Geografiya 10 sinf 2017. indd


-jadval Yerning  ayrim  o‘lchamlari



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

1-jadval
Yerning  ayrim  o‘lchamlari
O‘rtacha ekvatorial radiusi
6378,14 km
Ekvator uzunligi
40 075,7 km
O‘rtacha qutbiy radiusi
6356,78 km
Hajmi
1,083 × 10
12 
km
 3
Qutbiy siqiqligi
21,36 km
O‘rtacha zichligi
5,52 g/sm
3
Ekvatorial siqiqligi
213 m
Massasi 
5,976 × 10
24 
kg
Meridian uzunligi 
40 008,5 km
Yer yuzasining maydoni
510 mln km
 2
Yerning  shakli  va  o‘lchamlarining  geografi k  ahamiyati
  quyidagilarda 
namoyon  bo‘ladi:
-  Yerning  sharsimon  shakli  quyosh  nurlari  tushish  burchagining  ek-
vatordan  qutblarga  tomon  qonuniyatli  o‘zgarib  borishiga  sabab  bo‘ladi. 
Bu  esa 
geografi k  zonallik  qonuniyatini
  yuzaga  keltirgan;
-  Yerning  sharsimon  shakli  moddalarni  bir  joyga  to‘playdi  va 
quyuqlashtiradi.  Natijada  moddalar  siqiladi  va  zichlashadi,  ichki  qismi-
da  turli  zichlikka  ega  qobiqlar  hosil  bo‘ladi.  Yerning 
qobiqli tuzilishi 
uning  asosiy  xususiyatidir;
-  Yer  yuzasi,  jumladan,  geografi k  qobiqning  dumaloq  (sharsimon) 
shakldaligi  makonning 
bir butun 
va 
cheksizligini
  ta’minlaydi;
-  Yerning  haqiqiy  shakli  –  geoidning  shardan  og‘ishi  Yer  ichida-
gi  moddalarining  muvozanatga  intilishi  tufayli  yer  po‘stida  ko‘tari-
lishlar  va  cho‘kishlar,  yer  yoriqlari  yuzaga  kelishiga,  oqibatda  rel-
yefning  o‘zga rishiga  sabab  bo‘ladi.  Relyef  va  tektonik  harakatlar 
geografik  qobiqda 
azonallik
  qonuniyatini  yuzaga  keltiruvchi  omil-
lardir.  Zonallik  va  azonallik  qo nuniyatlarining  bir  joyda  va  bir 


15
paytda  namoyon  bo‘lishi  Yer  yuzi  tabiatining  turli-tuman  bo‘lishini 
keltirib  chiqargan;
-  Yer  zichligi  va  massasining  kattaligi  uning  tortish  kuchi  katta 
bo‘lishini,  bu  esa  o‘z  atrofi da  havo  va  suvni  ushlab  turishini  ta’min-
lagan.  Yer  yuzasidagi  atmosfera  bosimining  mavjudligi  suvning  suyuq 
holda  bo‘lishiga  imkon  beradi,  aks  holda  suv  bug‘lanib  ketgan  bo‘lar 
edi.  Yerda  ma’lum  bir  doimiy  issiqlik  sharoitini  ushlab  turishda  atmos-
fera  va  gidrosferaning  ahamiyati  katta.  Atmosfera  Quyoshdan  kelayot-
gan  zararli  elektromagnit  nurlarni  ushlab  qoladi.  Dunyo  okeani  esa  juda 
katta  issiqlik  manbayidir. 
Yer  sayyorasi  bir  vaqtning  o‘zida  bir  qancha 
harakatlarni
 amalga 
o shiradi.  Ulardan  Yer  tabiati  va  odamlar  hayoti  uchun  eng  ko‘p  ta’sir 
ko‘rsatadiganlari  Yerning  Quyosh  atrofi da,  o‘z  o‘qi  atrofi da  va  Yer–Oy 
umumiy  og‘irlik  markazi  atrofi da  aylanishidir. 
Yer Quyosh atrofi da soat miliga teskari yo‘nalishda o‘rtacha 29,8 km/
sekund  tezlik  bilan    934  mln  km  bo‘lgan 
orbitani
  365  sutka  6  soatda 
to‘la  bir  marta  aylanib  chiqadi.  Yer  orbitasi  (Quyosh  atrofi da  ayla nish 
yo‘li)  ellips  shaklda.  Shuning  uchun  Quyosh  bilan  Yer  orasidagi  maso-
fa  doim  o‘zgarib  turadi.  Yer  orbitasining  Quyoshga  eng  yaqin  nuqtasi 
– 
perigeliy
  deyiladi.  Bu  nuqtada  Yer  va  Quyosh  orasidagi  masofa  147 
mln  km  ga  teng.  Yer  orbitasining  Quyoshdan  eng  uzoq  nuqtasi  esa 
afe-
liy
  deyilib,  Yer  bilan  Quyosh  o‘rtasidagi  masofa  152  mln  km  bo‘ladi. 
Shuning  uchun  Yer  orbita  bo‘ylab 
turli tezlikda
  harakat  qiladi,  ya’ni 
perigeliyda eng tez 
(30,3  km/sekund), 
afeliyda eng sekin
  (29,3  km/
sekund)  aylanadi.  Buning  oqibatida  Quyosh  Shimoliy  yarimsharga  186 
kun,  Janubiy  yarimsharga  esa  179  kun  nur  sochadi.  Lekin  bu Yerga  ke-
ladigan  issiqlikning  miqdoriga  ta’sir  qilmaydi. Yer  orbitasining  aylanaga 
yaqin  ellipsligi  tufayli  Yerga  keladigan  issiqlikning  miqdori  o‘zgarmay-
di,  ya’ni  doimiydir.  Shu  sababli  Yer  yuzida  doimiy  issiq  sharoit  yuzaga 
kelgan.
Yerning  Quyosh  atrofi da  aylanishining  geografi k  oqibatlari:
  yil  fasl-
lari  hosil  bo‘ladi,  kun  va  tun  davomiyligi  o‘zgaradi,  Quyosh  turishi 
nuqtalari  (22  iyun,  22  dekabr)  hamda  bahorgi  va  kuzgi  tengkunliklar 
(21  mart,  23  sentyabr)  bo‘ladi,  Quyosh  Shimoliy  yarimsharga  1  hafta 
ko‘proq  nur  sochadi,  yorug‘lik  mintaqalari  hosil  bo‘ladi,  doimiy  issiq-
lik  sharoit  qaror  topadi,  musson  shamollari  paydo  bo‘ladi,  umuman, 
geografi k  qobiqda 
yillik ritmiklik qonuniyati
  yuzaga  keladi. 


16
Yer  o‘z  o‘qi  atrofi da  aylanganda  aylanish  o‘qi  orbita  tekisligiga  nis-
batan  66,5°  burchak  hosil  qiladi.  Yer  aylanishi ning  burchak  tezligi  1 
soatda  15°,  ya’ni  Yer  yuzidagi  har  qanday  nuqta  (qutblardan  tashqari) 
1  soatda  15°  ga  buriladi.  Lekin  sekundiga  masofa  hisobidagi  tezlik  har 
xil  kenglikda  turlicha.  Ekvatordan  qutblarga  tomon  kamayib  boradi.  Ek-
vatorda  eng  katta  bo‘lib,  sekundiga  455  m,  qutblarda  esa  0  m  ga  teng.
Yerning  o‘z  o‘qi  atrofi da  aylanishining  geografi k  oqibatlari:  sutka  qa-
ror  topadi,  kun  va  tun  almashinadi,  geografi k  qobiqda  sutkalik  ritmiklik 
ro‘y  beradi,  Koriolis  kuchi  hosil  bo‘ladi,  geografi k  qutblar  vujudga  ke-
ladi,  turli  meridianlarda  mahalliy  vaqt  har  xil  bo‘ladi. 
Koriolis  kuchi  Yer  aylanishining  buruvchi  kuchi  bo‘lib,  uning  ta’sirida 
gorizontal  harakat  qilayotgan  hamma  jismlar  o‘z  yo‘nalishidan  Shimoliy 
yarimsharda  o‘ngga,  Janubiy  yarimsharda  chapga  og‘adi.  Uning  ta’siri-
da  havo  massalari,  siklonlar  va  antisiklonlar,  shamollar,  dengiz  oqimlari 
o‘z  yo‘nalishini  o‘zgartiradi,  daryo  suvlari  Shimoliy  yarimsharda  ko‘proq 
o‘ng  qirg‘og‘ini,  Janubiy  yarimsharda  chap  qirg‘og‘ini  yemiradi. 
Yer  Oy  bilan  birgalikda  umumiy  og‘irlik  markazi  atrofi da  aylana-
di.  Yer–Oy  umumiy  og‘irlik  markazi  Yerning  ichki  qismida,  uning 
markazidan  radiusining  ¾  qismi  masofada  joylashgan.  Yerning  Yer–Oy 
umumiy  og‘irlik  markazi  atrofi da  aylanishi,  Oyning  tortishi  oqibatida 
qalqish  hodisasi,  ya’ni  Yerdagi  hamma  jismlar  Oyga  tomon  tortilishi 
ro‘y  beradi.  Bu,  ayniqsa,  Dunyo  okeanida  yaqqol  seziladi.  Shuningdek, 
Oyning  tortishi  oqibatida  Yerning  o‘z  o‘qi  atrofi da  aylanishi  sekinla-
shadi.  Qalqish  hodisasi  va  Yer  aylanishi  sekinlashishining  Yer  tabiatiga 
ta’siri  haqida  yuqorida  aytib  o‘tilgan. 
Umuman,  yuqorida  aytilganidek,  Yerning  Koinotdagi  o‘rni,  unga  os-
mon  jismlarining  ta’siri,  uning  shakli  va  o‘lchamlari  Yerda  hayotning 
paydo  bo‘lishini,    tirik  organizmlar  uchun  qulay  muhitni  va  eng  asosiysi, 
odamning  paydo  bo‘lishi  va  jamiyatning  barqaror  rivojlanishini  ta’min-
lagan.  Bugungi  sivilizatsiyani  saqlab  qolish  esa  insonning  o‘z  qo‘lidadir. 
Koinot, galaktika, Quyosh sistemasi, geoid, Yerning o‘lchamlari, Yerning harakatlari, 
aylanish tezligi, tektonik sikl, orbita, yil fasllari, Koriolis kuchi, qalqish hodi sasi.  
1. Quyosh sistemasi nimalardan tuzilgan?
2. Quyosh Yer tabiatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
3. Oyning Yer tabiatiga ta’sirlarini aytib bering?
4. Yerning o‘z o‘qi atrofi da aylanishi oqibatida ro‘y beradigan hodisalarni o‘zingiz 
yashaydigan joyda kuzating va daftaringizga yozing. 


17

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish