Germaniyada ta’til sayohatlarining tashkil etilishi
Yillar
Turoperator sayohatlari
salmog‘i
Individual sayohatlar salmog‘i
1970
17%
83%
1980
26%
74%
1990
38%
62%
1992
42%
58%
1994
43%
57%
1996
42%
58%
1997
43%
57%
1999
47%
53%
2000
50%
50%
MANBA: Leitfaden zum DRV-Existenzgruenderpaket 2000
.
49
2001 yilda Germaniya turoperatorlar va turagentlar bozorida 19822 ga yaqin turistik
tashkilotlar 23.8 mlrd. yevro miqdoridagi oborotga (aylanma) erishdi. Turizm bozorining 50.0%
turagentlik zanjirlari va kooperatsiyalar tomonidan nazorat qilinadi.
Germaniyada turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyati uchun erkinlik mavjud. ya‘ni
turagentlik yoki turoperatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalashtirish jarayoni
yoki ruxsatnomalarni chegaralash kabi hollar kuzatilmaydi. Buning uchun avvalo tadbirkorlik
faoliyati qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tish lozim. SHu bilan birga kasb-hunar jamiyati. tadbirkolikni
nazorat qilish qo‘mitasi. sanoat va savdo nazorati organlarining ro‘yxatlaridan o‘tiladi.
SHuningdek. Moliya vazirligining joylardagi tegishli idoralari ro‘yxatidan o‘tib. soliq to‘lov
raqami olish kerak. Korxonaning soliqqa tortilish tartibi quyidagicha:
- daromadga bog‘liq bo‘lgan soliq (daromad korporatsiya. tadbirkorlik faoliyati solig‘i);
- mulkka bog‘liq bo‘lgan soliq (mulk. tadbiirkorlik faoliyati yer solig‘i);
- aylanma oborot solig‘i;
- korporatsiya solig‘i (kapital jamiyatlarida).
Turistik korxonaning tashkiliy hududiy tuzilishi ko‘proq korxona iqtisodi. soliq. fuqarolik
hududi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tanlanishi kerak. Bunda korxonaning mas‘uliyati
cheklanganligi va soliqni minimallashtirish istagi muhim ahamiyat kasb etadi. Muhimi rahbarlik
huquqi. o‘z kapitali bilan ta‘minlanish imkoniyati kabilarga bog‘liq bo‘lgan maxsus talablarga
javob berish uchun oqilona shartnoma tuzilishi kerak. Undan tashqari. tashkiliy-hududiy tizim
shunday tanlanishi kerakki. kelajakda korxonaning o‘sishi uchun yetarli darajada taraqqiyot
imkoniyatlari mavjud bo‘lsin.
Tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish barcha korxonalar uchun majburiydir.
Kapital tashkilotlari (masalan MGHJ) savdo rejasiga kiritilishi kerak. SHaxsiy jamiyatlar orasida
―ochiq savdo jamiyati‖ (ONG) va ―kommandit jamiyati‖ (KG) majburiy ravishda savdo reestriga
kiritiladi.
Yakka holdagi tadbirkorlar uchun savdo reestriga kiritilish majburiyati ularning oboroti
hajmiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi.
1994 yil bahorida Germaniya parlamenti pekij tur hududiga o‘zgartirishlar kiritdi.
Ularning mohiyati shundan iboratki. turoperator mijozlarning oldindan to‘langan pullarini va
ularning sayohatdan qaytishlarini o‘zining bankrotga uchrash xavfidan saqlanishini kafolatlashga
majburdir.
Germaniya turizm industriyasining eng muhim tashkilotlaridan biri Germaniya Turizm
Markazi - Deutshe Zentrale fuer Tourismus (keyinchalik GTM)-Germaniya federal xukumati
tomonidan turizmni boshqarish va nazorat qilish uchun mac‘ul milliy tashkilot hisoblanadi.
Uning bosh idorasi Frankfurt Maynda joylashgan. GTM milliy turizm tashkiloti sifatida xorijda
GFR ga sayohat trasportini jalb qilish. bunda keng qamrovli milliy va xalqaro korxonalr bilan
hamkorlik qilish hamda o‘z malakasi va soha bo‘yicha olgan tajribalarini Federal Xukumat va
boshqa turizm masalalari bo‘yicha mas‘ul idoralar ixtiyoriga taqdim etish va taklif kiritish bilan
shug‘ullanadi. Mazkur faoliyati bilan GTM xalqlarning o‘zaro bir-birini anglashlariga o‘z
hissasini qo‘shib kelmoqda. GTMning tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak. bu tashkilot 1948
yilda tashkil topgan. Undan avval ish yuritgan tashkilot esa 1920 yili vujudga kelib.
―Reichszentrale fuer Deutsehe Verkehrswerfung‖. ya‘ni «Germaniya Transport Reklamasi
Davlat Markazi» deb atalgan. 1939 yilda bu tashkilotning dunyo bo‘ylab 40-ta axborot agentligi
bo‘lgan.
GTM malakali. professional va inovativ ravishda Germaniya turizmi uchun marketing
tadbirlarini o‘tkazuvchi organ hisoblanadi. Uning faoliyatini mablag‘ bilan ta‘minlashning 80
foizi FITV tomonidan amalga oshiriladi. GTM 50 yildan ortiq vaqtdan beri xorijda barcha
maketing tadbirlarini rejalashtirish. kordinatsiya qilish va amalga oshirish ishlarini amalga
oshirib kelmoqda. Ichki hududlararo marketing faoliyatini 1999 yil 1 yanvardan beri yuritib
kelayotgan bu tashkilotning strategik poydevorini Germaniyaning turli hududlariga ta‘til
sayohatlarini talabga yo‘naltirilgan ravishda amalga oshirish faoliyatlarini tashkil etmoqda. GTM
milliy turistik tashkilotlarni va xizmatlarni xalqaro turizm bozorida sotishning muhim
50
vazifalarini o‘z zimmasiga olgan. Bular tarkibiga barcha marketing tadbirlari hamda sotishni
rivojlantiruvchi faoliyatlar kiradi. GTM yaqin kelajakka mo‘ljallangan strategiyalarini amalga
oshirishda Germaniya turizmi bilan hamda iqtisodiyot sohasi va birlashmalardagi tadbirkorlar
bilan mustahkam aloqalarni vujudga keltirgan. Bu esa maqsadlarga erishishida muhim tayanch
nuqtasi hisoblanadi.
GTM o‘z faoliyati davomida quyidagi maqsad va srategiyalarni ko‘zlaydi:
-sayohatdan keladigan umumiy tushumni oshirish;
-Germaniyani iqtisodiy hudud sifatida kuchaytirish;
-Germaniyani har tomonlama ko‘rkam sayohat mamlakati sifatida namoyish etish.
Butun dunyo bo‘ylab GTMning 28 ta xorijiy vakolatxonalari va savdo shaxobchalari
mavjud. Ular turistik mahsulotlarni o‘tkazishda asos bo‘lib hisoblanadilar va Germaniyani
sayohat mamlakati sifatida imkon qadar butun dunyoga tanitish uchun harakat qiladilar. Mazkur
vakolatxonalarning 12 tasi GTMning o‘z vakolatxonalari. 16 tasi esa ―Deutsche LufthansaAG‖
hamda ―Deutcher Industrie-und Handelstag‖ kabi hamkorlar tarkibidagi sotish agentliklaridan
iborat. Ularning rejasi buyudjet imkoniyatlariga qarab. rivojlanib borayotgan bozorlarga sotish
strukturasini tobora kengaytirish.
Hozirgi kunda GTMning 41 ta a‘zosi bo‘lib. shulardan eng muhimlari quyidagi korxona
va tashkilotlardir:
Accor Hotellerie Deutschland G m bH.
Arbeitsgemeinschaft Deutscher Verkehrsflughaefen.
ASR-o‘rta toifadagi turistik korxonalar uyushmasi.
Autobahn Tankg‘ Rast GmbH.
Germaniya Turizm Iqtisodi uyushmasi.
Germaniya mehmonxonalari uyushmasi.
Germaniya turizm uyushmasi.
Germaniya Turoperatorlari va Turagentlari uyushmasi.
Evropa Turizmsug‘urta tashkiloti.
RDA - Xalqaro Avtobus Turizmi uyushmasi.
Deutsche Bahn AG.
Deutsche Lufthansa AG.
Deutscher Industrie-und Handelstag.
Magic Cites Germany.
Steigenberger Hotels AG.
TUI.
GTM o‘z faoliyatida marketing rejasiga tayanadi. Bu reja uning a‘zolari va tashqi
transport xo‘jaligi oldida ovozga qo‘yilgan va boshqaruv kengashi tomonidan qabul qilingan
bo‘ladi. Reja asosan 2 yilga tuzilib. o‘z mohiyatiga ko‘ra. barcha operativ vazifalarni
rejalashtirish va bajarish uchun boshqarish vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Marketing rejasida bozor tadqiqoti natijalariga asoslangan holda GTM marketing ishining
maqsadalri va maqsadli guruhlari aks ettirilgan hamda mazkur maqsadli guruhlar bilan
muvaffaqiyatli aloqa o‘rnatishga va har bir rejalashtirish davri uchun o‘rtacha ehtiyojni
raqamlarda aks ettirishga va xususiylashtirishga imkon beruvchi strategiyalar va instrumentlar
sanab o‘tilgan bo‘ladi.
Turistlar salohiyatining qanday qamrovda va jadallik bilan rivojlanish mumkinligi
GTMning moliyaviy jihatdan ta‘minlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Germaniya turizmini mamlakat ichida rivojlantirish uchun GTM quyidagi marketing
tadbirlarini amalga oshiradi:
- u yangi iste‘molchilar istaklariga moslashtirilgan mavzularni takomillashtiradi;
- turistik mahsulotni takomillashtirishni qo‘llab quvvatlaydi;
- sayyohlik agentliklaridagi savdo sotiqni rag‘batlantiradi;
51
GTM turagentlar va turoperatorlardan tortib. sotish kanallari hamda reklama markazlari
orqali. joylardan boshlab hududlargacha - barcha iqtisodiy hamkorlar va birlashmalarning
uyushishi. o‘zaro muloqatda bo‘lishlari hamda mablag‘ bilan ta‘minlash imkoniyatlarini
takomillashtirib boradi.
GTM marketing strategiyasining mazmuni - hududlar xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda. haridorlarga yo‘naltirilgan takliflarni professional darajada rivojlantirish va shu orqali
davomli ravishda tashkilot imijini yaxshilashdan iboratdir. Pirovard natijada iste‘molchilar ham
hududlararo imij tadbirlari. ham innovativ axborot vositalari kooperattsiyasi orqali ma‘lumot
oladilar.
Xorijiy manba bozorlar uchun GTM mijozlar istaklariga mos keluvchi umumiy
mavzularni va davlatlararo dasturlarni ishlab chiqadi. shuningdek. o‘z hamkorlari bilan bozorga
yo‘naltirilgan va mijozlarga mos keluvchi takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar beradi.
Yuqoridagi takliflarni esa qiziqarli reklama vositalari va har xil qo‘llanmalar orqali taqdim etadi.
Bundan tashqari. yana bir qancha turdagi marketing vositalari qo‘llaniladi. bularga reklama va
e‘lonlar. takliflar va mavzular orqali iste‘molchilar bilan muloqatda bo‘lish. o‘rganish - bilim va
malaka oshirish sayohatlarni uyushtirish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yarmarkalardagi
taqdimot. jurnallar va boshqa fikr bildiruvchilar bilan doimiy ravishda muloqatda bo‘lish va
hokazolar kiradi.
Aslini olganda 1999-2000 yillar Germaniya turizm tarmog‘i uchun jadallashgan tarkibiy
o‘zgarishlar yili bo‘ldi. Yevropada hozirgi kunda vertikal integratsiyalashuv natijasida barcha
turizm xizmatlarini o‘ziga jamlagan yirik turistik kontsernlar vujudga kelmoqda. Vaziyatning
bunday tus olishi turizm bozorini industriallashtiradi. pekij turlar esa firma mahsuloti sifatida va
mijozlar birlashishini mustahkamlashtirish maqsadida tobora ko‘proq namoyon bo‘ladi. Reklama
harajatlarining hajmi ham iste‘mol mollari sanoatiga yaqinlashib bormoqda. Yevropaning eng
muhim turizm markazlaridan biri hisoblangan Germaniya milliy turizm industriyasini to‘liq
shakllantirgan mamlakat hisoblanadi. Germaniya bir necha yillar mobaynida tavakkalChilik va
puxta ishlab chiqilgan rejalar asosida kuchli turizm industriyasini barpo etishga erishdi. Yevropa
mintaqasidagi umumiy turizm balansini saqlab turuvchi yirik turistik firmalar ham. shuningdek.
eng ko‘p sayohat qiluvchi insonlar ham bu mamlakatda faol ish yuritishadi.
Germaniya mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini
ko‘rsatishicha. jahon bo‘yicha turistik tashriflarning 2.5% Germaniya mamlakatiga to‘g‘ri
keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 0.6%ga ko‘paygan. Daromadlar
bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 4.0% bu mamlakatga to‘g‘ri kelgan. 2001 yilga nisbatan
2002 yilda daromadlar miqdori 4.0%ga o‘sgan. Yevropa mintaqasi bo‘yicha xalqaro turistik
tashriflarning 4.5%ni. daromadlar miqdori bo‘yicha 8.0%ni tashkil qilgan.2002 yilda har bir
xorijiy tashrif 1066 AQSH dollarini tashkil qilgan. O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida 1992
yil 6 martda diplomatik munosabatlar elchixonalar darajasida o‘rnatilgan. Ikkala mamlakat
o‘rtasida yaxshi iqtisodiy munosabatlar mavjud. Germaniya yordamida Toshkent aeroporti
modernizatsiya qilindi. 132 ta qo‘shma korxona mavjud. Toshkent - Frankfurt shaharlari
o‘rtasida bevosita samolyot aloqalari o‘rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |