150
soqchilar turadigan tepaliklar, suv yo‘llari, hammom va madrasa-masjidlari kabi tarixiy-
arxeologik yodgorliklarga tashrif buyurgan turistlar ekoturizmni tarixiy va diniy turizm turlari
bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi.
2.CHodak -Chust - Kosonsoy -Yangiqo‘rg‘on tog‘ oldi ekoturistik rayoni:
2.1.
CHodak-Chust-G‘ova-Chust marshruti. Pop tumanidan boshlangan mazkur marshrutda
Farg‘ona vodiysining eng qadimiy manzilgohlaridan biri bo‘lgan Chust tumanidan o‘tadi. Unda
sayyohlar betakror tabiat manzarasi, xunarmandchilik markazlari, madaniyat va istiroxat bog‘i,
tarixiy arxeologik yodgorliklar, muzeylar, masjidlar, Buonomozor tarixiy qadamjoyi, bolalar
oromgohlari, G‘ova hududidagi rekreatsion dam olish maskanlari bilan yaqindan tanishadilar.
Mazkur ekomarshrut davomiyligida tog‘lar, soy vodiylari, dorivor o‘simliklar, shifobaxsh
buloqlar, sog‘lomlashtirish maskanlari davolanish va sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Ma‘muriy birliklardagi diniy turizm bilan bog‘liq bo‘lgan qadamjolar Mavlono Lutfilloh,
Otchopar Eshonbuva, Abdurahmon xoji ibn Avf kabi tarixiy obidalar hamda ziyoratgohlar
ekoturimzni komplekslik hususiyatini ochib beradi. Milliy hunarmandchilikni noyob turi
hisoblangan pichoq va uning turlari hozirgi kunda ham xaridorligi bilan ajralib turadi [29:305-
b.]. Bu hunarmandlar tayyorlayotgan pichoq turlarini nafaqat tuman, viloyat, balki
respublikamizning turli hududlaridan kelgan mexmonlar ham sovg‘a va uy ro‘zg‘or buyumlari
sifatida xarid qilishmoqda. Bundan tashqari, mamlakatimizga tashrif buyurgan chet ellik
mehmonlar ham Chust pichog‘ini O‘zbekistonnig milliy ramzlaridan biri sifatida sovg‘a uchun
sotib oladilar. Chust pichog‘i bilan birgalikda do‘ppi ham o‘zining uch yarim ming yillik
tarixiga ega.Tarixiy davrlar mobaynida do‘ppining to‘rtgula, zirova, ova, ayyub, zira, sotim,tog‘,
ilova, bulbulcha ramzi, uzum, quyosh ramzi, bug‘doy va humo qushi ramzli nusxalarini nafaqat
xorijiy qolaversa, respublikamizni viloyatlaridan kelgan turistlarning aksariyati do‘ppi
nusxalarini xarid qilishlari kuzatilmoqda.
2.2.
Namangan-Kosonsoy - dam olish va davolanish maskanlari. Kosonsoy viloyatning
eng xushmanzara go‘shalaridan bo‘lgani uchun bu tumanda bir qator dam olish va davolanish
maskanlari mavjud. SHu bois, mazkur marshrutni asosini rekreatsion ob‘ektlar tashkil qiladi.
Turistlar marshrut bo‘ylab sayohatni tashkil etishda dastlab "Kosonsoy", "Obi hayot",
"Faxriylar" sihatgohlari kabi oromgohlarni ko‘rish va ularda sayohat qilish hamda davolanish
uslublarini ko‘rishadi. Ayniqsa Kosonsoyning ma‘danli shifobaxsh suvi o‘ziga xosligi bilan
ajralib turadi. Bu o‘rinda mamlakatimizning turli dam olish oromgohlari orasida o‘zining inson
dardiga shifo beruvchi, toza havosi, so‘lim tabiati va turli tuman shifobaxsh davolash usullari
bilan ma‘lum va mashhur bo‘lgan "Kosonsoy" sanatoriyasi Respublikamiz aholisining eng
sevimli sihatgohiga aylangan. Har yili minglab yurtdoshlarimizga salomatligini qayta tiklashda
katta xizmat ko‘rsatayotgan Kosonsoy tumanida joylashgan ―Kosonsoy sanotoriyasi‖ dam olish
va davolanish maskanidan biri ekanligi bilan ajralib turadi. Salqin va mo‘‘tadil toza havosi,
minerallarga boy suvi, xushmanzara joylari bilan xarakterlanadi. Chotqol tog‘ tizmasi
muzliklaridan va davolanish maskani yonidan o‘tuvchi qariyib 150 km joyni o‘ziga olgan
Kosonsoy havzasi yonida joylashuvi ham albatta maskanga tashrif buyuruvchilarni sonini
ortishiga o‘z xissasini qo‘shmoqda. Kosonsoy davolanish va dam olish maskanida tibbiyotda
kasalliklar ro‘yxatidan joy olgan xarakat – tayanch organlari, oshqozon ichak, asab sitemasi,
yurak qon tomir kasalliklari, nafas yo‘llari, ginekologik va siydik yo‘llari kasalliklarini davolash
uchun mo‘ljallangan. Mazkur davolash usullari yordamida malakali vrachlar soni 11ta, o‘rta
tibbiyot xodimlari 42 nafarni tashkil etib, davolash va profilaktika ishlarini hozirgi kunda olib
borishmoqda. Kosonsoy daryo havzasi bo‘ylarida joylashgan mazkur maskanda davolash omili
iqlim va tabiiy madanli suv hisoblanib, hudud havosidagi kislorod zichligi 26 foizni tashkil
etadi. Tabiiy madanli suvning 500 metrdan iborat bo‘lgan chuqurlikdan maxsus uzatgichlar
orqali mineral suv bur sistemasining qumtosh qatlamlari orasida olinib davolanish asosiy vosita
bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: