
tashrifi 4.1%ga kamaygan.Daromadlar bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 1.2%i bu
mamlakatga to‘g‘ri kelgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 7.5%ga o‘sgan.
Yevropa mintaqasi bo‘yicha xalqaro turistik tashriflarning 2.9%i. daromadlar miqdori bo‘yicha
2.5%ni tashkil qilgan. Portugaliya respublikasi O‘zbekiston Respublikasini 1992 yilning 16
yanvarida tan olgan va 1992 yil 12 avgustda diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.